Kavani kelajagi borasida bir qarorga keldi
30 apr 2021 19:05
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/634666_original.jpg)
![](/upload/storage/634666_220.jpg)
Kavani kelajagi borasida bir qarorga keldi
Hujumchi Edinson Kavani "Manchester Yunayted" bilan shartnomani uzaytiradi.
Urugvaylik futbolchi uzoq vaqt davomida kelajagi borasida bosh qotirdi, yakunda esa manchesterliklar safida kelasi mavsum ham o'ynashga qaror qildi.
34 yoshli hujumchi joriy mavsum barcha musobaqalarda MYU libosida 33ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 5ta assist qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, Kavanining "Manchester Yunayted" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2021 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar