So’nggi yangiliklar

22:45"Астон Вилла" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  0 22:30Де Зерби ПСЖ ва "Интер" ўртасидаги EЧЛ финали ҳақида: "Netflix’да фильм томоша қиламан"  3 22:04Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Сўғдиёна"ни мағлуб этди   18 21:58Хёйсеннинг "Реал"даги маоши маълум. АПЛ клублари ҳимоячига кўпроқ пул тўлашга тайёр эди  1 21:35МЮда мавсумнинг энг яхши ўйинчиси аниқланди  0 21:11Хосеп Гвардиола: "Албатта, биз Англия кубогини қўлга киритишни истаймиз, аммо бу биз учун етарли эмас"  1 20:43Хёйсен "Реал" билан 5 йиллик шартнома имзолайди  17 20:20"Атлетико" 55 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  28 19:50УЕФА Чемпионлар Лигаси йўлланмаси учун жиддий кураш. "Чипта" битта — даъвогар эса иккита  8 19:44"Сурхон" — "Сўғдиёна". Асосий таркиблар маълум  2 18:57Лапорта "Барселона" президентлигига қайта сайланмоқчи  11 18:28"Насаф" етакчисига нима бўлди?  7 18:10Анчелотти атайин "Реал"ни мағлубият томон етакладими?  26 17:49Кристофер Нкунку муҳим ўйинларда етарлича ўйин амалиётига эга бўлмагани туфайли "Челси"дан кетмоқчи  1 17:25Харри Кейн "Тоттенхэм"га қарши курашади  0

Kashanda futbolchilar Yangiliklar

Kashanda futbolchilar

Barchamiz tamakining inson hayotiga etkazadigan zararlari haqida malumotga egamiz.

U nafas yo'llarini jiddiy zararlashi mumkin. Ko'pchilik tamaki va spirtli ichimliklar istemol qiladigan kishilar sog'lom turmush tarzidan yiroq, deb o'ylaydi. Balki, shundaydir, ammo ular orasida istisnolar ham bo'lishi mumkin. Bu kabi odatlar bilan shug'ullanishni kanda qilmaydigan mashhurlar asosan o'z illatlarini ommadan yashirishga harakat qilishadi. Kimdir bu ishni eplaydi, kimdir…

Hozir siz bilan tamaki chekayotgan holatidagi suratlari ommaga tarqalib ketgan mashhur futbol yulduzlari haqida so'zlashamiz.

Mario Balotelli. Bu futbolchi bir paytlar juda katta potencialga ega edi. Uni jahon futbolining eng kuchli hujumchilaridan biri bo'ladi, deb tahmin bildirguvchilar bisyor edi. Ammo, og'ir feli va nosog'lom turmush tarzi futbolchini jarlikning tubi sari etaklab bordi. Oqibatda, «Super Mario» 29 yoshidayoq A ceriyaning debyutant-autsayderi darajasiga tushib qoldi.



Janluidji Buffon. Afsonaviy darvozabon ham bir necha bor tamaki istemol qilayotgan chog'ida jurnalistlar «snayperining qurboni bo'lgan». Ammo, Buffonga ham Balotelliga nisbatan ishlatgan fikrlarimizni ishlatolmaymiz. Zero, Janluiji 41 yoshida ham Evropa grandlaridan biri safida to'p surmoqda.



Eshli Koul. Angliya terma jamoasining sobiq azosi yaqinda faoliyatini yakunladi. Eshli faoliyati davomida «Arsenal», «CHelsi» va «Roma» singari yirik klublar safida ham to'p surdi. Koul maydonda ajoyib o'yin ko'rsatgan bo'lishi mumkin, ammo hech qachon o'zining namunali xulqi bilan maqtanolmagan. Himoyachi bir necha bor Britaniyaning markaziy nashrlarining asosiy muhokama mavzusiga ham aylanib qolgan. Uning tamaki chekayotgani aks ettirilgan fotosuratlar Koulning boshqa «qiliq»lari oldida «damini oladi».



Ueyn Runi. Angliya futboli tarixidan munosib o'rin egallashga ulgurgan futbolchi hech qachon spirtli ichimliklar va tamaki maxsulotlariga befarq bo'lmagan. SHuning uchun ham uni mazkur ro'yxatdan chetda qoldirolmadik.



Neymar. PSJ klubi hujumchisi ham Mario Balotelli tipidagi futbolchi hisoblanadi. Neymar «Barselona»dan «Oltin to'p»ni yutish maqsadida ketgandi. Aslida, u mazkur mukofotni yutishi uchun o'z «men»i ustidan g'alaba qozonishi talab etiladi. Aks holda, o'ziga inom etilgan noyob iqtidorni yo'q qilishda davom etaveradi.



Bu ro'yxat hali uzoq davom etadi. Ularga nomma nom to'xtalish imkonsizdir. Biroq, aytishimiz mumkinki, bugungi zamon futbolining yorqin namoyondalaridan Mesut O'zil, Jerar Pike, Jek Uilshir, Raja Naingolan va Zinedin Zidan singari yirik nomlar ham tamaki mahsulotlarini istemol qilishi isbotlangan.



Fahriddin Ro'ziev

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика