"Kecha, bugun, ertaga". Temurxo'ja Abduxoliqov: “Mening agentim - otam! I qism
26 noy 2013 13:30
Yangiliklar
"Kecha, bugun, ertaga". Temurxo'ja Abduxoliqov: “Mening agentim - otam! I qism
“Kecha, bugun, erataga” loyihasi mutaxassislarimizning ham nazariga tushishga ulgurdi. Bazan qilayotgan ishingni mevasini tatish kishiga huzur bag'ishlaydi.
Bu safar loyihamiz mehmoni “Paxtakor” hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov bo'ldi. Samimiy, ochiq va o'zi uchun katta ishonchga ega Temurxo'ja bilan bo'lib o'tgan suhbatni mutolaa qiling.
- 2012 yilgi mavsum Siz uchun juda ham alo darajada yakuniga etgandi. Joriy mavsum sizdan ko'p narsani kutishdi...
- Men ham 2013 yil uchun alohida tayyorgarlik ko'ra boshlagandim. Bazi gap so'zlarga qaramasdan, chempionat boshida o'zimga bo'lgan ishonchim katta bo'lgan. Asosiy tarkibdan o'rin olamanmi yoki yo'q, bu men uchun ikkinchi masala edi. Ishtiyoq tufayli zaxiradan tushib bo'lsa-da mavsumni yaxshi boshladim. Lekin Qatardagi o'yin meni ruhan sindirdi. O'yinda durang o'ynasak guruhdan chiqishimiz aniq edi. Uchrashuvni zaxirada boshladim. Aslida Qatar maydonlarida o'ynashni juda yaxshi ko'raman, u erdagi sifatli maydonda eng zo'r o'yiningizni ko'rsatishingiz mumkin. O'yin tugashiga 3 daqiqa qolganida maydonga tushdim, bu paytda 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchrab turgandik. Yakuniy natija - 3:1. Keyin esa o'zimga bo'lgan ishonchi yo'qotib qo'ydim. O'zimga kelib olishim uchun vaqt kerak bo'ldi.
- 2012 yil "Paxtakor"da bir yil davomida katta maktabnio'tadingiz. SHu kungacha "Bunyodkor"da bu narsaga faqat orzu qilish mumkin edi. Mavsumning og'ir kelishi shartnoma bilan bog'liq bo'ldi. Balki yana 2-3 mavsum "Paxtakor" safida to'p tepib,o'zingizga bo'lgan ishonchingizni orttirishingiz kerak bo'lgandir?
- Yil boshida o'zimga shunchalik ishonchim katta edi-ki, rahbariyatga katta vadalarni berdim. CHin manoda beriladigan vadaning masuliyati katta bo'ladi. Men o'z imkoniyatlarimdan kelib chiqqan holda mavsumda jamoa uchun nima berishim mumkinligini bilardim. Balki yosh bo'lganim uchundir menga biroz ishonishmadi. 2012 yilgi mavsum ishtahamni ochib yuborgandi. SHuni takidlab o'tishni istardimki, klub vao'rtamdagi muammo puldan iborat bo'lmadi.
- Gaplaringizdan shu malumki, 1 yillik mavsum siz uchun katta ishtiyoq berdi. Yana shunday mavsumni o'tkazib, o'zizga bo'lgan ishonchni ikki hissa oshirib olishingiz mumkin edi...
- To'g'ri aytasiz. Lekin qachondir bir mavsumni yo'qotishimga to'g'ri kelardi.
- 2013 yil ham o'tgan yildagi kabi mavsumni o'tkazganingizda, bu yil biz umuman boshqacha Abduxoliqovni ko'rgan bo'lardik. Yaxshi bilasiz, "Paxtakor" muxlislari hech qachon o'z sevimli o'yinchisini tashlab qo'ymaydi!
- Bu borada ularni hurmat qilaman. 2012 yilgi o'yinimni 2013 yil ham ko'rsatishimga ishonmaganlar bo'ldi. Go'yoki, u o'yinlarim tasodif. SHuning uchun ham bazi kelishmovchiliklar kelib chiqdi. Qolaversa,qishki yig'inda men uchinchi hujumchi sifatida tayyorgarlik ko'rdim.
- Davralar oralig'ida Vengriyaga borib keldingiz. Buni jamoa bilan hamkorlikda amalga oshirdingizmi?
- U erdagi ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdim. Menga vada qilingan pul katta emasdi, asosiysi Evropa jamoalaridan biridan o'rin olish. Ammo malum sabablarga ko'ra, shartnoma tuzilmadi. Aslida u erga men bilan tanish bo'lgan agent orqali bordim. Bu kishi yoshlar terma jamoasi tarkibida Avstiriyada o'tkazgan mashg'ulotlarimizda men va Alibobo Rahmatullaevga o'zining tashrif qog'ozini berib, o'yinlarimizni kuzatishini aytib o'tdi. 2012 yildagi mavsumdan kelib chiqib "Pushkash"da o'zimni sinab ko'rishim uchun Vengriyaga chaqirdi. Bu jamoa mashhur futbolchi Ferenc Pushkash xotirasiga ochilgan ekan. Birinchi ligadan chiqqan jamoa shaxsan mamlakat prezidentining nazoratida. Hattoki uning o'g'li jamoa azosi edi. CHempionatda birinchi tur uchrashuvini ko'rdim, solishtirsak, yakka kurashlarda ustunlikka ega. Individuallik borasida bizniki kuchliroq. Pas bilan o'ynash borasida ularning o'yini takomillashgan.
- U erdan qaytib kelgach yana zaxirada o'tirdingiz. Ammo mavsum so'nggida asosiy tarkibdan joy olib gollar ura boshladingiz. Muxlislarni qiziqtirayotgan savol, endigi taqdiringiz qanday kechadi?
- Klub 20 dekabrga qadar dam bergan. O'zimga kelsak shartnomam yakuniga etdi.Hozircha biron-bir jamoadan aniq taklifga ega emasman. Oldimda ko'rib chiqishim uchun 4ta variant bor. Bittasiga kuni kecha rad javobini berdim, bu taklif Malayziyadan edi. Qolgan uchta jamoa Evropadan. Hozircha u erda transfer bozori yanvarda ochilishi sababli menga kutib turishimni aytishdi. SHuni aytib o'tishni istardimki, har qanday holatda ham birinchi bo'lib "Paxtakor"ning taklifini ko'rib chiqaman.
- Bu jamoalarni ham "Pushkash"ni tavsiya qilgan agent topdimi?
- Yo'q, men birorta agent bilan rasmiy shartnomaga ega emasman. Uch nafar agent menga jamoa topishga harakat qilyapti. Ulardan biri bilan shartnoma tuzib qo'ysam, keyinchalik unga tobe bo'lib qolishim mumkin. Qachonki, bitta agent rosmanasiga menga jamoa topadi va men o'shanda u bilan hamkorlikni yo'lga qo'yaman. Bu borada ancha ehtiyotkor bo'lish kerak. Sanat SHaripov nomidan bir kishi menga o'z xizmatlarini taklif qildi. Men hammaga bir gapni aytaman, jamoa toping, maqul kelsa shartnoma imzolaymiz.
- Malayziya taklif qanday chiqdi?
- Ular menga "Feycbuk"dagi sahifam orqali chiqishdi. Berayotgan pullari ham chakki emasdi. Bir yilga 350 000 AQSH dollari. Ammo hayotda puldan ham muhim narsalar bor, avval faoliyatimni o'nglab olsam dedim.
- Balki yana bir yil "Paxtakor"da to'liq mavsumni o'tkazib, avvalgi ishtiyoqingizni qaytarish kerakdir, har xolda Evropaga toblanib borgan yaxshi?
- Hayotningo'ziga yarasha baland-pastlari bo'ladi. Ishonchimni qaytarishim kerak, to'g'ri, lekin yana bir yil yo'qotmasmikinman? Aslida hamma narsaga mehnat bilan erishish mumkin. Lekin men hozir "Paxtakor"da bo'ldi,o'ynamayman” demayapman. Balki ketarman, balki qolarman. Avvalo buning hammasi taqdirdan.
- "Paxtakor" muxlislarini qanchalik ovuntira olasiz, O'zbekistonda "Paxtakor"dan boshqa jamoada to'p tepmaslikka. Hamma futbolchining ham "Paxtakor" muxlislari o'z yaqinidek ko'ravermaydi. Qisqa fursat ichida siz bunga erisha oldingiz.
- Agar "Paxtakor"da qolmaydigan bo'lsam, fursatdan foydalanib,jamoa muxlislariga katta rahmat aytmoqchiman. Hozircha O'zbekistonda boshqa jamoalardan takliflar yo'q. Agar Evropaga ketmasdan O'zbekistonda qoladigan bo'lsam, unda "Paxtakor"dan ketishdan mano ko'rmayapman. O'zbekistonda "Paxtakor"dan boshqa jamoada to'p tepishni,o'zim uchun orqaga tashlangan qadam deb bilaman.
- "Paxtakor"da pul yo'q, ammo sizga asosiy tarkib vada qilinyapti...
- Agar hayotimni pul bilan bog'laganimda Malayziya taklifiga rozi bo'lardim.
- Gap-so'zlaringizdan shu narsani sezyapmanki, Evropaga bo'lgan intilishjuda yuqori!
- Buni kim ham orzu qilmaydi deysiz. Imkon borida Evropaning bironta jamoasi tarkibidan joy olsangiz, bufutbolchi uchun baxt. Lekin, u erda asosiy tarkibda maydonga tushish kerak. Agar evropaliklar bilan shartnoma imzolasam, shartnomamga, kamida 50% o'yinda ishtirok etishim kerakligi haqidagi bandni kiritaman. CHunki menga ko'proq o'yin amaliyoti kerak.
- O'zbek futbolida katta futbolchilar o'z haq-huquqini himoya qila olmayotgan bir paytdasiz bu narsalarni qaerdan o'rgangansiz?
- (kuladi) Otamdan! Ko'pchilik mening ishimga otam aralashyapti deb o'ylayapti. Agar otam bo'lmaganida men bilan hozir gaplashib o'tirmagan bo'lardingiz. Etibor berganmisiz, ko'pchilik mashhur kishilarimizning farzandi o'zining izidan keta olmagan. Otam esa o'z mashhurligini menga ravo ko'rdi. U ham licenziyalarni olib murabbiylik qilsa bo'lardi, lekin farzandim dedi. Men nima ish qilsam, bugun otamning maslahatisiz amalga oshirmayman. Otam 35 yildan beri futbol ichidalar. Kim, qay vaqtda nima qilishi kerakligini yaxshi biladilar. Nima uchun oldimda katta tajribaga ega odam bo'la turib, men begonaning gapiga quloq solishim kerak?
- Bilishimizcha, "Paxtakor"ga o'tishingizda ham dadangiz katta rolo'ynaganlar?
- "Bunyodkor" yoshlari tarkibida 3 yil to'p tepdim. SHartnoma uzaytiradigan paytda, menga taklif qilishgan shartnoma bandlaridan kelib chiqib o'zimni asosiy tarkibda ko'rmadim. U davrda biz chempionlikka erishgandik. Tarkibimizda juda ko'plab istedodli futbolchilar bor edi. O'sha payt 18 yoshga kirmaganligim uchun otamsiz shartnomaga imzo chekishga qonunan haqqim yo'q edi. Qoidaga ko'ra meningo'rnimga otam qo'l qo'yishlarilozim bo'lgan. "Bunyodkor" bergan shartnoma otamga maqul kelmadi. Keling, bu mavzuda gaplashmaylik. Muhimi,o'sha paytda otam orqali to'g'ri qarorni qabul qilganim. Keyin "Paxtakor" bilan muzokara olib borildi. Samvel Babayan meni o'rinbosarlar tarkibidagi o'yinlarim orqali yaxshi bilar ekan. O'shanda ham otam bilan 50% o'yinda tushish sharti bilan shartnoma imzolagandik.
Saytimizning "Facebook"dagi sahifasiga o'tib o'z ovozingizni bering
Davomi bor...

Fikrlar