So’nggi yangiliklar

11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  4 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4 10:56"Локомотив" эртага янги ўйинчиларни таништиради  1 10:45«Барселона» узоқ вақт қизиққан футболчисининг трансферидан воз кечди  1 10:11«Фулҳэм» «Арсенал» футболчиси учун рекорд миқдорда пул тўлайди  4 09:43«Ал Садд» «Монако» футболчисини сотиб олди  2 09:15Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  12 08:47«Қўқон-1912» сардори фаолиятини бошқа бир Про лига жамоасида давом эттиради  1 08:25Ўртоқлик учрашуви. "Барселона" - "Манчестер Сити" 2:2, Холланднинг голи ҳисобга олинмади  2 08:20Олимпия ўйинлари. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  10 07:53Ўртоқлик учрашуви. «Ман Сити» ва «Барселона» жанговар дуранг ўйнашди  4 07:25Бугун Абдумалик Халоков, Давлат Бобонов ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этишади  2 01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  3 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  1 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  1

Kechagi derbi va "SHo'rtan" stadionidagi "chiroyli" sharoit haqida ikki og'iz Yangiliklar

Kechagi derbi va "SHo'rtan" stadionidagi "chiroyli" sharoit haqida ikki og'iz

Oliy liganing 6-tur doirasidagi markaziy bahslaridan biri G'uzorda mahalliy "SHo'rtan" hamda Qarshining "Nasaf" jamoalari o'rtasida kechdi.
Bu bellashuv mehmonlarning irodali g'alabasi bilan yakunlanganidan xabaringiz bor.

Bu o'yin futbol muxlislarida katta qiziqish uyg'otayotgan edi va ushbu derbi stadionga tashrif buyurgan ishqibozlarga to'la manzur kelgani aniq. Odatda "SHo'rtan" - "Nasaf" bellashuvi keskin kurashlarga boy kechadi. Ushbu jamoalarning o'zaro azaliy raqibga aylanganliklariga ham ancha bo'lib qoldi. 2010, 2011 va 2012 yilgi G'uzorda o'tgan derbi va undagi katta tortishuvlar hali hech kimni yodidan ko'tarilgani yo'q. Bu yilgi mavsumni "SHo'rtan" yaxshi boshladi. "Nasaf" esa har doimgidek yuqori o'rinlar uchun kurashmoqda va ayni paytda turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda. G'uzorliklar ushbu mavsumda "Nasaf"danda yuqori o'rinda bo'lishni rejalashtirganliklari haqida ham gap-so'zlar tarqalgandi. Muxtor Qurbonov boshchiligidagi bu jamoa ushbu maqsad yo'lida harakatini boshlab yuborgan. Kechagi bahsda "SHo'rtan" o'yin borasida "Nasaf"dan ustunlik qilgani ham bor gap. Ular 85 daqiqa davomida "ajdarlar"ga deyarli imkon qoldirishmadi.



"Nasaf" uchrashuvning asosiy qismini himoyada o'tkazishga majbur bo'ldi. Bazi vaziyatlarda "SHo'rtan"dan omad ochiqchasiga yuz o'girgan bo'lsa, kerak paytda O'tkir Yusupov, SHerzod Azamov kabi futbolchilar "Nasaf"ni ikkinchi goldan saqlab qolishdi. G'ulom-Haydar Gulyamovning kiritgan golidan so'ng Suhrob Berdiev va Viktor Klishinda yana bir qancha imkoniyatlar paydo bo'lgandi. SHu kuni Tabrizda bo'lgani kabi darvoza to'sini ham "ajdarlar" foydasiga ishlab berdi. Bu o'yinda "Nasaf" ustozi Ro'ziqul Berdiev bir qator asosiy tarkib futbolchilariga dam berishga qaror qildi. Bu albatta to'g'ri qaror. Sababi, "Nasaf"ni oldinda ikkita muhim bahs kutib turibdi. Qarshiliklar 1 may kuni o'z maydonlarida "Lokomotiv"ni qabul qilishsa, 5 mayda OCHLda hal qiluvchi o'yinda Saudiyaning "Al AHli" jamoasiga qarshi saf tortishadi. SHuningdek, ular kuni kecha Tabriz-Istanbul-Toshkent-Qarshi reyslari orqali Qarshiga etib kelishgan edi va bu uzoq yo'l jamoani biroz charchatib qo'ygani bor gap. SHuhrat Muhammadiev jarohati bois o'yinda ishtirok eta olmadi. Erkin Baydullaev, Eldor Suyunov, Hamza Karimov va SHohruh Gadoev singari futbolchilarga esa Berdiev dam olish imkonini yaratib berdi. Ushbu jihatlar "ajdarlar"ning o'yinlariga o'z tasirini o'tkazdi.

"SHo'rtan" bilan uchrashuvda asosan himoyalangan jamoa uchrashuvning so'nggi 10 daqiqasida o'zida kuch va irodani topa bildi va juda qiyin kechgan bahsda g'alabani o'z tomoniga og'dirib oldi. "Nasaf"ning bu xarakterini Tabrizda "Traktorsozi"ga qarshi uchrashuvda ham namoyish eta olgandi. Jamoa ham ikkinchi raqam bilan o'ynashga ancha moslashib olgani krinib turibdi. Ro'ziqul Berdievning ushbu "B" rejasi ham ish berayotgani yaxshi albatta. Lekin "Nasaf" o'zining asosiy "A" rejasi bilan ko'proq xavfliroq ko'rinadi. Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanlarida jamoa hozirgi holati bilan OCHLda hujumkor o'yin namoyish etishga tayyor emas deb ko'p bor takidlab kelgan. Bu fikrga qo'shilmaslikning iloji yo'q. Lekin ichki chempionatda ham "ajdarlar" hujumkorlik tobora unutib borishayotgandek. Bunga jamoa hujum chizig'ining ham hissasi katta ekanligini alohida aytish joiz. Oleksandr Kablash ishonchni oqlamagani uchun jamoadan ketqazildi. O'rtadagi shartnoma har ikki tomonning o'zaro kelishuvi asosida bekor qilingani haqida Ro'ziqul Berdiev aytib o'tgandi. Biroq klub rasmiy sayti bu haqida hali lom-lib demadi.

Azamat Allaniyozov va Kenja To'raev hozirda jarohatidan keyingi tiklanish jarayonida. "Nasaf"ning hujumdagi asosiy "snayperi" Ilhom SHomurodov faqat safda va har o'yinda SHomurodov asosiy tarkibda paydo bo'lmoqda. Lekin Ilhom SHomurodov joriy mavsumni ko'ngildagidek o'tkaza olmayapti. Ushbu hujumchining o'yinlarida yaxshigina inqiroz yuzaga kelgan. Balki hujumchi biroz toliqib qolgandir. Qo'shimchasiga hozir u raqobatdan xoli bo'lib turibdi. Bu hujumchiga sportchilarga xos jaxl etishmaydi. Ilhom SHomurodov umuman boshqa tipdagi hujumchilar sirasiga kiradi. SHomurodov ikkinchi qavatda xavfliroq o'ynashi mumkin. Raqib himoyasini sarosimada ushlab tura oladigan hujumchi "Nasaf"da yo'q. Umuman o'zbek futbolida hujumchi muammosi hali hal etilgani yo'q. Lekin "Nasaf"dek jamoaning haqiqiy hujumchisi yo'qligi kishini ranjitadi. Ilhom SHomurodovning eng asosiy yutug'i, balki quroli - bu jamoasining kerakli gollarini ura olishadir.



Bu narsani inkor etib bo'lmaydi. Balki shuning uchun ham Ro'ziqul Berdiev unga har doim imkoniyat berib kelar. Nima bo'lgan taqdirda ham Ro'ziqul Berdiev hujum chizig'i borasida yaxshigina bosh qotirib ko'rishi kerak. Ilhom SHomurodovga raqobat yaratish maqsadida o'rinbosarlar tarkibidan biror hujumchini asosiy jamoaga jalb etilishi ham zarar qilmasdi. Agarda klub OCHL guru bosqichida muvaffaqiyat qozonadigan bo'lsa, "Nasaf" birorta yaxshi hujumchini jalb etishi zarur. Aks holda ishlar chatoq. Artur Gevorkyan zimmasiga hamma narsani tashlab qo'yish ham yaxshi emas. Bu borada nafaqat Ro'ziqul Berdiev, balkim klub rahbariyati, menejer bosh qotirishi kerak aslida! "SHo'rtan" bilan o'yin "Nasaf"ning hujum chizig'i g'ariblashib qolganini yana bir bor ko'rsatib berdi. Kechagi derbida "SHo'rtan" g'alabaga loyiq edi.

Biroq so'nggi 10 daqiqa ichida "ajdarlar" ko'rsatgan metin irodani oldida "SHo'rtan"ning butun o'yin davomida qilgan mehnatlari chippakka chiqdi. Buni tajriba deydilar. Muxtor Qurbonov yaxshigina jamoani shakllantirmoqda. Viktor Karpenko "SHo'rtan"ning haqiqiy etakchisiga aylanib ulgurgan. Zaxiradan maydonga tushgan Suhrob Berdiev, Viktor Klishin, G'ulom-Haydar Gulyamov, Eldor Boymatov singari futbolchilar jamoada o'z o'rnilariga ega bo'lib borishmoqda. Kechagi "SHo'rtan" chempionatimizdagi har qanday raqibni mag'lubiyatga uchratishi mumkin. Tajriba esa asta-sekin to'planib boradi. "Nasaf" bilan bo'lgan o'yin ular uchun kattagina dars bo'lishi kerak. "Nasaf" esa ushbu xarakterini xalqaro maydonda hali ko'p bor namoyish etadi degan umiddamiz.

Endi G'uzordagi "SHo'rtan" stadionidagi OAV xodimlariga yaratilgan sharoit haqida ikki og'iz. Uchrashuvga 30 daqiqa qolganida G'uzordagi stadionga kirib bordim va jurnalistlar uchun ajratilgan joyga o'tdim. Bitta katta xonada stol-stuldan 7 kishilik joy qilingan. Undagi joylar band qilingan edi. Har ikkala klub matbuot xodimlari va yana uchta jurnalist bilan joylar band bo'lgan bo'lsa, Boburbek Tursunov, Humoyun Dovurov kabi jurnalistlar bilan o'yinni tik turgancha kuzatishga majbur bo'ldik. Noutbuk va netbuklarni quvvat olishi uchun bitta "rozetka" ham yo'q. PFL mavsum oldidan har bir stadionda OAV xodimlari ishlashi uchun sharoit yaratish barobarida simsiz internet tizimini ham o'rnatish kerakligi alohida ko'rsatib qo'ygan. Lekin G'uzordagi stadion bu talablarga umuman javob bermaydi. Uchta jurnalistga nari borsa uchtagina stul topilmaganidan so'ng qolganini aytish shart emas.



Uchrashuvni saytimiz orqali imkon qadar matnli onlayn translyaciya qilishga harakat qildik. Uchrashuv borishini telefondagi "telegram" dasturi orqali Narzulla akaga yozib bordim, Narzulla aka esa uni saytga qoraladilar. Birgina sharoit yo'qligi bois nechi kishi ovora bo'ldi. Savol tug'iladi, nahotki zamonaviy uskunalar bilan qurilgan stadionda birgina matbuot vakillari uchun kichkina sharoitcha yaratishni ilojisi bo'lmasa? Andijondan, Muborakdan, Toshkentdan kelgan xodimlar o'yinni tik turib kuzatganidan keyin, qolgan o'yinlarda yana ushbu stadionga kelish istagi boshqa tug'ilarmikan? Futbol birinchi navbatda muxlislar uchun! OAV xodimlari ham muxlislar uchun ishlashadi aslida. PFL G'uzordagi ushbu sharoit borasida klub vakillari bilan yaxshigina gaplashib olishi kerak.

Professional Futbol Ligasida o'ynayotgan jamoaning stadionida ushbu sharoitni yaratish muammo emas. Faqat etibor kerak!  Bu haqida juda ko'p va xo'p yozilgan, yozilmoqda. Lekin chekka viloyatlardagi stadionlardagi axvol o'zgarmayapti. Barcha joylarda yangidan-yangi stadionlar qurilmoqda. Lekin qurilish ishlari olib borilayotganda media-tribunani tushunadigan kishilardan maslahat olish hech kimni hayoliga kelmaydi. Joyi kelganda, majbur bo'lgandagina bu narsa amalga oshirilishiga o'rganib qolishmoqda.

Barcha katta ishlar kichik detallardan boshlanadi.

SHahboz Beg'amov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика