Kasilyas: "Atletiko" doimo bizga qiyinchilik tug'diradi, ammo "Real" g'alabaga munosib edi"

Aslanov Jasurbek
23 apr 2015, 12:44
"Real" darvozaboni Iker Kasilyas "Atletiko"ga qarshi Chempionlar ligasi chorak final javob uchrashuvi haqida o'z fikrini bildirdi.

"O'yin juda og'ir o'tdi. "Atletiko" doimo bizga qiyinchilik tug'dirgan, ammo biz g'alabaga munosib edik. Chicharitoning goli uchrashuv taqdirini hal qildi. Bugun maydon markazida yaxshi harakat qildik. Futbolchilarimizning saviyasiga qaramasdan, bugun juda ko'p kurashdik.

Yarim finalga to'rtta buyuk jamoa chiqdi. Bizga kim raqib bo'lmasin, jamoamizni qiziqarli o'yinlar kutib turibdi" - deydi darvozabon.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com