So’nggi yangiliklar

08:41Расман. Шаҳбоз Умаров "Бунёдкор" футболчиси  1 08:30"Машъал" етакчиларидан бири фаолиятини Тошкентда давом эттиради  1 07:59Скалони Мессининг 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок этиши ҳақида: У ўзи қабул қилиши керак бўлган қарорни қабул қилсин  1 07:29U-23 Осиё кубоги. Бугун Эронга қарши ўйнаймиз  3 02:37Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан хет-трик!  0 02:30Бундеслига. Франкфуртда "отишма": "Айнтрахт" - "Боруссия" Д учрашувида 6 та гол урилди  0 02:02Африка Миллатлар кубоги. Марокаш ярим финалда!  1 01:25"Ювентус" "Манчестер Сити" футболчисини текинга қўлга киритмоқчи  2 00:47Испания Суперкубоги финалини ким бошқаради?  2 00:20Майкл Оуэн: "Муҳим ўйинларда Гёкерешга маҳорат етишмаяпти"  2 23:55А Сериянинг декабрь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 23:23Сульшер МЮга қайтса, қанча маош олади?  0 23:05Африка Миллатлар кубогидаги илк ярим финалчи маълум!  1 22:52"Истанбул Башакшеҳир" ўртоқлик ўйинида дуранг қайд этди, Аббосбек Файзуллаевдан гол  7 22:32Лиам Росеньор: "Босим - бу афзаллик"  0

Katanecning shtabida Kapadzeni ham ko'ramizmi? Yangiliklar

Katanecning shtabida Kapadzeni ham ko'ramizmi?

Srechko Katanec Toshkentga kelgach, uning murabbiylar shtabi qanday ko'rinishda bo'lishi ko'pchilikni qiziqtiryapti.

Uning shtabida Timur Kapadzeni ko'rishni istayotganlar ham talaygina. SHu tufayli "Olimpik"ni boshqarayotgan 39 yoshli mutaxassis bilan bog'lanib, bazi savollarimizga javob oldik. 

— Piter Xyuistra "Olimpik" sardori Behzod SHamsiev qishda "Paxtakor"ga qaytarilishiga shama qilgandek bo'ldi. Sizning Behzod bilan bog'liq rejalaringiz qanday?

— Agar taklif bo'lsa, mavsum oxirida gaplashib ko'ramiz. Bizning asosiy vazifamiz yigitlarni yaxshi darajaga olib chiqish. Futbolchi yanada o'sishi uchun qulay joy bo'lsa, nega yo'q deyishimiz kerak. Quvonarli jihati, 5-6 oy ichida shogirdlarim ancha o'sib, ko'pchiligi Superliga jamoalarining qiziqish doirasiga tushyapti. Albatta, yigitlar o'z mehnat va harakatlari bilan ko'pchilikning nazarini o'zlariga qaratishyapti. Agar futbolchilarning maqsadi yuqori bo'lsa, bundan ham kuchliroq bo'lishlari kerak.

— Muxlislarga "Olimpik" ko'rsatayotgan o'yin yoqyapti. Ko'pchilik jamoani Superligada ko'rishni istab qoldi. Agar yuqori divizionga yo'llanma olishni uddalasangiz, Superligada tajriba to'plashga ulgurgan olimpiya terma jamoasi yoshidagi futbolchilar klubga olib kelinadimi? Harholda Jasur Jaloliddinov, Hojimat Erkinov singari o'yinchilar talaygina.

— Superligaga yo'llanma ola bilsak, o'shanda o'ylab ko'ramiz.

— "Olimpik" loyihasi o'zini oqlayaptimi?

— Albatta, oqlayapti. Bu loyiha nega kerak edi? Olimpiya va milliy terma jamoaga nomzodlar sonini ko'paytirish, ularning kuchayishi va rivojlanishi uchun. Ko'rganingizdek, yigitlar qisqa muddat ichida ancha o'sishga erishdi. Kuchli futbolchilar soni qancha ko'paysa, bundan faqat terma jamoa yutadi. SHu tufayli barcha imkoniyatlarni yaratib bergan O'FA va MOQ rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman.

— "Olimpik" kubokning chorak finalida "Paxtakor" bilan to'qnash keladi. Ko'plab muxlislar Kapadze jamoasidan g'alaba kutyapti...

— "Paxtakor" O'zbekistonning eng yaxshi jamoalaridan biri. Ular bilan to'qnashish biz uchun foydali bo'ladi. CHunki kuchli raqibga qarshi o'yinda kamchiliklarimizni ko'rib, futbolchilarni tekshirib olish imkoniyati bor. Tarkibimizdagi aksar futbolchilar "Paxtakor" akademiyasida tarbiyalanishgan. Bu o'yin ular uchun yaxshi imkoniyat. "Paxtakor"ga qarshi imkon qadar yaxshi tayyorlanib, eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatamiz.

— Milliy terma jamoa boshqaruvi Srechko Katanecga topshirilyapti. Uning shtabida Kapadzeni ham ko'ramizmi?

— Xorijlik murabbiy bo'lgani uchun unga mahalliy mutaxassislardan kimdir ko'maklashishi kerak. Bu vazifaga Ravshan aka Haydarov munosib edi.

Menga kelsak, imkoniyat va bo'sh vaqtim bo'lsa, albatta, borib ish jarayoni bilan tanishaman. Kerakli narsalarni o'rganib, o'zim uchun olaman. CHunki menga ham Katanecning ish uslubi juda qiziq!

Faxriddin Ro'ziev suhbatlashdi

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика