So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  88 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  26 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  7 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  9 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  3 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  8 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  2

"Kecha, bugun, ertaga". T.Abduxoliqov: “Mening agentim - otam! II qism Yangiliklar

"Kecha, bugun, ertaga". T.Abduxoliqov: “Mening agentim - otam! II qism

Temurxo'ja Abduxoliqov bilan bo'lib o'tgan suhbatning ikkinchi qismini mutola qiling.
- O'sha kezlarda "Bunyodkor" o'rinbosarlari tarkibi juda ham istedodli futbolchilarga boy edi. Lekin hammasi ham bugun asosiy tarkibda emas...
- Men "Paxtakor" asosiy tarkibida o'ynab ketganimdan keyin ular ham yoshlarni qo'yib yuborishni istashmadi. Keyin esa ularning asosiy tarkibga kirishi qiyinlashib ketdi.

- Bir paytlar Umid Isoqov, Baxtiyor Hamidullaev, Zafar Xolmurodov va SHuhrat Mirxoldirshoev kabi futbolchilar 30ta urgan golini gol deb hisoblamas edilar. Bugungi hujumchilarimizda esa sermahsullik yo'q?

- 4-5-1 taktikasiga o'tib olgan chempionatimizda gol urish qiyin. Avvallari 3ta himoyachi yoki 4-4-2 taktikasida o'ynalardi. Men hozir Ispaniya jahon chempioni bo'lmasin deb turibman. Agar Ispaniya jahon chempioni bo'lsa, bizning klublarimiz ham ularga o'xshab hujumchisiz o'ynashni boshlab yuborishmasa bo'lgani.

- Endi 22 yoshga to'ldingiz, lekin ikki marotaba jiddiy sinovdan o'tishga ulgurdingiz?
- Etibor bersam, otam yoshligimdanoq qanday o'yinchi bo'lishimni hisoblab chiqib bo'lgan ekanlar. Ko'pchilik yoshim borasida shubha qiladi. Yosh futbolchilar hozir o'zlaridan kichiklar qatoriga qo'shib o'ynasalar, otam men bilan aksincha, o'zimdan 2 yosh katta futbolchilar qatorida mashg'ulot o'tkazardilar. To'g'ri, mendan ham xato o'tdi, hammada ham bo'ladi. Bu kunlar men uchun katta saboq vazifasini o'tadi.

- Evropaga ketdingiz deylik, biron kun qaytarsiz. "Ketayotganda eshikni qattiq yopma" degan naql bor...
- Ko'pchilik o'ylayotgan bo'lsa kerak, meni "Paxtakor" rahbarlari va murabbiyi bilan munosabatim yaxshi emas deb. Evropa nashlarida ham o'qiymiz, futbolchi shartnoma borasida kelisha olmadi degani, bu ikki shaxs o'rtasida munosabat buzilgan degani emas. Samvel Babayan bilan munosabatlarimiz ancha yaxshi. Bazan matubot anjumanida tanqid qilishdi. Lekin bu o'yinda bo'ladigan holat yuzasidan. Meni manzilimga yo'naltirilgan tanqid, shaxs Abduxoliqovga emas, futbolchi Abduxoliqovga bo'lgan. Bu normal holat.

- Bugun ko'plab siz tengi futbolchilar birinchi o'rinda pulli jamoa qidirishga harakat qilishyapti. Agar hayot qonuniga qarasangiz, juda ko'pchilikning pul topadigan o'z vaqti bo'ladi. 17 yoshgacha maktab yoki liceyda talim olinadi. 22 yoshda esa Universitetni tamomlab, yaxshi daromadga chiqish uchun yana 2 yil ketadi. Bu paytda kishi 24 yoshga etib qoladi. Bizda esa 18 yoshli futbolchi pulni o'ylayapti.
- "Bunyodkor" o'rinbosarlari tarkibida o'ynaganimda yaxshi pul olardim. Lekin menga asosiy tarkib kerak edi. To'g'ri aytdingiz, hamma narsani o'z vaqti bo'ladi. Balki men ham yoshligimdan pulga ruju qo'yganimda bugun bu darajaga chiqmagan bo'lardim. Yana bir narsa, yoshlarda sog'lom raqobat yo'qolib borayapti. O'z yoshidagi haqiqiy istedodlar nima uchun yo'q bo'lib ketyapti, sababi ularning o'rnini yoshi kichraytirilgan futbolchilar egallayapti. O'zining yoshida kerak bo'lsa Braziliyani yutib tashlaydigan futbolchilarimiz bor. Agar biz ham istedodlarni to'g'ri o'stira olsak, avvalo yoshlar o'rtasidagi JCHlarda g'alaba qozonishni boshlaymiz. Bu erdagilarning ishtahasi ochiladimi, bundan sog'lom raqobat boshlandimi? Marhamat, O'zbekiston kattalar o'rtasida JCHda. Bizda kimning yoshi kichraytirilyapti? O'z yoshida o'ynamayotgan 3-darajali futbolchining. U yaxshi o'ynasin deb kichiklashtirishadi. Yillar o'tib u bari-bir o'z yoshiga etadi va qarabsizki, u yana 3-darajali futbolchi bo'ladi-qoladi.





- Kichiklashtirishda ham kichiklashtirish bor...

- Ha, mana Falkao. Bejizga bu gap chiqmagan bo'lsa kerak. Bu ishlarni Urugvay yoki Franciya qilmaydi deb o'ylaysizmi? Faqat ular haqiqatdan ham kuchlisini kichiklashtirishadi.

- Evopalik futbolchi gol urganidan keyin futbolkasini echsa, haqiqiy futbolchining gavdasini ko'ramiz, biznikilar echinsa esa...
- "Pushkash"dan kelib chiqib bir gapni aytaman. 7 yoshdan to asosiy tarkibga qadar yaratilgan sharoit bir xilda. Akademiyada o'zining mashg'ulot o'tkazish uchun trenajer zallari bor. Keyin futbolchining individual ishlashi uchun maxsus uskunalar tayyorlangan. Bizda mashg'ulot o'tkazish uchun yoningizda sherigingiz bo'lishi kerak. U erda bir kishi ham xuddi 3 kishi bilan shug'ullanayotgandek mashq o'tkazishi mumkin. Masalan bir narsa borki, to'pni devorga tepasiz, zarbangizning kuchiga qarab u istasangiz boshga keladi, istasangiz ko'krakka. Istang, zarba berish uchun oyog'ingizga kelib tushadi. Hammasi sharoitdan va futbolchining o'z ustida qo'shimcha tarzda ishlashidan.

- Har bir futbolchining hayotida bitta jamoadoshi, katta saboqlarni bergan bo'ladi. "Paxtakor"da kim sizga akadek maslahatlarini bergan?
- Ilhom aka Suyunovdan juda minnatdorman. O'tgan yili sardorimiz bo'lmaganida biz chempion bo'larmidik yoki yo'q, bilmadim. O'yindan oldin kelib oldimga "Nima bu o'tirish, chempion bo'lishni istaysanmi, tur kayfiyatni ko'tar", deya qo'llardilar. Ilhom akaning gapidan keyin ishtaham ham ochilib ketardi. Bu yil esa Anvar aka Soliev menga o'z tajribalari bilan o'rtoqlashdilar. Bir safar Abramov menga, Soliev kabi vaziyatni tanlashni maslahat bergandi. Avvallari Solievning o'yiniga unchalik etibor bermasdim. Abramovning gapidan keyin ahamiyat bilan kuzatsam, Anvar aka himoyachini kutilmagandan chalg'itib qo'yar ekanlar.

- CHempionatimizda individual harakat qiladigan futbolchi deyarli yo'q. Bazan sizda shu narsani kuzatamiz...
- Murabbiylar programmatik futbolga moslashib qolishyapti. Ispaniyada o'sha Xavi, o'sha Inesta. Pas berish orqali bittadan gol urib chempion bo'lishdi. "Barselona"da Messi ularning taktikasini yanada takomillashtiradi. Bizda endi bitta o'yinchini aldayman desangiz, murabbiylar pas oshirish kerakligini aytadi. Yoki 16talikning ichiga kirganingizdan keyin “alda” deydi. 16ning ichida qanday aldaysiz, u erda 10ta o'yinchi bo'lsa. Men ham ko'pincha gap eshitaman. Menimcha, murabbiyning gapini eshitmaganga olish kerak (kuladi). Agar texnika tur sayin takomilllashtirib borilsa, keyinchalik qiyinchiliksiz bu ishni amalga oshirasiz. To'g'ri, bazan yoshlar bitta fint ishlatganidan keyin, yana qilgisi keladi. Bu esa maynavozchilikka kiradi. Bu paytda murabbiy etiroz bildirsa bo'ladi. Lekin bir tomoni bor, futbolchi o'ziga ishonganki, shu ishni qilyapti. Aslini olganda texnikani yoshlikdan berish kerak. Hozirgi yoshlarda bu borada imkoniyatlar katta. Maydonlarning sifati ancha zamonaviylashgan.

- Har bitta ortda qolgan o'yin siz uchun dars vazifasii o'taydimi?

- "Beshikdan to qabrgacha ilm izla" deb bejizga aytishmagan. Men har bir o'yindan keyin xatolarimdan to'g'ri xulosa chiqarishga harakat qilaman.

- Faoliyat davomida "buzish" uchun o'ynaydigan himoyachilarga duch keldingizmi?

- Ha, lekin men himoyachilarni ayblamayman. Ularga murabbiy shunday ko'rsatma beradi. Balki bizda tanish-bilishchilik qilib sariq kartochka berilmasligi mumkin, lekin xalqaro maydonlarda aynan mana shu borada pand eb qo'yyapmiz. Kim qo'pol o'ynaydi? Kuchi etmagan futbolchi. Raqibim qo'pollik qilyaptimi, demak mendan cho'chiyapti va mening o'zimga bo'lgan ishonchim ortadi.

- Avvallari nima uchun hujumchilarimiz ko'p gol urishgan, etibor bersak, bosh bilan ham yaxshi o'ynar edilar. Bugungi hujumchilarimiz deyarli burchak zarbasidan keyin gol ura olmayaptilar. Yoki burchak to'plari yaxshi etkazib berilmayaptimi?
- Ayb hujumchida deb bilaman. To'rttasidan hech bo'lmasa bittasi boshga kelib tushadi-ku. Poziciyani to'g'ri tanlash kerak deb o'ylayman.

- Deylik, sizda shunday imkoniyat bor, o'zbek hujumchilari ichida qaysi biri bilan to'liq mavsumni o'tkazgan bo'lardingiz?

- Maksim SHackix. Undan o'rganadigan narsalarim ko'p.

- "Paxtakor"ning bazasida darvoza maketi bo'lib. Unda to'qqizlik, oltilik nuqtalari ko'rsatilgan. SHu maketda hech ishlaganmisiz?

- 3 yildan beri "Paxtakor"da faoliyat olib borsam, bugungacha biron marotaba undan foydalanmaganmiz. Lekin yoshligimda o'sha narsa qiziq bo'lardi.



Nodirxo'ja Yuldashev suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика