So’nggi yangiliklar

09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  0 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  7 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  2 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  5 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6

Kavani futbolsiz qanday yashamoqda?! Futbolchining kuni o'rmonda ov qilish, baliq ovlash va ot minish bilan o'tmoqda Yangiliklar

Kavani futbolsiz qanday yashamoqda?! Futbolchining kuni o'rmonda ov qilish, baliq ovlash va ot minish bilan o'tmoqda

Yozda Edinson Kavani CHempionlar Ligasida o'ynashi mumkin edi, ammo PSJ bilan shartnoma muddatini ikki oyga cho'zishdan bosh tortdi.

SHundan so'ng urugvaylik "Roma", "Benfika", "Yuve", "Barsa"ga o'tarkan degan mish-mishlar tarqaldi. Mana sentyabr oyi ham o'z yakuniga etmoqda, lekin forvard hamon erkin agent maqomida turibdi. 

Ehtimol, Kavani yurtida o'ziga yangi mashg'ulot topgandir. Edinson azaldan vataniga qattiq bog'langandi. Nazarimda, 33 yoshli forvard yildan-yilga buni chuqurroq anglayapti. "U futbolni juda ham yaxshi ko'radi, biroq yurtiga qaytish ham doim hayolining bir chetida turadi. U Salto shahrini juda sog'inadi", — deydi forvardning akasi Kristian.

Kavanining xobbisi — ov qilish va baliq ovlash. Futbolchi otasi bilan Urugvayning shimoliga sayohatlar uyushtirgan. Ota-o'g'il u erlarda tungi o'rmonni sayr qilib, to'ng'iz, quyon va cho'chqa kabi hayvonlarni ovlashardi. "Edinson bolaligidan shunday qilardik, hozir ham bu ananaga sodiq qolganmiz", — deydi hujumchining otasi Luis. — "Ikkimiz ham bo'sh vaqtimizni baliq ovlash va ov qilish bilan o'tkazishni yoqtiramiz. Tunda atigi uch soat uxlaymiz. Edinsonning aytishiga qaraganda, o'rmon bo'ylab ov qilish uni tinchlantirarkan. Bu narsalar bizning hayot tarzimizga aylanib qolgan".

Kavani qiziqishlarini barcha bilan ham bo'lishmaydi. 2018 yil Edinson do'stlari bilan o'lja tutgani tasvirlangan suratlar ijtimoy tarmoqlarda tarqalib, qizg'in bahs-munozaralarga sabab bo'lgandi. Bir videoda futbolchi do'stidan to'ng'izning boshidan tortishini so'ragan, o'rtog'i ham uning aytganini qilgan. Bu holat esa odamlarni yanada g'azablantirgan.

O'yinchining baxtiga, Urugvayda 1982 yildan to'ng'izlarni ovlashga rasman ruxsat berilgandi.



Baliq ovlash ham Kavanining jon-u dili. So'zlariga qaraganda, bazida gol urishida bu xobbisi yordam ham bergan ekan. "Baliq ovlash meni tinchlantiradi, tashqi dunyodan bir zum bo'lsa-da, uzilib qolishimga yordam beradi, — tushuntiradi futbolchi. — Bu xobbi hujumchilik faoliyatimga ham ko'mak beradi — ko'zlarimni mashq qildiradi. Baliq tutayotganda eng asosiysi — vaziyatni kuzata olish va hujum qilish uchun kerakli pallani topa olishdir. Maydonda ham shunga o'xshash vaziyatlar bo'ladi".

Edinson bolaligidan otasi bilan baliq ovlagan. Oradan ancha yillar o'tganiga qaramay, bu holat saqlanib qoldi. "Sen kutishing, yana kutishing va yana kutishing kerak – keyin esa asta-sekinlik bilan harakat qilishing lozim. Hujum qilish vaqti kelganda bunga tayyor turgan bo'lishing zarur. Futbolda ham xuddi shunday. Bolaligimda bu ikkisini bir-biriga bog'lamasdim, biroq ulg'ayganim sari bu narsalar ayniqsa ko'p gol urishni istagan hujumchi uchun juda zarur ekanligini tushunib etdim", — deydi urugvaylik "The Telegraph"ga bergan intervyusida.

Hattoki, Kavani o'tgan yili Xitoyda mavsumoldidan ham baliq ovlashga vaqt topdi. Urugvaylik qirg'oq bo'yida bir baliqchi blan tanishib qoldi — ular baliq ovlashning turli texnikalari to'g'risida uzoq suhbatlashdilar.



"Baliq ovlash borasida barcha narsani yoqtiraman! Iloji boricha ko'proq baliq ovlashga harakat qilaman, — tan oladi Kavani. — Bu xobbi menga dam olishimga imkon beradi. Futbol — faqatgina maydonga tushish va o'ynash emas. Futbolda juda ko'p narsa bor, bazi narsalari esa sizni hattoki, charchatishi mumkin. SHu sababli, gohida tabiat qo'ynida hech qanday bosimsiz, sokin joyda hordiq chiqarish juda muhim. Baliq ovlash bu uchun ajoyib imkoniyat. Men uchun oilam, do'stlarim va tabiat barcha narsadan muhim".

Kavanining yana bir xobbisi — otlar. BAAda bo'lib o'tgan qishki yig'inlardan birida PSJ o'yinchilari otchoparga borishadi. Urugvaylik darhol otlarning oldiga borib, ularni silay boshladi. Buni ko'rgan Mbappe esa shunday deydi:  "Matador, ot sotib olasanmi?" Edinson esa unga javoban: "Hayot — bu mashina, Ferrari va shunga o'xshash narsalar emas. Hayot bu — ular [yani, hayvonlar]".



Kavani otlarda sayr qilishni juda ham yaxshi ko'rar ekan. U har bir tatilini jonajon shahri — Saltoda o'tkazadi.


Kavani Franciyada kutilmaganda o'zini baletda kashf qildi. Bunga uning qiz o'rtog'i, madaniyatshunoslik diplomiga ega samba raqqosasi, Joselin Burgardt sababchi bo'ldi. "Sevgilim raqs bilan shug'ullanadi. SHu sababli, Parijga borganimizda baletga borgandik. U erda vaqtimiz chog' o'tgan va mazza qilib hordiq chiqargandik", — deydi urugvaylik.

Yaqinda Kavani Urugvay Milliy balet maktabi vakillari bilan shug'ullandi. Edinson hayratda: "Ajoyib tajriba. Raqqoslar menga qanday qadam tashlash kerakligini tushuntirishdi. Ularni o'ynashini ko'rganimda chinakamiga hayratlandim. CHunki raqs — juda go'zal narsa".



Xuddi baliq ovi kabi, Kavani baletni ham futbol bilan taqqoslar ekan. "Futbol va raqs sizga tuyulganidan ham ko'proq bir-biriga o'xshaydi, — deydi Kavani. — Har ikkisi ham qiziqish orqali boshlanadi, biroq tinimsiz mehnat orqaligina muvaffaqiyatli karera qilishingiz mumkin. Ikki vaziyatda ham 100% professional bo'lish lozim: mashq qilish, to'g'ri ovqatlanish, dam olish va tajribali insonlarning maslahatini tinglash".

Nazarimizda, "PSJ"da o'ynagan barcha futbolchilar basketbolga befarq bo'lmaydi chog'i. Kavani ham bundan mustasno emas. Quyida keltirilgan video orqali esa u qanchalik yaxshi basketbol o'ynashiga o'zingiz ham guvoh bo'lishingiz mumkin.



Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика