Kellini "Milan"ga qarshi o'ynaydimi? Allegri javob berdi

Aslanov Jasurbek
30 mar 2018, 18:15
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Milan"ga qarshi bo'lib o'tadigan A Seriyaning 30-tur uchrashuvidan oldin jamoadagi jarohatlangan futbolchilar holati haqida gapirib berdi.

"Kellini tayyor, u ertaga o'ynaydi. Kuadrado? U ham maydonga tushishi mumkin. Bernardeski kelasi haftada safga qaytadi, unga operaciya kerak. Aleks Sandroda esa kichik shikastlanish bor, o'yindan oldin uning holatiga baho beramiz. Lixtshtayner o'ng qanotda o'ynaydi, chunki u yaxshi formada" - deydi Allegri.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia