So’nggi yangiliklar

00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  0 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  4 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  1 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  0 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  6 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0

Kaysedo "Brayton"dan ketishini tasdiqladi. Futbolchini "Arsenal" sotib olmoqchi Yangiliklar

Kaysedo "Brayton"dan ketishini tasdiqladi. Futbolchini "Arsenal" sotib olmoqchi

Kaysedo "Brayton"dan ketishini malum qildi.

"Brayton" yarim himoyachisi Moyzes Kaysedo ushbu transfer oynasida klubni tark etishini tasdiqladi.

"Men janob Blum va "Brayton"ga APLga kelish imkoniyatini bergani uchun minnatdorlik bildiraman va ular uchun doim qo'limdan kelganini qilganimni his qilyapman. Men doim tabassum bilan va yurakdan futbol o'ynayman.

Men Ekvadorning Santa-Domingo shahrida kambag'al bo'lib o'sgan 10 nafar bolaning eng kichigiman. Doim Ekvador tarixidagi eng sovrindor futbolchi bo'lishni orzu qilganman. Men "Brayton"ga rekord darajadagi transfer narxini qo'lga kiritishda yordam bera olganimdan faxrlanaman, bu ularga uni qayta investiciya qilish va klubning muvaffaqiyatini davom ettirishda ko'mak beradi.

Muxlislar menga qalblaridan joy ajratishdi va ular ham hamisha qalbimda bo'lishadi, shuning uchun ular bu ajoyib imkoniyatdan nega foydalanmoqchi ekanligimni tushunishadi, deb umid qilaman", – deb yozdi Kaysedo ijtimoiy tarmoqda.

Avvalroq "Arsenal" 21 yoshli futbolchi uchun 60 million funt taklif qilgani haqida xabar berilgandi. Unga "CHelsi" ham davogarlik qilmoqda, ammo "chaykalar""ko'klar"ning 55 million funtlik taklifini rad etdi.

Ekvadorlik futbolchi joriy mavsum "Brayton" safida 21 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика