Kellini kechagi o'yinda Allegriga qarata: "Bu - jamoa emas"
29 avg 2021 19:35
Yangiliklar
Kellini kechagi o'yinda Allegriga qarata: "Bu - jamoa emas"
"Yuventus" kecha "Empoli"ga qarshi o'ynab, mag'lubiyatga uchradi.
O'yin davomida bosh murabbiy Massimiliano Allegri va himoyachi Jorjo Kellini o'rtasidagi kichik dialog sodir bo'ldi. Allegri himoyachiga qarata og'zini berkitgan holda qandaydir gaplarni aytadi. Maydon chetida turgan va o'yinni murabbiy bilan birga kuzatayotgan Kellini javob o'laroq "Bu - jamoa emas", -deb javob beradi. Ushbu so'zlar esa videokameralarga muxrlanib qolgan.
"Yuventus" hozirda A Seriyaning ikki turidan so'ng, 1 ochko to'plashga erishgan. Keyingi turda "Yuve"ni jiddiy raqib - "Napoli" kutib turibdi.
Fikrlar