Kasilyas quruq o'tkazilgan o'yinlari soni bo'yicha shaxsiy rekordini yangiladi
22 jan 2014 10:06
Yangiliklar


Kasilyas quruq o'tkazilgan o'yinlari soni bo'yicha shaxsiy rekordini yangiladi
“Real” darvozaboni Iker Kasilyas rasmiy uchrashuvlarda quruq o'tkazilgan o'yinlari soni bo'yicha shaxsiy rekordini yangiladi.
Uning darvoza daxlsizligini saqlab qolish bo'yicha erishgan avvalgi natijasi 518 daqiqani tashkil etgan. Kechagi Ispaniya Kukbogining 1/4 finali doirasida “Espanol” qarshi bo'lgan o'yinda Iker avvalgi rekordini 17 daqiqaga uzaytirdi.
32 yoshli darvozabon 2013 yilning 27 noyabridan beri gol o'tkazmayotgan edi.
Eslatib o'tamiz, Kasilyas “Real” tarkibida faqatgina CHempionlar ligasi va Ispaniya Kubogi bahslarida maydonga tusha oladi.

Fikrlar