So’nggi yangiliklar

11:37Роналду: "Иккита каламуш туфайли фаолиятимни якунламоқчи эмасман"  0 10:45"Барселона" ёз давомида сотолмаган футболчиси Ла Лиганинг август ойидаги энг яхши футболчиси бўлди  0 10:15ЖЧ-2024. 1-тур. Ўзбекистон — Нидерландия. Превью  4 10:11Тони Кроос ўзи учун янги иш топди  0 09:42Sofascore. Рустам Ашурматов кечаги учрашувда неча баҳо олди?  3 09:10Ҳисоб очилмаган "Пахтакор" - "Нефтчи" учрашувидан ГАЛEРEЯ  1 08:3631 ёшли мураббий АПЛда "ой мураббийи" бўлди  1 07:56Суперлига. Бугун Наманганда супер тўқнашув бор  20 07:24Бугун Ўзбекистон футзал терма жамоаси ЖЧдаги юришини бошлайди  5 01:46Сунъий интеллект "Олтин тўп" номзодларини ўзбек клублари либосларида тасвирлади  7 01:32Бундеслига. "Боруссия" Д ишончли ғалабага эришди  0 01:09Ўзбекистон термасининг Нидерландияга қарши ўйинолди машғулоти ГАЛЕРЕЯ  0 00:59Саудия Арабистони. "Ал Насср" 90+9-дақиқада мағлубиятдан қутулиб қолди  9 00:29Россия. Ашурматов антиқаҳрамонга айланган учрашувда "Рубин" ўз майдонида мағлуб бўлди  7 00:05Максим Шацких: "Ўйин 80 дақиқа давомида рақиб майдон ярмида кечди. "Ал-Васл" сафида бор-йўғи 2та маҳаллий футболчи бор"  17

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. XIII bob Yangiliklar

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. XIII bob

Uilson Raj Perumalning "Kelishilgan o'yinlar qiroli" kitobining o'n uchinchi bobini taqdim etamiz.
Davomi. Boshi quyidagi havolalarda:


“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. XII bob
“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. XI bob
ADVOKATNING AHMOG'IGA UCHRABMAN

2010 yil yanvar oyining o'rtalarida, ishim sudda ko'rib chiqilishidan bir hafta oldin Murugan bilan Angolaga uchdik. U erda Afrika Millatlar Kubogi o'tardi. Luandadagi ishqibozlar sal bo'lmasa aqldan ozib qolay derdilar. Aytishim kerakki, bu o'zim bo'lgan shaharlar orasida eng qimmati. Mehmonxonada bir kun tunash  - 600 dollar! Angola Afrikada men sportkaralarini ko'rgan birinchi mamlakatdir. Agar Afrikada restoran ochishni istasangiz, Angolani tanlashni maslahat beraman. Mabodo tatilda miriqib dam olmoqchi bo'lsangiz, boshqa joyni qidirganingiz maqul. Doimgidek usulda ishlashni rejalashtirdim. Yani, guruh bosqichidan chiqish imkoniyatini yo'qotgan jamoalar bilan aloqani yo'lga qo'yishga harakat qildim. Malavini nishonga oldim. JCH-2010 saralash bahslari doirasida ularning poytaxti hisoblanadigan Lilongveda bo'lganman va ayrim futbolchilar bilan tanishgandim. Malavi Jazoir bilan Angolaga yutqazib bo'lgandi. Maliga qarshi uchrashuv oldidan ularning yo'qotadigan hech narsasi qolmagandi. Malavilik futbolchilar 1:3 hisobidagi mag'lubiyatni taminladilar.

Ushbu turnir bilan parallel ravishda Tailandda Qirol Kubogi o'tkazilardi. Denni o'sha o'yinlarni kuzatardi. U erga o'zimizga qarashli bo'lgan afrikalik bir qancha hakamlarni yuborishga muvaffaq bo'ldik. Etiborimni Benin va Mozambik o'rtasidagi uchrashuvga qaratdim. Guruh bosqichidagi yakuniy tur oldidan bu ikki terma jamoa hisobida bittadan ochko bor edi xolos. Oxirgi turda Benin Misr bilan, Mozambik esa Nigeriya bilan o'ynashi kerak edi. Men uchun pullarni Garri tikardi. SHunda men u meni aldamayaptimikin, degan shubhaga bordim. Uni yana Dan bilan ro'para qilish maqsadida unga qo'ng'iroq qildim:
- Dan, beninliklarga to'lashim uchun menga pul etishmayapti. Kureringni Angolaga yubora olasanmi?
Bizning biznes shunaqa. Dan ham kelishilgan o'yinlarni tashkil etishga harakat qilib o'z odamini yuborgandi. Biroq uning ishi baroridan kelmadi.
- Qayg'urma, hammasi joyida bo'ladi. O'sha odamga men bilan uchrashishi kerakligini etkaz, - dedim Danga.
Danning odamini beninliklar bilan yuzlashtirib qo'yganimdan keyin Angolaning janubi-sharqida joylashgan Lubango shahriga yo'l oldim. U erda Mozambik va Nigeriya terma  jamoalari kurash olib borardilar. Merdeka Kubogi orqali Mozambik terma jamoasidagi bir qancha o'yinchilarni tanirdim. Vaqtning tig'izligi kelishib olishimizga imkon bermadi. O'yinni oddiy ishqiboz sifatida kuzatdim. Benin talab qilinganidek Misrga 0:2 hisobida yutqazdi. Guruh bosqichi bahslaridan keyin Singapurga qaytdim. Sud yaqinlashib qolgandi. Unga kech qoldim. Hakam bilan prokuror 15 daqiqa meni kutganlaridan keyin ustimdan  ashaddiy jinoyatchi degan to'xtamga kelgandilar. Bu ahloqni tuzatish muassasida besh yil o'tirishim kerakligini anglatardi. Singapurda bu besh yil hech qanday aministiya va raddiyalarsiz jazoni o'tash bilan barobar. Bunday jazoga jamiyat uchun mutlaqo foydasiz bo'lgan fuqarolar: zo'ravonlar, giyohvand moddalarni tarqatuvchilar va hokazolar loyiq topiladilar. Men bo'lsam davlat g'aznasiga katta miqdorda pul tushurardim. Bundan karaxt bo'lib qoldim. Bularning hammasini menga o'zimni koridorda kutib turgan advokat etkazdi.

- SHunday arzimas mayda-chuyda ish uchun menga besh yil berishmoqchimi? -  deya so'radim advokatdan.
Bo'lib o'tgan voqeaga etarlicha baho bermaganimni tushunib etdim. Hakam bilan prokurorning fikri bir joydan chiqmasligidan umid qila boshladim. Vaqtdan qanday yutish kerakligini o'ylardim. Balki yana tutqanoqqa tushishni o'xshatsammikin? Keyingi qadamni o'ylab bosishim kerak. CHunki besh yilni bekor o'tkazishni istamasdim.
- CHiqing, chiqing, - dedi hakam xuddi meni mayna qilgandek.
Atrofimdagi odamlarning nimalar deyayotgani qulog'imga kirmasdi. O'zimdan nimani istashayotganini ham tushunmasdim. Voqealar rivoji borasidagi hikoyam prokurorning talqiniga mos tushmasdi. U qo'riqchining o'ng tizzasiga mashinam bilan ikki bor urilganimni takidlab turib oldi. Holbuki, mashinani juda sekin haydaganim bois qo'riqchiga deyarli tegmagandim. Bularning hammasi videoyozuvda ham yaqqol ko'rinib turardi. Ammo ish boshlanishidan oldin aybimni tan olib bo'lgandim. SHu sabab hakam o'sha videoyozuvga qiyo ham boqmadi. Ko'rsatmalar bir-biriga mos kelmayotgani uchun ular biroz ikkilanib qoldilar. SHunda hakam advokatimdan bergan ko'rsatmalarimdan voz kechishni istashim borasida so'radi. U shunday qilish orqali menga imkon bergandi. Lekin bu telba men bilan hatto maslahatlashib o'tirmadi va hakamga hammasi qanday bo'lsa, o'shandayligicha qolishi kerakligini aytdi. Advokatning ahmog'iga uchrabman. Menga besh yil berdilar va ruhan sog'lom ekanligimga ishonch hosil qilish uchun uch haftaga qamab qo'ydilar.
U erda hakam hali ham bergan ko'rsatmalarimdan voz kechish imkoniyati borligini advokatga etkazganidan xabar topdim. Ammo advokat bu xususda menga churq etmadi. Oldimga kelgan mahalda unga tashlandim va og'zimga kelgan haqoratlar bilan so'kishga tushdim. So'ngra boshqa advokatni yolladim. Yangi advokat faol ishlab, apellyaciya ketidan apellyaciya berishga tushdi. Oxir-oqibat besh yillik qamoq jazosini kuchida qolish sharti bilan ishni iyul oyida qaytadan ko'rib chiqishlarini aytib, garov puli evaziga meni ozodlikka chiqarib yubordilar.

HUQUQIY MUAMMOLARNING BIZNESGA TA'SIRI

Ozodlikka chiqqanimdan keyin yangi pasport olish ishlari bilan shug'ullanishga tushdim. Ish yuzasidan mamlakatni malum vaqtga tark etishimga ruxsat berishini so'rab hakamga murojaat qildim. Lekin u ortga qaytib kelmasligimdan qo'rqib bunga ijozat bermadi. Huquqiy muammolar biznesimga salbiy tasir ko'rsata boshladi. Ko'pchilik bilan aloqalarni yo'qotdim. Nihoyat nigeriyaliklarni nishonga oldim. JCHga chiqqanlari uchun ular mashg'ulot lagerini tiklashim va uchta o'rtoqlik o'yinida ishtirok etish borasida mendan qarzdor bo'lib qolgandilar. Nigeriyaga qo'ng'iroq qildim. U erdagilar bir necha hafta davomida meni qidirganlarini, topa olmaganlaridan so'ng boshqa odam bilan mashg'ulot lagerini tiklash masalasida kelishib bo'lganlarini aytdilar. Hammasi tushunarli: meni yana chuv tushirib ketdilar. Kim nima desa desin-u, nigeriyaliklarga aslo ishonmaslik kerak.
Bu bilan ko'ngilsizliklar nihoyasiga etmadi. Elektron pochtamni ochganimdan keyin o'zim tuzgan Football 4U kompaniyasini boshqa tashkilot boshqarayotganidan xabar topdim. Demak, Denni menga xiyonat qilgan. Uning o'zi biznesimga yalinib kirgandi. Kelishilgan o'yinlarni tashkil etishga do'stlarimni jalb etishni yoqtirmayman. CHunki birortasi qamoqqa tushib qoladigan bo'lsa, ota-onasi faqat meni ayblashga tushadilar. Denni bu bilan meni pichoqsiz so'ygandi.
- Qamoqdan umuman chiqmasang kerak, deb o'ylagandim. SHu bois biznesingni nazorat qila boshladim, - deya o'zini oqlashga tushdi Denni.
Uning gaplariga ishondim. Agar Dennining o'rnida boshqasi bo'lganida ham shunday yo'l tutardi. Qolaversa, uni futbolchilarimga 200 ming dollarni etkazishi uchun AQSHga o'zim jo'natgandim va Denni o'ziga hech narsa olmagandi. 2010 yilning fevralida AQSH terma jamoasi Florida shahrida Salvadorni qabul qildi. Kelishilgan o'yinni tashkil etish uchun pullarga muhtojlik sezardim. Garri men uchun investor topdi. Garri bilan Denni Floridaga qarab uchdilar. AQSHda ularga Armando do'sti bilan kelib qo'shildi. Men Denniga futbolchilar bilan Garridan oldinroq uchrashishi kerakligini tushuntirdim. SHunday qilsak investordan ko'proq pul olardik. Denni esa hammasini barbod qildi. Unga shunday o'shqirdimki, umrimda boshqa birovga bunday baland ovozda sira o'shqirmagandim. Denni - haqiqiy ahmoq. Tentakligiga qaramasdan u bilan kelishilgan o'yinni tashkil etdik. Lekin start hushtagi chalinishi oldidan Garri qo'ng'iroq qilib qoldi:
- Uilson, limitlar juda oz. Bor-yo'g'i 400 dollar. Bu o'yin uchun ovora bo'lishning hojati yo'q.
Uning gapiga qo'shildim va noutbukimni yopdim. Ammo oradan bir necha daqiqalar o'tgach stavkalarning 12 ming dollargacha ko'tarilganidan voqif bo'ldim. Tabiiyki, Garri yolg'iz o'ynashga qaror qilib, bundan meni xabardor etmadi. Ular Denni bilan menga qarshi til biriktirgandilar. Tanaffus chog'ida Garri salvadorliklarga ikkinchi bo'limda ikkita gol o'tkazib yuborishlari kerakligini aytdi. Uchrashuvning ikkinchi yarmi boshlangan zahoti ular hisobni ochdilar. 75-daqiqaga kelib bizning yigitlar ishga kirishdilar. AQSH vaziyatni o'ngladi. Qo'shib berilgan vaqtda esa darvozabon tavakkal qilib to'pni o'z himoyachisiga oshirdi va amerikaliklar g'alabani ilib ketdilar. Garri bilan Dennining stavkasi ish berdi.
Ularning menga xiyonat qilganlaridan sayyohlik agentligim orqali xabar topdim. Axir men eng yaxshi agent bo'lib, terma jamoalar uchun 30tadan aviachiptaga buyurtmalar berardim.  Agentlikdagi xodimalarimdan biri menga Dennini Los-Anjelesga uchib ketganligini gapirib berdi. U futbolchilar uchun pullarni elitardi. Kaliforniyada Salvador terma jamoasi Gvatemalaga qarshi ikkinchi o'rtoqlik o'yinida qatnashishi kerak edi. Garridan o'sha uchrashuvda ishlaysanmi, deb so'radim. U menga ishlamasligini aytib, ishontirishga harakat qildi. Singapurga qaytgan Garri ikkala o'yinni tashkil etganligini tan oldi. Lekin u menga Xitoylik vositachiga o'yinni sotib birinchi bo'lib xiyonat qilganding, shuning uchun senga javob qaytardim, - deya etiroz bildirdi. Vaholanki, bu ishni men amalga oshirmaganman. Garri menga xitoylik vositachining telefon raqamini bergandi. Unga qo'ng'iroq qilganimda xitoylik telefonni ko'tarmadi. Biroq oradan besh daqiqa o'tgach, Mega menga qo'ng'iroq qildi:
- Nega mening odamimga qo'ng'iroq qilyapsan?
Malum bo'lishicha, aynan Mega natijani Kangga sotib, menga pand bergan ekan. Bunday holatlar yuzaga kelmasligi uchun tishni-tishga qo'yish kerak. Kelishilgan o'yinlarni tashkil etuvchilar bir-birlarini diqqat bilan kuzatadilar. Mega rejalarimdan, jumladan investor qidirayotganimdan xabardor edi. Ko'p o'tmay Denni bilan  uchrashdim.
- Menga sezdirmasdan Salvadorning o'yinini sotib olganmiding? - deya so'radim undan.
- Yo'q.
- Denni, sen ham erkaksan, men ham erkakman. Faqat rostini ayt. Ularni sotib olmaganman, o'g'limni o'rtaga qo'yib qasam ichaman deya olasanmi?
- Yo'q. O'g'limni o'rtamizdagi ishga aralashtirma.
- Yaxshi, - dedim men. Lekin sabrimni yo'qota boshlagandim. - Sendan yana bir bor so'rayman: o'sha o'yinlarni sotib oldingmi?
- Agar o'sha o'yinlarni boshqa boss uchun sotib olganman, desam nima bo'ladi?
- Yaramas, - degancha o'tirgan stulimdan irg'ib turdim. - Yana bir qaytar-chi!
O'sha stulni uning boshida urib sindirmoqchi bo'ldim.
- Mening hisobimdan istagan joyiga uchib boryapsan, pullarimni sarflayapsan, endi esa bamaylixotir boshqa boss uchun ishlayapman, deyapsanmi?
SHunday dedim-u boshimni changallab qoldim. Axir 16 yoshimizdan beri do'stlashib yurardik. G'azabdan qutirib ketdim.
- Denni, yur, birga-bir chiqamiz.
Lekin u qo'rqib ketdi va qochib qoldi.

(Davomi bor...)

J.ZAYNOBUTDINOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика