So’nggi yangiliklar

13:47Арихиро Сентоку: "ОКМК билан мавсум якунида тарих яратамиз"   0 13:20ОКМК Тошкентда "Пахтакор"ни мағлуб этган учрашувдан галерея  1 13:03"Навбаҳор" футболчиси учун мавсум тугади   1 12:45ЎзФҲМ нимани яширмоқда? Асимов, Норсафаров ва бошқа ҳакамлар қаерда?  3 12:08"Милан" Меньян ва Эрнандес билан шартномаларни узайтириш устида ишламоқда  0 11:40FIFA.COM: "Аббос Файзуллаев кичик бўйли эканига қарамай, ажойиб техник хусусиятларга эга"  10 11:28"Реал" Дэвис трансферига шубҳа қилмаяпти  1 10:42Гвардиола нима учун «Манчестер Сити»да қолишга қарор қилганини тушунтириб берди  7 10:06Ламин Ямаль ва «Барселона» ўртасидаги янги келишув шартлари маълум  2 09:30Goal «Олтин тўп»-2025 соврининг асосий даъвогарини эълон қилди. Виниcиус ҳозирча 4-ўринда  13 08:53«Арсенал» январда учта футболчисини сотиб юбормоқчи  1 08:21Про лига. Бугун Бухорога катта футбол қайтади  7 07:45Суперлига. Чемпионлар Фарғонага сафар қилади. «Қизилқум» эса яна бир водий жамоасини меҳмон қилади  2 01:55Роберт Левандовски: "2020 йил "Олтин тўп" топширилмаганини ҳеч тушунмайман"  8 01:24"FourFourTwo" ЕЧЛ финалларида урилган энг чиройли голлар рейтингини тузди  15

Katta intervyu. Lui Van Gal: "Manchester Yunayted" istalgan futbolchini sotib olishga qurbi etadi deb o'ylardim" Yangiliklar

Katta intervyu. Lui Van Gal: "Manchester Yunayted" istalgan futbolchini sotib olishga qurbi etadi deb o'ylardim"

Futbol tarixidagi eng yaxshi murabbiylardan biri Lui Van Gal katta intervyu berdi.

The Guardian nashriga bergan intervyusi mobaynida gollandiyalik mutaxassis asosan MYUdagi faoliyatini yodga oldi. U klubda qanday faoliyat olib borgani, Vudvord bilan o'zaro munosabati, o'yinchilar bilan qanday ishlagani haqida batafsil aytib berishga harakat qildi. 

- "Manchester Yunayted" sizni uch yil olib qolmoqchi bo'lgandi, biroq Angliya Kubogi finali ertasi kuniyoq istefoga chiqarishdi. O'zingizni aldangan his qilganmisiz? 

- Hozirgi paytda ha, o'zimni aldangandek his qilaman. Ko'plab odamlardan eshitgandim, hammasi dekabr-yanvardayoq hal bo'lgan ekan. Men har hafta Vudvord bilan gaplashardim. Dekabrdagi uchta ahmoqona mag'lubiyatdan, shuningdek CHempionlar ligasidan chiqib ketganimizdan so'ng unga aytdim: "Agar hozir ishdan bo'shatsangiz men siz tushunaman". 

"Manchester Yunayted"da ishlar ekansan, ketma-ket uchta o'yinda yutqazishga haqqing yo'q. O'shanda Vudvord menga shunday degan: "Nimalar deyapsiz? Men sizni hech qanaqa sabab bilan ishdan olmayman. O'zingizga ishoning va gazetalarni o'qimang". Hozir esa o'sha gaplarni eslab aldanganimni his qilaman, lekin bir tomondan bu qarorni to'g'ri qabul qilganman, chunki mavsum yakuniga etganidan keyin o'zim ham klubdan ketmoqchi bo'lgandim. Qolaversa Mourino o'shanda bo'sh edi, u ham yaxshi mutaxassis. Vudvord o'rnimga uni tayinlab "Manchester Yunayted" uchun uzoq yillar ishlaydigan top murabbiyni tasavvur qilgan. 


- Mourino bilan o'zaro munosabatingiz qanday bo'lgan? 

- Men Mourino nima sababdan MYUga kelmoqchi bo'lganini juda yaxshi tushunaman, chunki bu jamoani boshqarish Angliyada eng yuksak lavozim egasi bo'lishingni anglatadi. "Manchester Yunatyed" bilan shartnoma tuzmasimdan oldin oldimga "Tottenxem" vakili janob Levi kelgandi. O'shanda u bilan kelishishim mumkin edi, chunki "Tottenxem" selekciya yuritish siyosati bo'yicha MYUdan kuchli ekanini xotinimga ham aytgandim. Lekin men aynan "Yunayted"ni tanladim, negaki ko'p mamlakatlarda faqat birinchi raqamli jamoani boshqarganman.  


- Sizda Mourinoga nisbatan hech qanday xusumat yo'qmi? 

- Hech qanday. 


- "Hozir "Manchester Yunayted" qanday muammolarni boshdan kechiryapti? 

- Muammo "Manchester Yunayted" qayta qurishni boshdan o'tkazmagan kuniyoq boshlangan. O'ylashimcha, murabbiy jamoani har yil yangilab turishi kerak, bu yangi jamoani tuzishda qo'l keladi. 


- O'z vaqtida siz ham yangi futbolchilarni sotib olgansiz. Bu bilan jamoani yangilashga harakat qilgansiz. 

- To'g'ri, lekin men har doim o'zim xohlagan o'yinchilarni qo'lga kiritmaganman. Hamma muammo shunda. Klubda Ed Vudvord va uning o'ng qo'li Mett Jadj bor. Jadj MYU futbolchilarining shartnomalari bo'yicha muzokara o'tkazish bilan shug'ullanadi. Men Jadj bilan bazan ko'rishganman, doim emas. SHuningdek, u erda skauting xizmati boshlig'i ham bor edi. Klubda tizim yo'lga qo'yilgandi, shunga qaramay murabbiy Vudvord va Jadjga bo'ysunishiga to'g'ri kelardi. 


- Ular sizga quloq solmaganmi? 

- Men har doim "Manchester Yunayted" istalgan futbolchini qo'lga kirita oladi, chunki bu juda kuchli klub deb o'ylaganman. Lekin shunday bo'ldiki, bazi futbolchilar jamoa darajasiga to'g'ri kelmadi. Nima uchun bunday qilishganini hech tushunmayman.


- Anxel Di Mariya sizning tanlovingiz edimi? 

- Di Mariya hatto 7 yil oldin "AZ Alkmaar"da ham mening tanlovim bo'lgan. 


- Ammo o'shanda u "AZ"ga kelmagan. Uni MYUda ko'rishni siz xohlaganmisiz? Uni qo'shib olishganida xursand bo'lganmisiz? 

- U juda ajoyib futbolchi, biroq men tuzgan ro'yxatda boshqalar bor edi. Di Mariyada ingliz futbol madaniyati va iqlimi bilan bog'liq muammolar bo'lgan. Men 100 foiz amin bo'lmaguncha hech qaysi o'yinchini sotib olmaslikni maqul ko'raman. Qolaversa, qanday o'ynab ketishini ham aytish qiyin, chunki futbol - bu jamoaviy sport.


- U qaysi chiziqda to'p tepishni xohlagan? 

- Men doim futbolchilardan qaerda o'ynashni yoqtirishlarini so'rayman. U chapda to'p tepishni xohlagandi. Argentina terma jamoasida ham chapda o'ynardi. Men uni o'zi istaganidek chap qanotga qo'ya boshladim, ammo u 80 million funt evaziga qo'lga kiritilgan futbolchiga o'xshab o'ynay olmadi. SHunda men balki uni boshqa chiziqda sinab ko'rgan maquldir deb o'yladim. Keyin uni 10-raqamli futbolchi o'ynaydigan joyda va o'ng qanotda ham sinab ko'rdim. SHundan so'ng tanqidchilar futbolchini ko'p joyda majburan o'ynatyapti deya boshlashdi. Lekin to'g'risini aytishim kerak, men uning yaxshi o'ynab ketishi uchun hamma ishni qilganman. 


- "Manchester Yunayted"da o'tkazgan damlaringizdan afsuslanasizmi? 

- Yo'q. Meni haydashgani dahshat edi, biroq Angliyada o'tkazgan damlarim menga madaniyat va odamlar tufayli yoqqan. U erda hazil ko'p va murabbiyni doim qo'llashadi. Kim bilan ishlagan bo'lsam, hammani hurmat qilaman. 


- "Yunayted"da eng yaxshi futbolchingiz kim bo'lgan? 

- O'ylashimcha, De Xea o'zini har tomonlama yaxshi ko'rsatgan. 


- Maydondagi o'yinchilardan-chi? 

- Bu haqda chuqur bosh qotirishga to'g'ri keladi. Lyuk SHou juda yaxshi boshlagandi, biroq PSV bilan o'yinda yo'qolib qoldi. U o'rtadan baland o'yin namoyish etdi. Errera esa aksincha, zo'r boshlamadi, ammo keyinchalik etakchiga aylanib bordi. Ammo men qo'l ostimda bir tekis o'ynagan futbolchi sifatida Deyli Blindni ko'rsatgan bo'lardim. 

SHuningdek, Mata ham zo'r futbolchi bo'lgan. Unda yaratuvchanlik qobiliyati kuchli edi. Bizda ijodkor futbolchilar deyarli yo'qligi uchun o'yinimiz yaxshi chiqmasdi, odamlar esa zerikarli futbol tarifini bera boshlagan. CHunki kreativ o'yinchilar yo'qligidan vertikal to'p uzatishlarni amalga oshirolmasdik. Ammo buni "avtobus" qo'ygandan yaxshiroq deb hisoblayman. 

Biz har holda raqib tomonda o'ynardik. Raqib doim himoyalanardi, ularning himoyasini yorib o'tish uchun esa ijodkor futbolchilar zarur edi. Mana nima uchun men Di Mariya bilan Depayni o'zimga chorlaganman, chunki ular kreativ futbolchilar. O'ylaymanki, har bir jamoada shunday futbolchilardan uch-to'rt nafar bo'lishi talab etiladi.


- Ueyn Runini tilga olmadingiz. U "qarib" qolganmidi? 

- Uzr so'rayman, lekin Runining davri o'tgandi. SHunga qaramay u mening eng yaxshi futbolchilarimdan biri bo'lgan.


- Runini jamoa sardori etib tayinlash qiyin bo'lganmi? U yagona nomzodmidi? 

- Uning mashg'ulot va o'yindagi professionalligi haqida hech qanday yomon gap ayta olmayman. Lekin mashg'ulotda o'zini tutish va o'yinda to'p tepish boshqa-boshqa narsa. Men uni sardor etib tayinlaganim sababi u jamoani maydondan tashqarida boshqarishni xohlagandi.


- Siz MYUda shuncha pul bo'la turib rahbariyat futbolchilarga tikmasligini aytgandingiz. Balki Gleyzerlar pul berishni xohlamagan bo'lishi mumkinmi? 

- Bilmayman. Gleyzerlar bilan faqat Vudvord gaplashardi. Men ular bilan faqat o'yinga yo mashg'ulotga kelganida gaplashganman, xolos. Ular asosan yuqori darajadagi o'yinlarga tashrif buyurardi. Bizda bunday g'alabalar ko'p bo'lgan. 


- "Manchester Yunayted" texnik direktori lavozimiga nomzod sifatida Rio Ferdinand qaralmoqda. U haqda nima deya olasiz? Har holda yaxshi futbolchi bo'lgan. 

- Men sizga aytsam, yaxshi futbolchi tushunchasi yaxshi murabbiy yoki yaxshi texnik direktori degan tushunchani bermaydi. Biz hozir ham shunga o'xshash vaziyatni ko'ryapmiz: Ole Gunnar Sulsher ham yaxshi futbolchi bo'lgan, uning tanishlari ko'p. Ammo bu tayinlov doim ham meva beravermaydi. To'g'ri, bu ish samara berishi mumkin, ammo har doim emas.


- Sulsherni bosh murabbiy etib tayinlashgani sizni hayron qoldirdimi? 

- G'alabali start bo'lishiga qaramay, unga shartnoma tutqazishgani ochig'i meni juda hayron qoldirdi.


- Nega?

- CHunki "Manchester Yunayted" dunyodagi eng katta klubdan biri, bunday jamoaga esa tajribali murabbiy kerak, bir-ikkita quyi divizion jamoalarida ishlagan murabbiy emas.


- Pep Gvardiola ikkinchi jamoani boshqarganidan keyin "Barselona"ning asosiy jamoasiga kelgandi. Va u juda muvaffaqiyatli ishladi. 

- Har doim istisnolar bo'lib turadi. Qolaversa u markaziy yarim himoyachi sifatida o'ynagan. Bu esa doim miyani ishlatish kerakligini bildiradi. Gvardiola mening sardorim bo'lgan. 


- Sizda "Ayaks", "Barselona", "AZ" va "Bavariya" o'yini bo'yicha o'ziga xos falsafa mavjud edi. "Yunayted"da ham shunday bo'lganmi? 

- Men jamoani qabul qilib olgan payt hech kim bilan "Yunayted" falsafasi yoki o'yin tizimi bo'yicha gaplashmaganman. 


- Bu siz uchun syurpriz bo'lganmi? 

- Ha. CHunki men ishlagan boshqa klublarda boshqacha edi. Buni doim aytganman.


- "Ayaks" bilan CHempionlar ligasini yutgan yilingiz jamoaning muvaffaqiyat kali o'yin sifatida edimi? 

- Mening barcha jamoalarim haqiqiy jamoa bo'lgan. O'ylaymanki, "Yunayted" ham jamoa sifatida o'ynagan.


- Agar hammasini oq qog'ozdan boshlashga to'g'ri kelsa, "Yunayted" bilan muvaffaqiyatga erishish uchun sizga qancha vaqt kerak bo'lardi? 

- Muammo shundaki, sen ko'p vaqtga ega bo'lmaysan. Bunga avvalo muxlislar yo'l qo'ymaydi. Sulsher bilan ham shunday bo'ladi: muxlislar natija talab qiladi, garchi u MYUning o'tmishdagi futbolchisi bo'lsa ham. Futbol olamida qoida aniq: natija ko'rsatishing shart. Ammo u o'z vaqtida MYUda o'ynagani uchun ham ishonch ko'proqdek.


- Katta klublarda hammasiga ulgurish uchun vaqt kamdek. Birinchi matbuot anjumaningizni juda yaxshi eslayman: o'shanda siz "Bu klub nihoyatda tijoriy" degansiz. 

- Esingizda turganidan xursandman. O'ylashimcha, "Yunayted" ish yuritish tizimini o'zgartirishi shart, chunki futbol va tijorat bo'limi o'rtasidagi muvozanat juda noto'g'ri. Bazan tijorat sportdan o'tib ketyapti.


- Bu bilan nima demoqchisiz? 

- Men o'z tajribamdan kelib chiqib gapiryapman. Mavsum oldidan jamoa bilan AQSHga borishga va o'sha erda qisqa vaqt ichida bir nechta o'yin o'tkazishga majbur bo'lardim. Moliyaviy tomondan zo'r, ammo murabbiy sifatida bu menga yoqmasdi. Mendan boshqa hamma xursand bo'lardi. AQSHda biz hamma o'yinlarni yutdik, biroq APL boshlangach birinchi turdayoq "Suonsi"ga yutqazib qo'ydik. Sababi futbolchilarimiz AQSHda ozib ketgandi. 

"Yunayted"da futbolchilarni baholab borish bo'limi bor, lekin bu bo'limni shifokor boshqaradi. Axir bu erda tajribali texnik direktor ishlashi kerak. Qolaversa bu bo'lim xizmatidan faqat asosiy tarkib o'ynaganida emas, balki yoshlar futbolida ham foydalanish kerak. SHundagina yoshlar o'ziga bo'lgan etiborni his qila boshlaydi va asosiy jamoaga o'tishi oson kechadi. 

"MYU" bosh murabbiyi sifatida men asosiy raqobatchilarimiz "Siti", "Tottenxem", "Arsenal" va "CHelsi"da futbolchilar darajasi yuqori ekanini ko'rgandim. Bunday vaziyatda nima qilishim mumkin? SHunga qaramay har bir bahsda himoyaga yotib olmasdan hujum qilganmiz. 


- Faoliyatingiz davomida qo'l ostingizda o'ynagan futbolchilar orasida siz maza qilib ishlagan o'yinchi kim? 

- Luish Figu. U - g'olib. U mashg'ulotda ham, maydonda ham bir xil edi. SHuningdek, Luis Enrike ham. Bunday futbolchilarda har doim g'oliblik ruhiyati mujassam bo'ladi. 


- Murabbiylik faoliyatingizda eng yorqin dam qaysi? 

- Men uchun eng yoqimli hissiyot murabbiylik o'rindig'ida emas, balki Amsterdam kanallari (suv havzasi)da ro'y bergan. Biz CHempionlar ligasini yutgandik. Kanal bo'yida millionga yaqin odam to'planib bizlarni olqishlar, qariyalar derazalardan mamnun qarab turishardi. Bu fantastik lahzalar edi. 

Ruschadan X.Xoliqov tarjimasi

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика