Keysuke Xonda: "Inzagi bilan jamoa sifatida ancha o'sishga erishdik"
18 sen 2014 22:25
Yangiliklar
Keysuke Xonda: "Inzagi bilan jamoa sifatida ancha o'sishga erishdik"
"Milan"ning yaponiyalik futbolchisi Keysuke Xonda mavsum starti haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
O'tgan mavsumda men o'zimni ko'rsatishga harakat qilgandim. Futbol shunaqaki, bazan sen hamma narsaga erishishing mumkin. Ayrim payti esa yo'q. Men har doim bor kuchim bilan o'ynashga harakat qilaman.
Yangi mavsumda esa hammasi o'zgardi. Yangi bosh murabiy keldi. Inzagi barchasini o'zgartira oldi. Filippo Inzagi bizlarga o'z kuchimizga bo'lgan ishonchni qaytarib berdi. O'yindan-o'yinga yaxshi harakatlanmoqdamiz. Jamoa sifatida ancha shakllanib oldik.
Fikrlar