Kavani "Nyukasl" bilan o'ynamaydi. U sobiq jamoasiga qarshi o'yinda debyut qilishi mumkin
07 okt 2020 23:58
Yangiliklar


Kavani "Nyukasl" bilan o'ynamaydi. U sobiq jamoasiga qarshi o'yinda debyut qilishi mumkin
"Manchester Yunayted"ning yangi hujumchisi Edinson Kavani APL doirasidagi "Nyukasl"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.
Xabaringiz bor, urugvaylik hujumchi "qizil iblislar" safiga erkin agent sifatida kelib qo'shildi. U Buyuk Britaniyaga tashrif qilgan paytdan keyingi 14 kunlik muddatni karantinda o'tkazishi talab qilinadi.
Kavani Manchester jamoasi tarkibida ilk bor CHempionlar Ligasi doirasidagi PSJga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin. Mazkur o'yin 20 oktyabrda o'tkazilishi belgilangan.
Rasman: Edinson Kavani "Manchester Yunayted"da 7-raqamda o'ynaydi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar