So’nggi yangiliklar

08:36Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:06Саудия Арабистон чемпионати. «Ал Ҳилол» мавсумдаги илк мағлубиятини қабул қилди  0 07:38Суперлига. Бугун 25-тур якунланади  0 04:12"Андижон" ўз уйида "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 04:07Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  104 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  30 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  8 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  10 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0

KECHA, BUGUN, ERTAGA. Championat.ASIA mehmoni – Oleksandr Pishur (I qism) Yangiliklar

KECHA, BUGUN, ERTAGA. Championat.ASIA mehmoni – Oleksandr Pishur (I qism)

Akmal Xolmatovdan so'ng Championat.asia mehmoni, Bunyodkor jamoasi to'purari Oleksandr Pishur bo'ldi.
Ukrainalik futbolchi bilan suhbat davomida aytarli ichki chempionatimiz va OCHL haqida savollar bo'lgani yo'q. CHunki o'z saviyamizni yaxshi bilib turibmiz. Yaxshisi Oleksandr bilan uning O'zbekistongacha bo'lgan hayoti haqida qiziqdik.

- Oleksandr, biz Sizdek tajribali hujumchini ofisimizda, nafaqat ofisimiz balki chempionatimizda ko'rib turganimizdan xursandmiz. So'nggi 3 yildan beri O'zbekistonga yaxshi saviyadagi legioner kelmay qo'ygandi. Agentingiz Sefer Alibaev nima uchun aynan O'zbekistonni tavsiya etdi?
- Ko'p yillar davomida Volin sharafini himoya qildim. U erda murabbiy almashganidan so'ng menga nisbatan munosabat o'zgardi. SHundan keyin men jamoa bilan yangi shartnomaga imzo chekmadim. Qishda o'zim mashg'ulot olib bordim. SHunday kunlarning birida agentim telefon qilib, Bunyodkordan chaqiruv borligini aytdi. Jamoa haqida axborotga ega edim. Bir paytlar bu klubda Rivaldo kabi jahon yulduzi va katta tajribaga ega Skolari ishlagan edi. Bunyodkorni BAAdagi mashg'ulotlariga borib qo'shildim. Dastlabki kunlardanoq jamoadagi muxit menga maqul keldi va agentimga qolishimni aytdim. Turkiyadagi yig'inda barcha hujjatlarni rasmiylashtirdik.

- Yurtimizga kelishdan avval O'zbekiston chempionati haqida axborot olganmidingiz?
- Volindagi ustozim Anatoliy Demyanenko qisqa axborot bergan edi. Ammo bari-bir tassurotim juda oz edi.

- Volinda Paxtakorda bir davra faoliyat olib borgan Dushan Savich bilan tandem xosil qildingiz.

- Ha, to'g'ri. Dushan mendan keyin yana yarim yil o'ynadi. Yaxshi inson va yaxshi futbolchi.





- Meni qiziqtirayotgan narsa shu-ki, Dushan bo'y jihatdan Sizdan ancha past. U gol urishi uchun jamoa erlatib o'ynashi kerak, Sizga esa aksincha. Bu qanday tandem bo'ldi?
- U bilan birga maydonga tushganimizda men sal orqaroqda to'p tepdim. Havolatib kelinadigan to'plarni men unga boshim bilan oyog'iga tashlab berardim. Bazan imkoniyatdan o'zim foydalandim.

- Nima uchundir bizda Murzoev bilan aynan shunday bog'liqlikni Sizda ko'rmadik?

- Bu erda boshqa taktikada o'ynayapmiz. Yuqorida takidladim Volinda men orqaroqda o'ynardim, Bunyodkorda esa old chiziqda, Kamol sal orqaroqda o'ynadi.

- Siz bilan agentlar hususida gaplashmoqchiman. Bizda bu yangi soha va hali rivojlanmagan. Ukrainada esa katta raqobat bor. Sizning hayotingizda agentlarning roli qanday bo'lgan?
- To'g'risini aytsam 70 foiz agent avvalo o'zini o'ylaydi. Keyin futbolchilarni manfati turadi. O'zim ham bunday holga to'qnash kelganman. Siz bilan shartnoma tuzib olgan agent o'zini qiroldek tutadi va o'z qonunlarini o'tkaza boshlaydi. Maqsad esa pul qilish. Ko'plab agentlar bu ishlarni futbolchilarni orqasidan ish amalga oshirishadi. SHuning uchun futbolchilar doimo jabrdiyda rolini o'ynaydilar. Ukrainada ham avval agentlar ko'p edi. FIFAning licenziyasini olish ham oson emas, malum bir katta miqdorda bankdagi hisob raqabingizda pul bo'lishi kerak. Meni Bunyodkorga kelishimga agentimni roli katta bo'ldi. Meni agentim bilan munosabatim yaxshi, shuning uchun shartnoma imzolayotganimda nimaga qo'l qo'yayotganligimga ham qaramadim. Men unga ishonaman. Bazi agentlar bor yuzlab futbolchilar bilan shartnoma tuzib qo'yadilar. Hattoki mijozini qanday ko'rinishini ham bilmaydi. Mijozi quyi ligalarda to'p tepayotganiga qaramaydi ham. Sal ko'zga ko'rinib qolsa uni orqasidan daromad olishni ko'zlaydi.





- Litvin Nikolay Viktorovichni futboldagi otam deb hisoblar ekansiz?
- Yoshligimdagi murabbiyim bilan kelisha olmay qolganimizdan so'ng men futbolni tashlab yuborish haqida o'ylay boshladim. 2-3 oy davomida futbol ham o'ynamay qo'ydim. SHunday kunlarda Litvin Viktorovich meni qayta futbolga qaytardi va to'g'ri yo'lni ko'rsatdi. Yarim yil davomida mashg'ulot o'tkazdim. Litvin Viktorovich menga qo'shimcha mashg'ulotlarni berib yanada saviyamni oshirdi. Keyin u kishi meni Belorrusiya chempionatiga o'tishimga o'zining munosib xissaasini qo'shdi.

- Dnepr (Belorussiya) dagi dastlabki mavsumingiz chakki chiqmadi. Jamoa to'purari bo'ldingiz...
- Avvaliga u erda ham oson bo'lmadi. Yarim yil faqat o'zimni ko'rsatishim uchun vaqt ketdi. SHunday kunlarning birida bitta futbolchimiz jarohat oldi. Amaldagi chempion Slaviya jamoasi o'rinbosarlari o'rtasida bo'lgan o'yinda hisob 2:2 ko'rinish oldi. SHu kuni hisobimga ikkita gol yozib qo'ydim. Natieada ertasi kuni bo'lib o'tishi lozim bo'lgan asosiy tarkiblar o'rtasidagi bahsda ishtirok etishi mumkin bo'lgan 18 nafar futbolchi ichiga kirdim. Hisob 4:0 bo'lib turgan pallada, murabbiyimiz 80-daqiqada meni maydonga tushirdi. Omadim keldi va men ikkita gol urdim. Bu o'yindan keyin men asosiy tarkib futbolchisiga aylandim. Dnepr futbolchilarni sotish orqali kun ko'rar edi. Dneprdagi so'nggi yilimda sharoit o'zgarib ketdi. Klub Prezidenti o'z vadasini ustidan chiqmadi. Arzimagan pul uchun o'ynab keldik. Birinchi davrada yaxshi o'ynab turnir jadvalini yuqori qismiga chiqib olamiz, ikkinchi davrada esa yana o'sha vadalar. SHunday kunlar bo'lganki, bazada eb ichish uchun hech nima bo'lmasdi. O'zimizda esa pul. Kun bo'yi yigitlar bilan karta o'ynab vaqt o'tkazar edik.

- Faoliyatingizdan kelib chiqsak, nima deb o'ylaysiz. Bir jamoada zaxiraga tushib qolsangiz yangi jamoa qidirgan yaxshimi yoki o'z ustingizda ishlab asosiy tarkibga loyiq ekanligingizni isbotlash?
- Ko'p yillik faoliyatimdan kelib chiqib aytsam, yoshligimda qiziqqon edim. Zaxirada o'tirib qolishni yoqtirmasdim. Sendan kimdir kuchli bo'lsa-yu, murabbiy meni tushirmasa urishib ham ketar edim. Bugungi kunda o'ylasam o'zim hatoga yo'l qo'ygan ekanman. SHu narsani tushunib etdim-ki, boshqa joyda yaxshi bo'lishni emas, o'z ustingda yaxshi ishlashni o'ylash lozim kerak ekan. Agar mashg'ulotda o'yinga tayyor ekanligingni isbotlasang, murabbiyini o'zi asosiy tarkibga qo'yadi. Qachongki mashg'ulotlaring murabbiy tomonidan etiborga olinmasagina jamoa almashtirish kerak deb o'ylayman.

- Ish uslubingiz qanday?
- Asosan jamoa bilan mashg'ulot o'tkazaman. Bazan trenajer zaliga kiraman.

- Zaryada bir davra davomida himoyada o'ynagan ekansiz?
- (kuladi) To'g'ri aytasiz. Avvaliga meni u erga hujumchi sifatida jamoaga qabul qilishgan edi. Ammo murabbiyimiz meni jismoniy imkoniyatlarnga tushimdan kelib chiqib himoyada foydam ko'proq tegadi degan fikrga keldi. Men uchun muximi maydonga tushish edi.

- Buni oson jihati ham bo'lganmi, yani Siz hujumchi sifatida raqib futbolchisi himoyachi oldida nima qilish kerakligini avvaldan bilasiz?
- Bazan. Faoliyatim davomida deyarli barcha amplualarda to'p tepganman. Hatto bir o'yinda darvozada ham turgan edim. Zamonaviy futbolda universal futbolchilar doimo maydondan o'zlariga joy topa oladilar.

- Bu erda ham ko'p ushlanib qolmadingiz?
- Zaryada sharoitlar zo'r edi. Ammo sobiq murabbiyim meni Volinga chaqirdi. SHu boisdan yana jamoa almashtirdim.

- Volin Sizning jamoangiz desak ham bo'laveradi. Faoliyatingizni eng sermazmun yillarini aynan shu klubda o'tkazgansiz. Ukraina birinchi ligasida to'purar bo'lish bilan birga, mavsumning eng yaxshi o'yinchisi unvonini ham qo'lga kiritdingiz.
- Ishonasizmi, tepgan zarbalarim darvozaga kirib ketaverdi. Bazan teskari zarbalarim ham rekoshet holatida raqib darvozasidan o'rin olaverdi. Bu erda menga omad ham keldi.





- Futbolchi uchun jamoa o'z oldiga aniq bir vazifani qo'ysa o'ynash osonroqmi, yoki vazifa qo'yilmasdan erkin o'ynash?
- Albatta vazifa bo'lgani yaxshi. CHunki nima uchundir o'ynaysiz. Bunyodkorda oldimizga OCHLda muvaffaqiyatli ishtirok etish qo'yilgan edi. Afsuski kurashni erta tugatdik. Endigi maqsad ichki chempionatda muvaffaqiyat qozonish.

- Siz bilan suhbatda shunga amin bo'ldimki, Ukrainada ham futbolchini kelajagini ko'ra olmaydigan murabbiylar yo'q emas. Afsuski bizda ular etarlicha topiladi. Hattoki oliy liga jamoalarining murabbiylari o'z oldilaridagi istedodlarni ko'rishmaydi...
- Bu hali hammasi emas. Yuqorida agentlar haqida aytib o'tdim. Agentlar futbolchilarni yoshligidan shartnoma imzolaydilar. Aynan shu boisdan ular o'zlariga yaxshi jamoa topa olmay qolyaptilar. Yosh o'yinchilarga etarlicha takliflar bo'ladi, ammo agent katta pul so'raydi. Tabiiyki klub ularga bu pulni bermaydi. Natijada futbolchi ko'rinmay ketadi. Hozir shu darajaga chiqdiki, ota-onalar farzandlari uchun agentlarga pul to'lashni boshlashdi.

- Ukrainada yoshlar futboliga bo'lgan etibor qanday?

- Doneck, Xarkov va Kievda barchasi ajoyib tarzda. O'zim yashaydigan CHernigovdagi sharoit bilan maqtana olmayman. O'tkan yili o'zim shug'ullanib turganimda bolalarni mashg'ulotini ko'rib, to'g'risi achindim. Kichik, ancha eskirib rezinalari ko'rinib qolgan suniy maydonda bolalar shug'ullanishadi. 15 yoshdan keyin ular nima qilishni bilmay qolishadi.

- O'zbek futboli texnika borasida ancha kuchli. Ammo jismoniy tayyorgarlikka kelganda ortdamiz. Sizningcha texnikaga qachon-u, jismoniy tayyorgarlikka qachon etibor qaratish kerak?
- Yoshligimdagi murabbiylarimdan beri bizni juda ko'p yugurtirardi. Asosan jismoniy tayyorgarlikka etibor qaratar edi. Natijada biz to'pni xis qilmas edik. Aytarlii uni to'xtata olmas edi. Men kattalar futboliga o'tganimdan keyin bunchalik ko'p ishlamaganmiz. 15-16 yoshgacha asosan texnika bilan ishlash kerak.  Bazi murabbiylar 12-13 yoshli futbolchilarni shunchalik tek to'kishga majbur qilardilar-ki, natijada ular churrak (grija) bilan og'rib qolar edilar. Hozir esa tizim biroz o'zgardi. Endi texnikaga katta etibor qaratila boshlandi. Qo'shimchasiga engil atletikadan ham saboq berilyapti. Jismoniy tayyorgarlikka kelsak, uni yarim yil ichida shakillantirsa bo'ladi.

- Demak, biz to'g'ri yo'ldan ketyapmiz. Lekin bizdagi eng katta muammo shundaki, yoshlar o'rtasidagi chempionat juda erta yakuniga etadi. 15 yoshdan keyin o'smirlar uchun chempionat yo'q. Deylik shaharda 24ta jamoa bor. SHulardan 4tasida yo oliy, yo 1 ligada jamoasi bor. Qolgan futbolchilar o'z-o'zidan yo'qolishga majburlar...
- Musobaqa bo'lmasligi yomon. Bizda bu yoshdan keyin o'smirlar internatlarga yo'l olishadi. Yana o'rinbosar chempionatiga qo'shimcha tarzda, U19 chempionati yo'lga qo'yildi. 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilar alohida Respublika chempionatida to'p tepadilar. 15 yoshdan keyin futbolchini yo'qotadigan bo'lsak, ulani tarbiylashdan ne naf?

- Faoliyatingizdagi ikkinchi horij jamoasi Rujomberok bo'ldi. Slovakiya jamoasida Sizni uzoq muddatga diskvalifikaciya qilishdi...
- Dastlabki mavsumimning so'nggi turida biz uchun o'ta muxim bahs turgandi. G'alaba qozonsak Evroliga saralash o'yinlarida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritishimiz mumkin edi. Jamoamiz uchun bu juda katta yutuq hisoblanish bilan birga bizga katta miqdorda mukofot puli qo'yilgandi. Afsuski o'yin 0:0 hisobida tugadi. O'yining so'nggi daqiqalarida jamoamiz sardorini raqib futbolchisi qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. Hakam esa bu vaziyatni beetibor qoldirdi. SHunda men uni orqasidan borib, elkasini ushlab o'zimga qaratdim. SHunda u sariq kartochka ko'rsatdi. SHu bilan o'yin tugadi. Echinish xonasiga kirsam jamoadoshlarim hakamni menga qizil kartochka ko'rsatganligini aytishdi. Mavsum tugaganligi bois uyga ketdim. 1 oylik tanaffusdan so'ng jamoaga qaytganimda meni 8 oyga diskvalifikaciya qilishganligini aytishdi. Mening harakatim bunday jazoga loyiq emas edi. Klub esa menga bergan mashinasini olib qo'ygan. 3 kun ichida Slovakiyadan chiqib ketishim kerak ekanligini aytishdi. Oldimda boshqa yo'l yo'q edi. Barcha narsalarimni yig'ishtirib ketdim. SHunda Volindan menga taklif tushdi va men yana sobiq jamoamga ketdim.

- Nazarimda Rujomberokni o'zi bu ishlarda bosh qosh bo'lgan!
- Menimcha, ha. 3 marotaba Slovakiya FF ofisiga bordim. 1500 km yo'l bosib boraman, bittagina qog'ozdan kamchilik topib ortga yuborishadi. Keyin o'rtaga jiddiy odamlardan birini qo'ydim. SHu narsa malum bo'ldiki, meni ko'proq maydondan tashqarida bo'lishim, klubim uchun manfatliroq ekan. CHunki ular maosh to'lashmasdi. Hatto-ki, stadionga kirishim mumkin emas edi. Hozir ham ular bilan sudim davom etyapti.


Nodirxo'ja Yuldashev suhbatlashdi
Davomi bor...
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика