Kasilyas: "Ispaniya terma jamoasida 2016 yilgacha bo'laman, "Real"da esa 40 yoshimgacha o'ynay olaman"
04 noy 2014 16:20
Yangiliklar


Kasilyas: "Ispaniya terma jamoasida 2016 yilgacha bo'laman, "Real"da esa 40 yoshimgacha o'ynay olaman"
"Real" darvozaboni Iker Kasilyas yaqin orada o'z klubini tark etmasligini takidladi.
"Mish-mish hamma erda bor, ammo bu gaplardan keyin ham "Real"da o'ynashda davom etaman. Menda hech qachon boshqa klubga o'tish imkoniyati bo'lmagan. Klubning barcha prezidentlari menga, faoliyatimni qachon tugatishimni o'zim hal qilishim kerakligini aytishgan. "Real"da 40 yoshimgacha o'ynay olaman. O'zimni yaxshi his qilyapman. O'zi haqida o'ylaydigan, yaxshi ishlaydigan darvozabon kamida 38 yoshgacha o'ynaydi. Ispaniya terma jamoasiga keladigan bo'lsak, u erda 2016 yilgacha ishtirok etsam kerak" - deydi Kasilyas.

Fikrlar