Kavani: "Neymar va Mbappe bilan oramizda kelishmovchilik yo'q"
02 noy 2018 12:18
Yangiliklar


Kavani: "Neymar va Mbappe bilan oramizda kelishmovchilik yo'q"
PSJ hujumchisi Edinson Kavani jamoadoshlari Neymar va Kilian Mbappe bilan kelisha olmayotganligi haqidagi malumotga izoh berdi.
"O'rtamizda kelishmovchilik borligi - yolg'on. Maydonda o'zaro tushunishimizni rivojlantirish ustida ishlayapmiz, ammo bu oramizda tushunmovchilik bor degani emas. Tomas Tuxel ideal jamoa qurishiga va birgalikda ajoyib mavsum o'tkazishga umid qilaman" - deydi Kavani.
Eslatib o'tamiz, 2017 yilning sentyabr oyida o'tkazilgan bahsda Kavani va Neymar penalti talashib qolgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar