So’nggi yangiliklar

18:59ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон — КХДР 1:0 (матнли трансляция)  35 18:47ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Фаластин дарвозасига йўл топа олмади!  5 18:15ЖЧ-2026 саралаши. Япония Хитой дарвозасига жавобсиз 7 та гол урди!   5 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ футболчилари "Бунёдкор" стадионига етиб келишди  6 17:36ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР: Асосий таркибимиз маълум  42 17:17"Бунёдкор" стадиони Ўзбекистон - КХДР учрашувига тайёр  6 17:17ЖЧ-2026 саралаши. Австралия ўз уйида мағлубиятга учради  8 17:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР учрашувини кимлар шарҳлайди?  7 16:53Расман: МЮ ва "Челси" собиқ футболчиси фаолиятини Австралия давом эттиради  4 16:34Фабрицио Романо: "Каземиро "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда"  4 16:15Breaking! Абдуқодир Ҳусанов Францияга учиб кетмоқда  16 15:51Ўзбекистон ва КХДР ўзаро ўйинлар тарихи. Пхеняндаги мағлубият, Гейнрихнинг чиройли голи ва Австралияда "порлаган" Сергеев  4 15:26Футзал. Панаманинг Жаҳон чемпионати учун якуний таркиби маълум  0 14:45Саралаш баҳслари старти олдидан Ширшов хотирасига турнир ташкил қилинди  5 14:07Ўзбекистон - КХДР: Терма жамоамиз таркибида йўқотиш бор  21

Katta tahlil. Nima sababdan Van Galning "Manchester Yunayted"da ishi yurishmadi? Yangiliklar

Katta tahlil. Nima sababdan Van Galning "Manchester Yunayted"da ishi yurishmadi?

"Manchester Yunayted" 2016 yili Angliya Kubogini qo'lga kiritganidan keyingi kuni jamoaviy tushlikda Van Gal chiqish qildi.

Umuman olganda ertalabki 10da jamoa bazasidan biroz uzoqroq bo'lgan "Korintiya" otelida uyushtiriladigan ziyofatga barcha futbolchi va klub azolarining etib kelishini deyarli hech kim kutmagandi. Undan tashqari, o'sha vaqtlarda Angliya matbuoti klub Joze Mourinyu bilan kelishib bo'lgani haqida bong urayotgandi.

"Odamlar maza qilib dam olishdi, o'shanda miyamdan nimalar o'tganini bilaman: "Nahotki, ularning barchasi ishdan ketsa", - dedi manba, - Birorta personal ushbu nonushtani o'tkazib yubormagandi".

Balki bu Van Galning so'nggi 2 yildagi ovqatlanishning o'ziga xos reglamenti kuchidir, balki, hamma uning kamchiliklariga qaramasdan katta murabbiy deb hisoblardi. Ammo rostdan ham Van Gal "Manchester Yunayted"da katta ehtiros bilan ishladi va klubdagi ko'plab insonlarga to'g'ri yo'nalish bera oldi.

"U shunday chiroyli gapirdiki, ko'zimdan yosh keldi", - deb davom etadi manba. U: "Gazetalarni, matbuotni o'qidim, ertaga bu erda bo'lamanmi yoki yo'q, hozircha bu menga ayon emas, ammo hozirda men klubning rasmiy bosh murabbiyiman va ishimda davom etaman", degandi.

Undan keyin Van Gal barcha futbolchilariga alohida jadval ishlab chiqqanini va unda kim qancha dam olib, qachon klubga qaytib kelishi, dam olish davomida nimalar qilish kerakligi batafsil yozilgandi. U navbatdagi mavsumda qolishi nomalum bo'lsa-da, o'z ishini professional tarzda davom ettirayotgandi.

"Bu g'alati atmosfera edi", - dedi manba. - U klubga Joze kelishini bilsa-da, futbolchilar bilan yana uchrashadigandek, shug'ullantiradigandek gapirdi. Hech kim nima deyishni bilmayotgandi".

Umuman olganda Van Gal "Yunayted"da davri tugaganini bilib turgandi. "Uembli"da finalda g'alabaga erishishidan oldingi matbuot anjumanida unga Mourinyuning yaqin kunlar ichida jamoa boshqaruvini o'z qo'liga olishi va bu mish-mishlarni tasdiqlashga etarlicha asoslar borligi borasida savol berishdi. Ha, Van Gal o'sha kunga qadar rahbariyat bilan gaplashib olgani aniq edi.

Albatta, finaldan oldin katta statusli murabbiyga, "Yunayted"ning bosh murabbiyiga jurnalistlardan shunday dangal savol qabul qilib olish og'ir bo'ladi, biroq bu uning Angliyadagi yagona sovrinini qo'lga kiritishiga xalaqit qilmadi. Yakunda murabbiy sovrinni qo'lga kiritdi va tashqarida matbuot vakillarining tinimsiz maqtovlarini qabul qilib oldi.

Biroq katta maqsadlarga ega klubda, yuqori sifatli futbolchilarga ega jamoani boshqara turib, Angliya Kubogini qo'lga kiritish hech kimni qutqarmaydi, ayniqsa, bunday zerikarli o'yin uslubi bilan.

"Yunayted" o'sha mavsum 5-o'rinni egalladi, jamoa atigi 49ta gol urdi va 89/90 yilgi mavsumdan keyingi eng yomon natijani qayd etdi. Eng achinarlisi muxlislarning klubdan ko'ngli qolayotgandi: "Uch yildan buyon faqatgina kechirim so'rayapsiz, hali ham hammasi rasvo. Fergidan keyin barchasi rasvo bo'ldi" - jamoa o'z yarim maydonida APL klublari orasida eng ko'p pasni amalga oshirgandi o'sha mavsumda.

"Lui uchun to'pni ushlab turish hujum qilish bilan barobar edi", - dedi manba. "Biroq o'z jarima maydonchasi yonida to'pni ushlab turish "Yunayted" muxlislarining ruhiyatiga qilinayotgan hujum edi".

Undan tashqari, Van Galning diktatorlik yo'li jamoaning bir necha yoshi katta futbolchilariga yoqmadi va hech kim murabbiyning metodlaridan norozi ekanligini gapirishdan qo'rqmay qoldi.

Van Gal "Yunayted"da Fergidan keyin murabbiy sifatida ilk sovrinni qo'lga kiritganidan mamnun ekanligini aytgandi, 22 may kuni poezdga o'tirib, Ed Vudvord bilan gaplashib olish uchun poezdga o'tirdi. U o'z savollariga tezkorlik bilan javob olishni va barcha ishlarni rasmiylashtirish uchun borgandi, dushanba kuni 5:30da klubning samolyotida o'zining Portugaliyadagi villasiga uchib ketdi.

Van Galning boshqaruvidagi o'zgacha jihatlarni ham sanab o'tishimiz mumkin. Uning ikkinchi o'yini 2014 yilning 24 avgustida "Sanderlend"ga qarshi bo'ldi va unda murabbiy tanaffus arafasida jarohatlangan Kris Smollingning o'rniga Maykl Kinni qo'ydi va APLdagi debyutini amalga oshirishida yordam berdi.

Lui uchrashuvdan keyingi kuni Kin jamoadagi eng yaxshi markaziy himoyachi ekanligini, Smolling va Jons uning o'yinlarini ko'rib o'rganishi kerakligini aytdi. Ha, uning maqtov darajasi oshib ketdi, Kin o'shanda endigina 21 yoshda edi va bunchalik katta etibor unga ko'plik qilardi.

Oradan 24 soat o'tib, Van Gal Angliya Liga Kubogida "MK Dons"ga qarshi o'yinda Kinga o'yin amaliyoti taqdim qildi. Biroq notanish jamoaga qarshi o'yin MYU uchun falokatli yakunlandi, 0:4. Ushbu o'yindan keyin Van Galning yosh Kinga bo'lgan fikri o'zgardi va uni transferga qo'ydi. Yozgi transferlar oynasining dedlayni, 1 sentyabr kunida SHon Daychning shaxsan o'zi kelgani uchun Maykl Kin "Bernli"ga ijaraga berib yuborildi.

Bu Van Gal ikkinchi xatoga yo'l qo'ygan hafta bo'ldi, oradan biroz o'tib, "Yunayted" zaxira jamoasi murabbiyi Uorren Jons himoyachini qo'yib yuborgan Van Gal nohaq bo'lganini aytdi. Mourinyu ham o'z vaqtida tekinga qo'yib yuborilgan futbolchini 25 million funtga sotib olishga yaqin kelgandi, ammo u yakunda Viktor Lindelofning transferini amalga oshirdi.

Joys undan tashqari Van Galga o'sha kuni Denni Uelbekni "Arsenal"ga 16 mln evro evaziga sotib yuborilgani xato bo'lganini aytdi. Albatta, akademiyadan chiqqan ajoyib futbolchilarning o'rnini qimmatbaho Markos Roxo va Radamel Falkao bilan to'ldirish g'alati ko'rinadi.

Bu Van Galning yoshlar bilan ishlay olmasligini bildiradi. U faoliyati davomida "Ayaks" va "Barselona" kabi kuchli akademiyalarga ega klublarda ishlagandi.

Lekin Van Gal yoshlar va zaxira jamoalarining o'yinlariga doimiy ravishda borardi. Bir marta u ser Bobbi CHarlton va yordamchisi Rayan Giggz bilan birgalikda Oltrinchemdagi "Moss-Leyn" stadioniga tashrif buyurgan va jamoasida 15 nafar yoshi katta futbolchi, qolganlar esa akademiyadan bo'lishni istayotganini aytgan.

"Uning ish uslubi asosiy jamoaga ko'p bo'lmagan futbolchilarni kiritish va yosh futbolchilarni sekin-sekin jamoaga o'rgatishga asoslangan edi", - dedi manba.

2016 yilning 25 fevral kunida "Midtyulland"ga qarshi o'yindan oldingi mashg'ulotda olingan jarohat Markus Reshfordning o'zini ko'rsatishi uchun imkoniyat bo'ldi. O'shanda u 18 yoshda edi o'z debyutini 3 oy kutdi. Angliya Kubogini qo'lga kiritgan Van Gal umumiy hisobda akademiyaning 14 nafar futbolchisiga asosiy jamoada debyut qilishiga imkon yaratdi.

Joys murabbiy haqida shunday degandi:

"Van Gal yaxshi odam. U menga ko'plab savollar berardi. Bir kuni u oldimga kelib, shunday degandi: "Ertangi o'yindan oldin bizda muammo bor, qo'l ostimda markaziy yarim himoyachi yo'q. "Vest Xem" romb shaklida o'ynaydi. Qani menga aytchi, Peddi Makneyr, Tom Torp yoki Marnik Vermil - ulardan qaysi biri jamoada o'ynay oladi?" Ertasi kuni Peddi o'yinda maydonga tushdi".



Mourinyu qo'l ostida APLda yagona golini urgan Josh Xarropning aytishiga ko'ra, Van Gal yosh futbolchilar bilan ko'proq gaplashib turgan ekan.

"Bir kuni velotrenajyorda mashg'ulot qilayotgandim, o'sha vaqtda asosiy jamoa ham shug'ullanayotgandi", - dedi Xarrop. - Van Gal oldimga keldi-da: "Agarda sen ham ko'p mehnat qilsang, ularning orasida bo'lasan", dedi. Uyga bordim va otamga uning gaplarini aytib berdim".

Biroq Van Gal o'zining yosh futbolchilari bilan iliq munosabatda bo'lmagan. Aynan Yanuzay va Uilfrid Zaxa ushbu murabbiy qo'l ostida o'zini ko'rsata olmadi va biri Dortmundga ikkinchisi "Kristal Pelas"ga o'tib ketdi. Bosh murabbiyning kamchiliklari ko'p edi, ammo shunday tasavvur barchada bor: uning qo'l ostidagi futbolchilar o'yin uslubiga mos emas yoki buni u to'g'ri tushuntira olmagan.

Van Gal o'z fikriga ko'ra, jamoada "quyoshi botayotgan" tajribali futbolchilarni ketkazib yuborishda ham "faol" bo'ldi. U kelishi bilanoq Rio Ferdinand, Nemanya Vidich va Patris Evraga javob berdi, Darren Fletcher qishda ketgan bo'lsa, 2015 yilning yozida Jonni Evans, Rafael va Nani klubni tark etdi.

Ayrim muxlislar o'sha paytda jamoa yuragi va ruhini yo'qotganini aytishsa, klubga yaqin bo'lgan manba shunday deydi: "Jamoa shaxsiyatini ham yo'qotdi, ketganlar jamoaning eng hurmatga sazovor insonlaridan edi. Ular barchaga g'alabaga qanday erishilishini ko'rsatishayotgandi".

Ayrim nazariy fikrlarga ko'ra, sobiq o'qituvchi Van Gal hali ham "maktab yo'nalishi"da ishlaydi, u ketganlarni o'rniga boshqa "o'quvchi"larni olib kelishda ko'p bora adashgan.

Bir kuni Runi Memfis Depayga "Stok Siti"ga qarshi o'yinda yo'lga qo'ygan xatosidan keyin mashg'ulotga "Rolls Roys" mashinasida tashrif buyurish unchalik yaxshi holat emasligini aytgandi. PSVdan 25 mln evro evaziga transfer qilingan futbolchi ertasi kuni yana shu ishini takrorlagandi.

O'z navbatida Bastian SHvaynshtayger ham juda ko'p vaqt davomida jamoadoshlarining asabini egovladi, u Germaniyada uzoq vaqt davolanib, faqatgina o'yinlarga kelayotgandi.

Van Gal MYUda transferlar uchun 250 million evro ishlatdi va o'sha davrda klub uchun eng qimmat bo'lgan Anxel Di Mariyani 60 million evroga olib keldi. Ha, "galaktikos"ning etakchilaridan biri bo'lgan futbolchi MYU uchun katta xatoga aylandi. Biroq Van Gal qo'l ostidagi futbolchilari ham undan qolishmasligini bir necha bora aytib o'tdi.

"Men doim ham o'zim istagan futbolchilarni transfer qilmaganman", - dedi o'tgan yili Van Gal "The Guardian" nashriga Vudvordni "pushkaga qo'yib". "Ayrim futbolchilar "Manchester Yunayted" saviyasiga mos tushmasdi. Nima uchun ular jamoaga olib kelinganini tushunmaganman o'shanda ham"

"Real" transferga qo'yganidan keyingina Di Mariyaning varianti paydo bo'ldi, MYU rahbariyati esa uning uchun ketadigan pulga achinmadi ham.

"Yuragi baquvvat bo'lmagan futbolchilardan biri", - dedi manba. "Benfika"daligidayoq "Yunayted"dagilar uning o'yinlarini kuzatishgan va unga APLda qiyin bo'lishini aytishgandi".

Di Mariya bilan ishlagan boshqa inson esa shunday deydi:

"U juda ham sokin futbolchi edi. "Yunayted"da o'ynagan boshqa argentinaliklar Roxo, Gabriel Xaynce yoki Karlos Teves singari ko'p gapirmasdi".

2014 yilning sentyabr oyida Di Mariya "Lester" darvozasiga ajoyib gol urdi, o'shanda "Yunayted" 3:1 hisobida oldinda borayotgandi. Biroq tarkibida Falkao, Runi va Van Persi kabi futbolchilari bor jamoa 3:5 hisobida yutqazdi. O'sha o'yindan keyin Van Gal argentinalik haqidagi fikrlarini o'zgartirdi va uning ketishini tezlashtirishni istadi. "Yunayted" Di Mariyaning PSJga ketishidan 16 mln funt zarar qildi.

"Di Mariya o'z poziciyasidan norozi edi. SHu boisdan u Van Galning talablarini bajara olmasdi", - dedi manba. - U do'stlariga: "Yunayted"da qolishni istamayman", deb ko'p aytardi".

U taktikadan noliydigan yagona futbolchi emasdi.

2015 yilning Boksing dey kunlari Van Gal faoliyatidagi pasayishdan iborat bo'ldi. "Yunayted" "Stok"ka 0:2 hisobida yutqazib qo'ydi, shu boisdan murabbiyning ishi barchaning diqqat markazida bo'lib qoldi. Runi esa bosh murabbiy bilan gaplashish uchun oldiga bordi.

"Yunayted" sardori bosh murabbiyga o'zining jismoniy holati tushishi noto'g'ri bo'layotgan metodik qarashlar sababli bo'layotganini, zarba berishdan oldin to'pni jarima maydonchasiga olib kirish majburiyati va to'pni uzoq muddat ushlab turish noto'g'ri ish ekanligini tushuntirmoqchi bo'ldi. Bosh murabbiyning qarorlari futbolchining intuiciyalariga jiddiy zarba berayotganini aytdi.

"Tizim juda ham noaniq ishlay boshladi", - dedi manba. "Bu futbolchining mexanik harakatlarini ko'paytirib, iqtidorini o'ldirardi".

Van Gal - o'z futbolchilariga quloq soladigan murabbiy. Runi esa barcha o'zining tabiiy o'yinini qilish tarafdori edi. Jarohatidan forig' bo'lgan Runi ketma-ket 7 o'yinda gol urishga erisha oldi.

"Gernikdan Gvardiolagacha: ispaniyaliklar qanday qilib futbolni zabt etishdi" nomli kitobda Ander Errera Van Galning o'yin uslubi Marselo Belsanikidan qay tariqa farq qilishini aytib o'tgan.

Erreraning aytishiga ko'ra:

"Belsa to'pni qidirish kerak deydi. Van Gal esa to'p sizlarni topishi kerak deb hisoblaydi. Van Gal qo'l ostida biz o'z poziciyamizga mixlanib qoldik. Belsa esa barcha doimiy harakatda bo'lishini, ochilib, to'p so'rashni talab qiladi. U siz to'p kelishini kutmasdan, qahramonlik ko'rsatishini kutadi. Ha, bu uning uchun umuman boshqacha mentalitet. Van Galga bu haqida bir necha bora aytganman"

Uning vatandoshi David De Xea esa Van Gal qolsa, klubdan ketishga qatiy ahd qilgandi.

Van Galning MYUdagi vaqtini chuqurroq statistika qiladigan bo'lsak, katta qiyinchilik futbolchilarga tushganini ko'rsak bo'ladi. "Yunayted" 14/15 yilgi mavsumda Premer-ligada 62 gol urgan bo'lsa, bir mavsum o'tib, bu natija 49taga tushdi. Biroq har bir holatda kutilayotgan gollar samaradorligi pasayib ketdi. Dastlabki mavsumda 52,1 foiz, keyingisida esa 43,7. Bu esa kam gol urayotgan Van Gal jamoasi unchalik ham to'g'ri yo'lda bo'lmaganligining isboti hisoblanadi.

Rostdan ham, MYU 15/16 yilgi mavsumda raqib darvozasi tomon 144 zarba yo'lladi - bu APLdagi 9-natija hisoblanadi. MYUning o'sha mavsumdagi eng yaxshi natijasi - eng ko'p pas amalga oshirgan jamoa bo'lgani. Ular bu borada raqib darvozasiga 210 va 211 bora zarba yo'llagan "Manchester Siti" va "Arsenal"ni ikki barobar ustunlik bilan ortda qoldirishgandi.

Van Gal qo'l ostida jamoa ikki mavsumda to'pni ushlab turish (61,4 va 58,5 foiz) va ortga pas berish borasida ajoyib natija ko'rsatdi. Bu to'pni ushlab turish variantidan unchalik mano yo'q, murabbiyning bu o'yin uslubini "Ayaks" va "Barselona"da ham ko'rganmiz.

14/15 yilgi mavsumda "Yunayted" ortga 3457 pas amalga oshirdi, bu "CHelsi"ning natijasidan 197taga ko'p degani. 15/16 yilgi mavsumda bu natija 3222taga kamaydi, biroq ikkinchi o'rindagi "Arsenal"dan 276taga ko'p bo'ldi.

Demak, Van Gal ikkinchi mavsumda o'z uslubini o'zgartirdi va zarba berilguncha jamoa o'rtacha 68,5ta pas o'ynadi, Fergyuson davrida bu natija 45,4ga teng bo'lardi. SHunday davr bo'ldiki, "Yunayted" ketma-ket 11 o'yin davomida birinchi bo'limda gol ura olmadi, bosh murabbiy esa faqatgina bir so'zni takrorlardi: "Hujum qilinglar, hujum qilinglar, hujum qilinglar".

Giggz raqibni o'rganish va mashg'ulot davomida gapirishi tabiiy holat, u o'sha paytda klubning ananalariga sodiq qolgan kam sonli insonlardan biri edi. Biroq baribir jamoada birinchi raqamli inson u emasdi.

Klubga yaqin insonning aytishiga ko'ra:

"Ayrim o'yinlarning taymida biz 75 foiz vaqt davomida to'pni ushlab turardik, biroq gol ura olmasdik. Van Gal ham "Yunayted" futbolchilari bilan har xil tillarda gaplashardi".

Bazida barchasi juda zerikarli o'tardi. Odatda o'yindan keyingi kuni futbolchilar dam olsa, Van Gal barchani yig'ib, klub tahlilchisi Maks Rekkers bilan birgalikda video-kuzatuv orqali o'yinni tahlil qilardi. Barcha murabbiylar qatori u ham shogirdlari yo'lga qo'yayotgan xatolarini o'rganib chiqib, navbatdagi o'yinlarda buni takrorlamaslikni talab qilardi.

Biroq buning effekti sezilmasdi. Futbolchilar o'zini doimo noqulay his qilishardi.

"Juda ko'p gaplar bo'lardi, xuddi mijg'ov odam bordek edi", - dedi manba.

Yakunda Runi va Kerrik o'z etirozlarini bildirish uchun Van Galning oldiga kirishdi. Ular o'yin davomidagi xatolarni jamlagan video va elektron xatlar bilan menejerning xonasiga borishgandi.

"Futbolchilar shunday turdagi odamki, ularning ishonchidan chiqish uchun ko'p vaqt kerak emas. Murabbiydan faqatgina bir narsani talab qilamiz, ular bizni yondirsin, sovutsin va yana yondirsin", - dedi "Yunayted"ning sobiq futbolchisi.

Ayrimlarning fikriga ko'ra, hozirgi futbolchilar ko'p gapirar ekan. Mourinyu "Old Trafford"ga ilk tashrif buyurgan kuni futbolchilarga 3 narsani yoqtirmasligini aytgan ekan.

"Javoblardan biri shunday bo'ldi: "O'yinlarga kostyum kiyishni yoqtirmaymiz", - dedi manba. - Adashmasam, klub rahbariyati unga shunday javob bergandi: "Hali kostyum kiymaganingga afsuslanasan". Ha, Mourinyu yangi edi va pashshadan fil yasashni yoqtirardi. Faqatgina unga o'yin davomida sportcha kiyinishiga ruxsat berishdi.

"Lui barchasiga ko'nardi: "Bu "Manchester Yunayted", biz o'zgacha odamlarmiz. Biz klubni qattiq hurmat qilamiz va barcha aytganini bajaramiz".

Ha, Sulsher ham kelganidan keyin o'z uslubida kostyum tiktirdi.

Van Galning bir qarori esa ko'p vaqt davomida amalda bo'ldi. Futbolchi va murabbiylar, barcha personallar mashg'ulot tugaganidan keyin bir vaqtda ovqatlanadi va yakunda Van Gal har doim ertangi kungi rejalari haqida gapiradi. Luining MYUdagi ilk mavsumoldi turnesida klubning bir ishchisi kechki ovqatini keyinroq eyishi mumkinligi borasida so'ragandi. Biroq Van Gal doimiy ravishda barcha bir joyda bo'lishini talab qilardi, to'g'ri, uning kelganiga va qoidalar o'rnatilganiga ko'p bo'lmagan, shuningdek, u futbolchi ham emas, ammo unga buning farqi yo'q edi. Murabbiy personalga bu er qamoqxona emas, katta klub ekanligini, qoidalar barcha uchun amal qilishini aytgan.

Van Galning yana bir asosiy talabi shunday edi, o'yindan bir kun oldingi mashg'ulot doimo uchrashuv boshlanadigan vaqtda va stadionda o'tishi kerak.

"Ha, bundan futbolchilar ham personallar ham mamnun bo'lishgan", - dedi manba.

"Yunayted" Karringtonda bo'ladigan yomg'irlarni to'xtatish uchun ko'plab daraxtlar ekdi. Ammo Karrington - Manchesterdagi eng ochiq joylardan biri, bu erga bo'ladigan yomg'ir va shamolni to'xtatishning iloji yo'q.

SHuningdek, Van Gal o'zining sobiq klublarida ishlatgan futbolchilarning qancha masofa va qaerlarda yugurganini ko'rsatadigan texnologiyani MYUdan ham talab qildi. U juda katta summa evaziga klubga olib kelindi. Ammo Mourinyu buni ishlatmadi va oldirib tashladi.

"Hayotimda yoqimli insonlardan birini uchratdim deb hisoblamayman", - dedi manba.

Ayrim futbolchilarning aytishicha, Van Gal va uning rafiqasi Trudi o'zlari sovg'a yasab, har Rodjestvoda futbolchilariga jo'natgan.

"Ular o'z so'zlarida doimo turishardi va ananalariga rioya qilishardi. Van Gal juda ham tartibli inson".

Uning sobiq kasbdoshi shunday deydi:

"U xarizmatik odam. Bir kuni u Rojdestvo kechasiga keldi va bir tun shu erda qoldi, chunki murabbiylar shtabi va futbolchilar ham shu erda edi. U barchaning mehnatini qadrlardi va bundan minnatdor bo'lardi".

U yomon murabbiy emas, shunchaki uning davri noqulay vaqtga to'g'ri keldi. U yopiq inson emas, barchaning fikrini tinglaydigan inson.

"Oldinlari u oshxonada mobil telefonlar ishlatilishini qatiy ravishda taqiqlagandi", - dedi manba. - U futbolchilari telefonga bog'lanib qolmasligini va futbolchilar yuzma-yuz gaplashishlarini istardi. Yakunda u taslim bo'ldi, chunki hozir texnologiya asri".

Van Gal ko'p holatlarda qo'pol savollardan qochib qolgan. Masalan matbuot anjumanlarida Kris Smollingni ko'p bora Mayk deb atagan. Buni u atayin qilsa-da, keyinchalik Krisni Maykl Kerrik bilan adashtirib yuborishini bahona qilardi.

Pirogdan go'shtga qadar tahlil qildik va uning matbuot anjumanlaridagi chiqishlari haqida ham gaplashdik. Van Gal inson sifatida kamyob topilma. Biroq uning Fil Jons burchak zarbalarini amalga oshiradigan jamoasi muxlislarni xafa qilgani aniq.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика