Kassano "Inter"ga aql o'rgatdi
21 apr 2020 23:25
Yangiliklar


Kassano "Inter"ga aql o'rgatdi
Italiya terma jamosi sobiq azosi Antonio Kassano Milan klubi masul vakili bo'lganida nima qilar edi?
"Lautaro yaxshi futbolchi, lekin men uni sotardim. "Inter" uni 20 million evroga olib kelgandi, endi 100 million ishlab olishi mumkin. Yoki argentinalik futbolchining o'rniga 70-80 million evro va Arturni olib kelish mumkin. SHundan so'ng erkin agentga aylangan Kavanini taklif qilardim. U Kontening uslubiga juda mos keladi.
Bundan tashqari, Mauro Ikardini sotib, tushgan mablag'ga "Arsenal"dan Lyakazettni olib kelish mumkin.
To'g'ri, Lautaroning kelajagi porloq, ammo u bilan xayrlashishdan cho'chimasdim", – dedi Kassano.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar