Karvaxal 0:3dan keyin: "Biz to'g'ri yo'ldamiz"
30 iyu 2023 14:14
Yangiliklar
Karvaxal 0:3dan keyin: "Biz to'g'ri yo'ldamiz"
"Real" himoyachisi Dani Kravaxal "Barselona"dan yirik hisobda uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.
"Ikkala bo'limning 15 daqiqasida "Barselona" yaxshiroq o'ynadi, biz esa o'zimiz istagandek o'yin ko'rsata olmadik. Keyinchalik biz raqibdan uzoqlashib, vaziyatlar yaratishni boshladik. "Real" uzoq vaqt davomida to'pni ushlab turib, tashabbusni o'z tomoniga og'dirdi. Biz yangi tizimga moslashyapmiz, barcha ish yaxshi ketmoqda. Biz to'g'ri yo'ldamiz.
SHunchaki raqib darvozasi yonida aniq o'ynay olmadik, biroq gol urish uchun barchasini yaratdik. So'nggi ikki golni esa o'tkazmasligimiz kerak edi. SHunga qaramasdan biz anchagina yaxshi o'yin ko'rsata oldik. Muxlislar o'yinimizdan ijobiy jihatlarni olishdi", - dedi Karvaxal.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar