Kellini faoliyatini qachon tugatishni rejalashtirayotganini aytdi
15 iyu 2020 14:57
Yangiliklar


Kellini faoliyatini qachon tugatishni rejalashtirayotganini aytdi
Turinning "Yuventus" jamoasi himoyachisi Jorjo Kellini yaqin mavsumlardagi rejalari bilan o'rtoqlashdi.
Bu haqda metaratings.ru sayti xabar bermoqda.
"Yana bir yil o'ynayman va shundan so'ng o'zimni qanday his qilayotganim va oyoqlarimning holatiga qarayman. Faoliyatimni kelasi yozda yakunlashim yoki yana bir mavsum o'ynashim mumkin.
O'zimni futbolda ko'rmoqdaman. Bu direktorlik lavozimi bo'ladi. Umid qilamanki, Evropa chempionatining ko'chirilgan o'yinlarida qatnasha olaman. Italiya terma jamoasining yosh o'yinchilariga enaga vazifasini bajaraman", - deydi Kellini.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsum turinliklar safida A Seriyada 3ta o'yinda maydonga tushgan futbolchi "Yuventus"da 2005 yildan beri o'ynab keladi.
Manba: metaratings.ru
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar