So’nggi yangiliklar

16:23"Барселона" Месси, Коутиньо, Куман олдидаги қарзларини ёпди  3 15:52"WhoScored" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатининг гуруҳ босқичи рамзий термасини тақдим қилди  8 15:15Факт: "Нефтчи" 17 йилдан буён меҳмонда "Қизилқум"ни юта олмаяпти  0 14:52“Нефтчи” академияси фаолиятини бошламоқда!  3 14:20Месси туғилган кунини нишонлади, Араухо уйланди, ПСЖда "ойлик чиқди". Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  4 14:10Котрина Кулбите: "Муносиб ўйин кўрсатиб, Осиё кубоги йўлланмасини қўлга киритишни мақсад қилганмиз"  1 13:54"Динамо" бир киши кам бўлиб "Қўқон-1912"ни ютган учрашувдан галерея  2 13:28Гвардиола Грилишнинг кам ўйнаётгани сабабини айтди  1 12:56Милан Митрович: “Футбол ҳаётга ўхшайди — ҳамма нарса режадагидек кетавермайди”  2 12:50Симоне Инзаги: "Пеп Гвардиола - энг зўри"  2 12:22Исломбек Исмоилов: "Нефтчи"га вилоят ҳокимининг таклифи билан келдим"  11 12:12Рафинья Нико Уильямс ҳақида: "Юқори сифатли футболчи"  2 11:44"Астон Вилла" "Челси" ва "Арсенал" қизиқаётган футболчиси учун 100 млн фунт талаб қилмоқда  1 11:16"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади  7 10:50Винисиуснинг талаблари маълум. Унинг талабларини “Реал“ қабул қилишга тайёр эмас  18

Katanec nega aynan Adhamzodani chaqirdi? Yangiliklar

Katanec nega aynan Adhamzodani chaqirdi?

O'zbekiston milliy terma jamoasining noyabr oyidagi o'yinlar uchun qaydnomasi elon qilindi.

Undan 24 nafar futbolchi o'rin oldi. 23 futbolchi o'tgan oygi yig'inga ham chaqiruv olgandi. "Paxtakor" vakili Umar Adhamzoda terma jamoa uchun yangi nom sifatida qayd etildi.

O'tgan mavsumda "Neftchi"dagi ajoyib va sermahsul o'yinlaridan keyin "Paxtakor"ga ko'chib o'tgan chap qanot futbolchisi Qatar va KXDR bilan uchrashuvlarga terma jamoa safida tayyorgarlik ko'radi.





Ro'yxatga etibor qilsak chap qanot himoyasida o'ynay oladiganlar SHerzod Nasrullaev, Farruh Sayfiev va Umar Adhamzodani ko'rishimiz mumkin. Xo'sh, Katanec chap qanotga shuncha futbolchini nima qiladi?

Menimcha bosh murabbiy Farruh Sayfievni o'ng qanot himoyachisi sifatida ko'rmoqda. SHunchaki oxirgi o'yinlarga etibor qilamiz:


KXDR bilan o'yinda Sayfiev 71-daqiqada o'ng qanot himoyachisi Alijonov o'rniga maydonga tushgan.

Uzbekistan

Jaloliddin Masharipov - 20'

World Cup Qualification AFC 3rd Round Grp. A . 1-tur

05/09/2024, 20:00

0
:
1
Tugadi

North Korea

Stadion: 24205 tomoshabin

45'
90'
20'  Jaloliddin Masharipov
60'  Oston Urunov (Abbosbek Fayzullayev)
71'  Otabek Shukurov (Abdulla Abdullaev)
71'  Khoziakbar Alidzhanov (Farrukh Sayfiev)
87'  Jaloliddin Masharipov (Akmal Mozgovoy)
87'  Eldor Shomurodov (Bobur Abdikhalikov)
40'  Kuk-Chol Kang II
46'  Kuk-Jin Kim (Jo-Guk Ri)
72'  Il-Song Ri (Ju-Song Choe)
81'  Chung-Song Paek (Il-Gwan Jong)
87'  Pom-Hyok Kim (Hun Ri)


Eron bilan o'yinda Sayfiev asosiy tarkibda o'ng qanot himoyachisi sifatida maydonga tushdi va 46-daqiqada o'z o'rnini Alijonovga bo'shatdi.

Uzbekistan

World Cup Qualification AFC 3rd Round Grp. A . 3-tur

10/10/2024, 20:00

0
:
0
Tugadi

Iran

Stadion: 33829 tomoshabin

45'
90'
19'  Farrukh Sayfiev
30'  Odildzhon Khamrobekov
46'  Farrukh Sayfiev (Khoziakbar Alidzhanov)
71'  Abbosbek Fayzullayev (Oston Urunov)
90'  Rustamjon Ashurmatov
55'  Mohammad Mohebi (Mehdi Ghayedi)
57'  Saleh Hardani
66'  Saman Ghoddos
71'  Saman Ghoddos (Omid Noorafkan)
79'  Alireza Jahanbakhsh (Ali Gholizadeh)
79'  Sardar Azmoun (Shahriar Moghanlou)


Ortda qolgan 4 ta o'yinning barchasi chap qanotda SHerzod Nasrullaev muntazam o'ynadi.

Nega aynan Umar Adhamzoda? Katanec bungacha chap qanotga bir necha bor Ibrohimhalil Yo'ldoshev va Akrom Komilovni chaqirgandi.

2022 yil oxirida Katanec Yo'ldoshev haqidagi savolga shunday javob bergandi: "IbrohimHalil Yo'ldoshev nega yo'q? Biz boshqa futbolchilarni tekshirib ko'rmoqchimiz. Lekin Yo'ldoshev ham o'z o'yinini yaxshilashi kerak. U hali yosh va barchasi o'z qo'lida".

Akrom Komilov esa ayni paytda operaciyadan keyin jarohatini davolamoqda.

Umar Adhamzoda bu yil "Paxtakor"da chap qanotda himoyada ham, kerak bo'lsa yarim himoyada ham o'ynamoqda. SHunday ekan, Katanec uni Nasrullaevga raqobatchi (ko'proq zaxira varianti desak to'g'ri bo'ladi) sifatida ko'rmoqda. Bundan tashqari Adhamzoda xuddi Sayfiev singari o'ng qanotda ham bemalol o'ynay oladi. Yani universal futbolchi hisoblanadi.





Umar Adhamzoda o'zi kim?


1998 yil 4 aprel kuni Toshkentda tug'ilgan. Futboldagi ilk qadamlarini CHilonzor tumanidagi "Paxtakor"ga qarashli filialida tashlagan. U erda Abdusattor Rahimov qo'l ostida 1 yildan ko'proq vaqt davomida shug'ullangan. So'ng "Paxtakor" akademiyasiga yo'l olgan. Akademiyada Linur Irkinovichdan futbol sir-asrorlarini o'rgangan. 2017 yilda "Lokomotiv"ning ikkinchi ligadagi jamoasiga jalb qilishgan. Yuriy Yurevich qo'l ostida yarim yil o'ynaganidan so'ng Vazgen Ignatevich boshchiligidagi o'rinbosarlar tarkibiga o'tgan. Katta futbolga kirib kelishida ushbu murabbiyning hissasi katta bo'lgan. 2019 yil boshida Timur Kapadze bilan ham ishlashga muvaffaq bo'ldi va ikkinchi davrada Farg'onaning "Istiqlol" jamoasida ijara asosida to'p tepdi. SHundan so'ng, ayrim sabablarga ko'ra, "Lokomotiv" bilan xayrlashgan. Biroz vaqt o'tgach, "Istiqlol" moliyaviy sabablarga ko'ra yopildi. Bu paytda esa "Neftchi"dan taklif kelib tushdi va deyarli 3,5 yilni shu jamoada o'tkazdi. 2024 yil boshida "Paxtakor"ga o'tdi.

Adhamzoda O'zbekiston Superligasida 2022 yil (24 yoshida!) debyut qilgan. Hozirga qadar Superligada 58 ta o'yin o'tkazib 4 ta gol urgan va 12 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 

2023 yilda PFL talqiniga ko'ra Superligada yil ramziy terma jamoasidan joy olgan edi.



Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика