Karpin: "Rostov"da shunday takliflar borki, ayrimlari SHomurodovning narxidan ham baland"
07 okt 2020 13:47
Yangiliklar


Karpin: "Rostov"da shunday takliflar borki, ayrimlari SHomurodovning narxidan ham baland"
"Rostov" bosh murabbiyi Valeriy Karpin jamoadan etakchilar ketgani va boshqa transfer takliflari haqida gapirdi.
"Keling aniqlab olamiz. Muhim o'yinchilardan kim ketdi? Eldor SHomurodov juda yaxshi pulga ketdi va yumshoq qilib aytganda bu klubga halaqit qilmaydi.
Ivelin Popov hech narsa demaganida ko'p narsa boshqacha bo'lishi mumkin edi. Ammo, biz u bilan xayrlashmadik - o'zi boshqa jamoaga o'tish istagini bildirdi, sababi har o'yinda 90 daqiqa o'ynashni xohladi. Keyin - Baxtiyor Zaynutdinov. Biz uni tekinga olgan edik, ammo xarid qilish narxi bor edi. CSKA buni bizga qarshi to'lab yubordi. "Rostov" xayrlashishni xohlamagan edi.
Bizda yana 5-6 o'yinchi bo'yicha taklif bor va ular yomon emas. Ayrimlari hattoki SHomurodovning narxidan ham baland, ammo biz ularni berib yubormaymiz", - deydi Karpin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar