So’nggi yangiliklar

21:58"Барселона" мухлислари ПСЖ яшаётган меҳмонхона яқинида мушакбозлик қилишди  0 21:31Улуғбек Бакаев: "Аввало гуруҳдан чиқиб олайлик"  1 21:06Наврўз Алимов: "Кучли жамоаларга қарши ўйинлар Биринчи лигада ёрдам беради"  1 20:30"Холматовнинг орзуси улкан нур ила қайноқ". Диёр Холматов U-23 Осиё кубоги олдидан ФИФАга интервью берди  9 20:23Ўзбекистон футзал терма жамоасининг асосий дарвозабони Осиё кубогини ўтказиб юборади  6 20:20U23 Осиё кубоги. Бир киши кам бўлиб қолган Япония Хитойни минимал ҳисобда енгди  0 20:08Тўрт нафар ҳакам дисквалификация қилиниб, жаримага тортилди  8 19:59"Реал" эртага Мбаппе трансферини эълон қиладими?  13 19:31Расман: Фелипе Андерсон – "Палмейрас" ўйинчиси  0 19:04Луис Энрике: "Босим? Менда у йўқ"  11 18:42"Байер" бош директори: "Алонсо келажакда "Реал"ни бошқариши аниқ"  4 18:27ЎФА легионерларимиздан бирининг Осиё Кубогида иштироки бўйича келишувга эришди  7 17:39ОЧЛ. "Ал Айн" — "Ал Ҳилол" учрашуви сув тошқини туфайли қолдирилди  0 17:26"Барселона" – ПСЖ, "Боруссия Д" – "Атлетико" учрашувларини кимлар шарҳлаб боради?  19 17:02Ямаль — "Golden Boy-2024" рейтингида етакчи  9

"Kelayotgan legioner futbol o'ynasin va oladigan pulini oqlasin" - Asror Aliqulov "Qizilqum"ning transferlari haqida Yangiliklar

"Kelayotgan legioner futbol o'ynasin va oladigan pulini oqlasin" - Asror Aliqulov "Qizilqum"ning transferlari haqida

"Qizilqum" bosh murabbiyi Asror Aliqulov bugun bo'lib o'tgan "So'g'diyona"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Tajribali mutaxassis transferlar, tayyorgarlik jarayonlari haqida ham gapirdi. 

"Birinchi yig'inimizni Navoiy shahrida olib bordik. Bunda asosiy etibor mahalliy yoshlarga qaratildi, saralanib olindi. Jamoani shakllantiryapmiz. O'tgan yili to'p tepgan kuchli futbolchilar tark etishgan. Ularning o'rnini asta-sekin to'ldiryapmiz. O'zim ham Pro ligadan Superligaga o'tdim. Maqsad birinchi navbatda murabbiy sifatida o'sish. "Qizilqum" bu yil yaxshi o'yin ko'rsatib muxlislarni xursand qiladi, degan umiddaman. 

Futbolda hech qachon oson bo'lmaydi. Lekin 10ta limit qo'yilgani biroz qiyinchilik tug'diryapti. Har bir futbolchini jamoaga taklif qilishdan oldin yaxshilab o'ylayapmiz",- deydi Asror Aliqulov. 


- Transferlar va futbolchilar bilan kelishishda qaysi jihat qiyinchilik tug'diryapti?

- Birinchi galda moliyaviy tomon. CHunki katta shartnomalar qilolmaymiz. Taklif qilayotgan futbolchilarimiz moliyaviy shartlarimizga ham to'g'ri kelishi kerak. Ikkinchi tomoni futbolchini o'yin uslubi. 

- "SHo'rtan"ga qaraganda "Qizilqum"da ishlash engillik tug'diryaptimi?

- "SHo'rtan"dagi qiyin davrni ko'p eslashni istamayman. Hozir jamoaga kelgan murabbiyga ancha oson. CHunki Pro ligada ancha shakllandi. Yosh bo'lsa ham tajriba to'pladi. "Qizilqum"ga kelganimda ham deyarli tarkib 90 foiz o'zgargandi. Bu erda ishlash osonroq, futbolchilarning darajasi, imkoniyatlari baland. 

- Jamoaga legionerlar kelishi haqida eshitdik. SHunday pallalar bo'ladiki yig'inda o'zini ko'rsatgan xorijlik futbolchilar rasmiy o'yinlarda yo'qolib qolishadi...

- Bu borada adashishga, xato qilishga haqqimiz yo'q. O'zimiz bilgan legionerlarni taklif qilyapmiz. Ayrimlari jamoada o'tgan yili ham o'ynagan, yana 2 nafari tez orada keladi.  Murabbiylar shtabi bu borada adashmadik, deb o'ylayman. Kelgan legioner futbol o'ynasin. Rahbariyat ajratgan mablag'ni oqlashini xohlaymiz. 

- PFL tomonidan transferlarni aniq tartibga solinayotgani, limitlarga qanday munosabatdasiz? 

- Bu to'g'ri. Hozir futbolchilarning talablari oshgani, agentlari bir nechta variantlar taklif qiladi. Limit qaysidir tomonlama yaxshi yani futbolchilarni ko'chib o'tishini nazarda tutyapman. Lekin boshqa tomonlama qiyichilik tug'dirishi turgan gap. 

- Futbolchilar bilan qancha muddatga mo'ljallangan shartnoma imzolanyapti?

- Mahalliy futbolchilar bilan ko'p yillik shartnoma imzolayapmiz. Jamoa yangidan shakllanyapti. Futbolchilar bir xil o'yin ko'rsatmasligi mumkin. Uning o'yini, ishtiyoqidan kelib chiqib mavsum o'rtasida yana uzaytirilishi mumkin. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика