Karrager: "MYU Reshfordni sotishi kerak"
15 dek 2024 19:06
Yangiliklar
Karrager: "MYU Reshfordni sotishi kerak"
Jeymi Karrager "Manchester Yunayted" Markus Reshfordni sotishi kerak deb hisoblaydi.
Oldinroq, tomonlarning qishda xayrlashishi mumkinligi haqida xabarlar yangragandi. Karragerning fikricha, forvardni boshqa jamoaga qo'yib yuborish kerak.
"Reshfordning ketishi? Meni hayron qoldirmaydi. Jamoa u bilan xayrlashishi kerak. Markus unga sarflangan pullarni oqlamayapti. Bir yarim yil ichida so'nggi 48ta o'yinda 11ta gol — etarli emas", — deydi Karrager.
Forvard joriy mavsum barcha musobaqalarda 23ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 3ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar