So’nggi yangiliklar

02:05"Барселона" "Реал" дарвозасига 5та гол уриб Испания Суперкубогини қўлга киритди  301 01:15Фарҳод Нишонов: "Абдуқодир Ҳусанов ва Файзуллаевлар туфайли бизни барча агентлар кузатиб бормоқда. Улар янги Ҳусановни қидиришмоқда"  0 00:56"Рома" "Интер" футболчисига қизиқмоқда  0 00:32"Ливерпуль" ва "Ньюкасл" Ла Лигадаги ҳимоячига кўз тикмоқда  0 00:10"Наполи" — "Верона". Таркиблар маълум  0 00:02ПСЖ — "Сент-Этьен". Барколя ва Дембеле асосий таркибда  0 00:00А Серия. Довбикнинг 90+8 дақиқада пенальтидан урган голи "Рома"ни "Болонья"га қарши ўйиндаги мағлубиятдан асраб қолди, Шомуродов захирада қолдирилди  11 23:36Англия кубоги. "Саутгемптон", "Кристал Пэлас", "Ипсвич" ва "Ньюкасл" қуйи лига жамоаларини мағлуб этди  2 23:14U-20 Осиё кубогига тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон ёшлар терма жамоасининг Тошкентдаги машғулотларидан суратлар  1 22:54"Манчестер Юнайтед" 10 киши бўлиб "Эмирейтс"да "Арсенал"ни Англия кубогидан чиқариб юборди  75 22:49"Реал" — "Барселона". "Эл класико" учун таркиблар маълум  38 22:42Расман: "Пахтакор" бразилиялик ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  17 22:15Ла Лига. "Атлетико" бу сафар "Осасуна"дан устун келиб, 1-ўринга қайтди. Мадридликлар барча мусобақаларда кетма-кет 14-бор ғалаба қозонишди  25 21:37Нойер "Бавария"да қоладими?  0 21:15А Серия. Дармианнинг голи "Интер"га меҳмондаги ғалабани тақдим этди  2

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. III bob (davomi) Yangiliklar

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. III bob (davomi)

Uilson Raj Perumalning "Kelishilgan o'yinlar qiroli" kitobi uchinchi bobinining davomini taqdim etamiz.
Davomi. Boshi quyidagi havolada:

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. III bob
 
Biz Nigeriya terma jamoasi futbolchilariga Braziliya terma jamoasiga yutqazib berishlari uchun 300 ming dollar taklif qildik.

SHu payt xavfsizlik xizmati vakili paydo bo'ldi va mendan akkreditaciyamni ko'rsatishimni talab qildi. So'ngra meni u erdan chiqarib yuborishdi. Hech narsa qila olmadim. Lekin, Pal Nigeriya delegaciyasi vakillari bilan kelishib qo'ygandi. U garov sifatida nigeriyaliklarga 100 ming dollar qoldirdi. Biz pullardan xavotir olmasdik. CHunki ular Olimpiadada ishtirok etishi sababli qochib keta olishmasdi. Palga Braziliyaning ikki to'p farqi bilan g'alaba qozonishi zarur edi. Lekin, janubiy amerikaliklar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi va biz yutqazib qo'ydik. Pal meni garovga bergan pullarimizni qaytarib olib kelishga jo'natdi. Delegaciya vakiliga qo'ng'iroq qilganimda u 20 mingni ishlatganini aytdi. Men bu pullarni Palga olib borib berishim zarur edi. Lekin, men ularni o'zimda olib qolishga qaror qildim. CHunki Pal mening ish haqimni to'lamasdan haydab yuborishi ham mumkin edi. Men faqatgina Palga bildirmasdan qo'ygan “stavka”larimdan pul topardim.

Nigeriyaliklardan 80 mingni olib ularni ehtiyotkorlik bilan berkitib qo'ydim. Palga esa pullarni chorak final o'yini kuni Alabamadagi o'yinda olishimizni aytdim. Keyin esa pullarga qarab turish uchun Singapurdan do'stim Dennini chaqirib oldim. Men uni yoshligidan bilardim. U repper bo'lishni orzu qilardi. U Singapur klublarida ishlaydigan amerikalik negrlar bilan birga yurardi.
Nigeriyaliklarga qarshi o'yin olidan mehmonxonada Meksika terma jamoasi darvozaboni Xorxe Kampos bilan kelishishga harakat qildik.

-   Biz senga Nigeriyaga yutqazib berishinglar uchun 300 ming dollar beramiz.

-   Uzr, kerakmas. Men bunaqa o'yinlar o'ynamayman.


Kampos bilan gaplashishimiz bilan yana qo'riqlash xizmati vakillari bizni mehmonxonadan chiqarib yuborishdi. U erdan zudlik bilan juftakni rostladik. Baxtimga nigeriyaliklardan pulni so'rashga vaqt bo'lmadi. Olimpiada biz uchun yakunlandi. Tog'aning sharofati bilan mo'maygina pul ishlab oldik.



SHundan so'ng Mayamiga qaytib Denniga qo'ng'iroq qildim. Telefon o'chiq. Ha lanati-ey... Umrida hech qachon 80 mingni qo'rmagan bu ahmoq meni chuv tushirishga qaror qilgandi. Men tatilni Janubiy Amerikada o'tkazmoqchi edim. Lekin, u barchasini barbod qildi. Avvaliga uni qidirib topmoqchi bo'ldim. Keyin esa do'stini sotgan odam tufayli yana qamoqxonaga qaytib borishni istamadim. Bu haqda unutishga qaror qilgandim.

Singapurga borgandan so'ng Pal menga qo'ng'iroq qildi.

-   Denni pullarni olib qochib ketibdimi?

Yo'o'o'q. Bu haqiqatni qaerdan bilib oldi ekan-a?

-   Yo'q, sizning pullaringiz nigeriyaliklarda.

-   Yaxshi. Menga kim qaerga qochib ketganining farqi yo'q. Sen menga 80 ming qarzsan.


SHu tariqa unga qarz bo'lib qoldim. Bir necha kundan so'ng mena Ramasami ismli referi qo'ng'iroq qildi. U meni “Jalan Besar”dagi bukmekerlar burchagi orqali bilardi. Unga pul zarur edi.

-   Uilson, menga pul zarur. 10 ming dollar berib tur. Ularni qaytaraman yoki boshqa yo'l bilan hisoblashib ketamiz.

-   Menda buncha pul yo'q. Lekin, Palga qo'ng'iroq qilib nima qilish mumkinligini bilib beraman.


Palga qo'ng'iroq qildim.

-   Boss, bitta hakamga pul juda zarur ekan.

-   Mayli, u bilan o'zim gaplashaman.


Ular nima qilganidan xabarim yo'q, lekin, bir necha kundan so'ng Ramasami menga yana qo'ng'iroq qilib Pal bilan shaxsan o'zi ko'rishmoqchi ekanligini aytdi. Bir ozdan so'ng yana gaplashdik.

-   Nima bo'ldi?

-   Pal yo'q ekan. Uning o'rniga bittasi chiqib 5 ming berib yubordi.


Bir necha soatdan so'ng Pal qo'ng'iroq qilib menga hakam bilan ko'rishishimizni, kutib turishimni aytdi. Mashina keldi. Unga o'tirishim bilan u erda Palning ho'jayini Tan Uilyam o'tirganini ko'rdim. U haydovchining oldidagi o'rindiqda o'tirardi. Pal esa kutilmaganda menga murojaat qildi:

-   Uilson, Uilyamga o'zing aytgin, Tunis Atlantada portugaliyaliklarni yutishi zarurmidi?

Bu lanati hattoki o'z xo'jayinini ham aldayotgandi.

-   Albatta. Bu iflos tunisliklar bizni yaxshigina chuv tushirishdi.


Biz yana hakam bilan ko'rishmoqchi edik. Uni yarim soatcha kutib qoldik. U kech qolib keldi. Pal oyna orqali Ramasamiga ko'rsatma berdi:

-   Keyingi o'yinda policiyachilar jamoasi “Sembavang”ni ikkita gol farqi bilan yutishi zarur.


Ramasami boshini qimirlatib tushunganini tasdiqladi. U o'z ishini qoyilmaqom qilib bajardi. “Sembavang” murabbiyi g'azabda. Hakam toza golni bekor qilgandi.



1997 yildagi Bosniya va Zimbabve terma jamoalari o'rtasidagi o'yin mening dastlabki xalqaro miqyosidagi kelishgan o'yinim. O'yin Danxill Kubogi doirasida bo'lib o'tgan. Bu turnirda jamoalar oldiga hech qanday vazifalar qo'yilmagan. Men kam pul topadigan Zimbabve futbolchilarini sotib olishga qaror qilgandim. Malayziyaga jo'nab ketish oldidan Palga qo'ng'iroq qildim:

-   Boss, Zimbabve terma jamoasi futbolchilari bilan kelishishga harakat qilib ko'rmoqchiman...

Kelasi kuni Kuala-Lumpurga uchib ketdim. U erda o'zimni agent sifatida tanishtirdim va futbolchilardan biri bilan tanishib oldim. Unga:

-   100 ming dollar evaziga o'yinni sota olasizlarmi?

-   Ha, albatta.

-   100 ming bitta o'zingga emas, bunga rozi bo'ladigan 5-6 ta futbolchiga ham. Ular bilan uchrashuv tashkil qila olasanmi?

-   Albatta.


Keyingi kuni u mening xonamga beshta jamoadoshini boshlab keldi. Ulardan biri o'zini boshqacha tutardi, ko'p savol berardi:

-   Biz sening kimligingni bilmaymiz. Balki policiyachidirsan?

-   Xavotir olma. Mana, pasportimni ko'r ishonmasang. Men Malayziyaga kelgan singapurlikman. Qaerlarda bo'lganimni ham ko'r. Bu mening kasbim. Men kelishilgan o'yinlar tashkil qilaman. O'zi men bilan ish qilish niyatinglar bormi?


Ular xotirjam bo'lishdi. Biz kelishib oldik.

-   Biz rozimiz. Qancha to'laysan?

-   Bosniyaga mag'lub bo'lsalaring 100 ming dollar. 30 mingini hozir oldindan tashlab ketaman.

-   Mayli. Hisob qanday bo'lishi lozim?

-   Buni o'yin kuni aytaman. Lekin, kamida ikkita to'p farqi bilan.

-   Kelishdik.


Men yana Palga qo'ng'iroq qildi. U bunday imkoniyatni qo'ldan boy bermaydi. U yigitlardan biri orqali 30 ming dollar jo'natdi:

-   Birinchi bo'lim 0:0 hisobida yakunlansin. Ikkinchi taymda esa Zimbabve to'rtta gol o'tkazib yuborishi zarur.


To'rtta? Palga odatda ikkita to'p farqi etardi.
 
O'yin boshlandi. 20-daqiqada Zimbabve hisobni ochdi. Birinchi bo'lim 1:0 hisobida yakunlandi. Judayam asabiylashardim. Ikkinchi bo'limda esa bosniyaliklar ikkita gol urishdi. Yana bitta gol qolgandi. Lekin 75-daqiqada hammadan ham ko'p savol bergan futbolchi kutilmaganda 40 metrlardan bosniyaliklar darvozasiga gol kiritib qo'ydi.  Men hayotimdagi eng g'ayritabiiy gol nishonlashni ko'rdim: futbolchi boshini ushlab olgandi - nimalar qilib qo'ydim, degan manoda.
Men kelishgan futbolchilarning beshalovi ham maydon markaziga borib nimanidir muhokama qilishdi.  O'yin 2:2 hisobida yakunlandi. O'yin yakunlanganidan so'ng Pal menga qo'ng'iroq qildi. Yutqazgan o'yinchini hech qanday qo'llar bilan tinchlantirib bo'lmasdi:

-   Ahmoq, qancha yutqazib qo'yganimizni tasavvur qilyapsanmi? Bu nimasi?

Baxtimga Pal yuborgan bola ham stadionda bo'lib, zimbabvelik futbolchining gol urganidan so'ng o'zini qay tarzda tutganini ko'rgan. Pal menga futbolchilardan garov pulini qaytarib olishni buyurdi. Men pullarni oldim va ularning barchasini kazinoda yutqazib qo'ydim. Pal yana qo'ng'iroq qilib, o'sha pullarni yuborgan yigit orqali berib yuborishim zarurligini aytdi. Boshim qotib qoldi...
Men pulsiz qolgandim. Kelishilgan o'yinlar tashkil qilish uchun ham pulim qolmagandi. Tan ismli do'stim menga bukmekerlardan biri men bilan tanishishni istayotganligini aytdi. U Zimbabve – Vetnam o'yinidan pul ishlab qolishni istayotgandi.

-   Mayli, olib kel, - dedim men.

Tan meni malayziyalik Yap va xitoylik Bun ismli shaxslar bilan tanishtirib qo'ydi.

-   Sening zimbabveliklar bilan aloqang bormi? Ular bilan uchrashtirib qo'ya olasanmi? Har bir kelishilgan o'yin uchun biz senga “stavka” qo'yish uchun 300 ming malay ringgiti ajratamiz.

Ular mening ortimda kimdir turibdi deb o'ylayotgandilar. Lekin agar bu o'xshamasa men pullarni qaytarishimga to'g'ri kelardi. 1997 yilda bu pul 120 ming AQSH dollariga teng edi. Ajoyib taklif.

-   Demak, Vetnamga qarshi o'yin uchun 300 ming tikishim mumkin-a?, - deb so'radim.

-   Albatta.


Men yana futbolchilar bilan uchrashdim. Ularga +4 yoki undan ham yirik hisobga g'alaba kerakligini tushuntirdim. Buning uchun ularga 50 ming ringgit vada qildim. Kutilganidek, Zimbabve 6:0 hisobida g'alaba qozondi.

Stadionda Palning odamini ko'rib qoldim. U menga asabiylashgan holda qarab turardi. Keyin esa Palning o'zini ham ko'rib qoldim.

-   Uilson, mening 30 ming pulim qani?

-   Boss, kechiring. Futbolchilar pullarni ishlatib qo'yishibdi. SHuning uchun bera olmadim.

-   Men ular bilan uchrashmoqchiman. Uchrashuvni ertaga belgila.


Kechki payt men Yapdan yutug'imni oldim va futbolchilarning pulini ham berdim. Zimbabve terma jamoasi guruhdan keyingi bosqichga yo'l oldi. Yarim finalda ular xitoyliklarga qarshi maydonga tushishdi. Men ularni Pal bilan uchrashtirdim.

-   Bosniyaga qarshi o'yinda nima qilib qo'ydinglar?
– so'radi u.

Futbolchilar boshlarini egib turardilar. Pal qalin oltin zanjir taqib yurardi. Uni echib futbolchilardan birining bo'yniga ilib qo'ydi.

-   Bu safar meni uyaltirib qo'ymanglar. Ikki to'p farqi bilan yutqazishingiz lozim.
-   Yutqazib beramiz boss. Muammosiz.


Yap bilan uchrashdim.

-   Ho'jayining keyingi o'yinga “stavka” qilmoqchimi?
-   U bilan gaplashib olay. Keyin senga anig'ini aytaman.


10 daqiqa ko'chada aylanib, Yapning oldiga qaytib bordim:

-   Boss seni qancha tikmoqchi ekanligingni bilmoqchi.

-   Yarim million ringgit.

-   Kam. Kamida million. Yoki biz boshqa bukmeker topamiz.

-   Mayli, million qo'yaman.


Pal o'z pullarini tikdi, men esa Yapning pullarini. 400 ming dollarga yaqin pul tikkandim. Nimadir yopishmayapti. Xitoyliklarga -1 fora berishmoqda. Ko'rinishidan, ular bilan ham kimdir kelishgan.
O'yin boshlandi. Xitoyliklar gol urishga shoshilmayotgandi. Bizning yigitlar yordam berishga harakat qilishsa-da, ular gol urmayotgandi. Yomg'ir yog'ib ketdi. Afrikaliklar esa sirg'anib tusha boshlashdi. Xitoy baribir 3:1 hisobida g'alaba qozondi.



Men dastlabki million ringgitni yutib oldim. Qo'shimchasiga Yap kelishilgan 300 mingni to'ladi. Palning “stavka”si ham to'g'ri chiqdi. Lekin, u zimbabveliklarga bir tiyin ham bermadi. Insofsiz.

Men esa ularga minnatdorchilik bildirgan holda 50 ming ringgitni berdim va ular uchib ketadigan kuni yana shuncha berishimni aytib o'tdim. Lekin Yap mening pullarimni berishni kechiktirdi va o'z so'zimda tura olmadim. Bechora yigitlar menga aeroportdan rosa qo'ng'iroq qilishardi. Lekin pulning yarmi bilan ketishga majbur bo'lishdi.

(Davomi bor...)

Aziz To'xtamurodov tarjimasi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика