Kenja To'raev “SHo'rtan” mashg'ulotlariga qo'shildi
12 jan 2016 11:05
Yangiliklar


Kenja To'raev “SHo'rtan” mashg'ulotlariga qo'shildi
Bizga malum bo'lishicha, kecha Qarshida bo'lib o'tgan nazorat uchrashuvi payti har ikkala jamoa vakillari kelishib, Kenja To'raevni “SHo'rtan” jamoasiga berishni kelishib olishgan. SHunga asosan Kenja To'raev “SHo'rtan” jamoasining yangi bosh murabbiyi Aleksandr Volkov boshchiligidagi ertalabki mashg'ulotlarida ishtirokini boshlagan.
Kenja To'raev “SHo'rtan” jamoasi bilan kelishuvga erishsa, biz-vohalik futbol ishqibozlari mamnun bo'lar edik va uning keyingi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilab qolardik va umid qilardikki u “oq bo'rilar” safida ham o'zining yorqin o'yinlarini namoyish qilib, muxlislarni xursand qiladi.
Yana bir yangilik, o'tgan mavsumda jarohati tufayli maydonda ko'rinmay qolgan Jamol Otaqulov ham bugundan mashg'ulotlarga kirishgan. Biz Jamol Otaqulovga ham omadlar tilab qolamiz.
Faxriddin CHoriev
O’xshash yangiliklar

Fikrlar