Karrager: "Jerard "Reynjers"dan keyin darhol "Liverpul" bosh murabbiyi bo'lishi mumkin"
15 okt 2019 20:15
Yangiliklar


Karrager: "Jerard "Reynjers"dan keyin darhol "Liverpul" bosh murabbiyi bo'lishi mumkin"
"Liverpul" sobiq futbolchisi Jeymi Karrager mersisaydliklarning navbatdagi murabbiyi kim bo'lishi mumkinligi haqida o'z fikrini bildirdi.
"Murabbiylarning ishi vaqtga ham bog'liq. Yurgen Klopp qachon "Liverpul"dan ketishini kim biladi? Stiven Jerardda qiyin davr bo'lishi mumkin: balki boshqa klubga o'tar yoki "Reynjers"da qolishi mumkin. Odamlar uni "Liverpul" uchun xizmat qilishga yaratilgan deb hisoblashadi.
Uni ham nomzodlar qatoriga olib qo'yishadi. CHunki, u Stiven Jerard. Lekin, eng muhimi, u murabbiy sifatida ham chin dildan ishlamoqda. Jerard "Reynjers"dan so'ng, darhol "Liverpul"ni boshqara olmaydi deya olmayman", — deydi Karrager.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar