So’nggi yangiliklar

08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  0 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  1 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  6 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  6 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  3 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0

Karlush Keyrush: “Bizni hatto durang ham qoniqtiradi” Yangiliklar

Karlush Keyrush: “Bizni hatto durang ham qoniqtiradi”

Agar Eron bugun safarda Livan bilan hatto durang o'ynasa ham, Osiyo Kubogi-2015 yo'llanmasini qo'lga kiritadi.
Eron termasi shu paytgacha ketma-ket 12 marta Osiyo chempionatida ishtirok etgan jamoa hisoblanadi. JCH-2014 saralash bosqichida forslar Beyrutdan 0:1 hisobidagi mag'lubiyat bilan qaytishgandi. Xo'sh, bu safar nima bo'ladi? Bu borada terma jamoa ustozi Karlush Keyrushning fikrlari quyidagicha bo'ldi:

“Biz o'zimizga to'liq ishonamiz. Har ikkala jamoada ham Osiyo Kubogiga borish imkoniyati mavjud. Lekin biz birinchi bo'lib yo'llanmani qo'lga kiritmoqchimiz. Men Livandan o'sha mag'lubiyat uchun qasos olish haqida o'ylayotganim yo'q. CHunki futbolda bunday qilish yaxshi emas. Beyrutdagi mag'lubiyatdan so'ng ancha vaqt o'tdi va bu orada yanada kuchayib oldik. Endi esa navbatdagi to'qnashuvga tayyormiz”.

Juzeppe Jannini (Livan termasi bosh murabbiyi): “Meni o'yinchilarimning hozirgi holati to'liq qoniqtiryapti. O'ylaymanki, ular Eronga qarshi bor kuchlarini berib o'ynashadi. Biz doim yutuqlar to'risida o'ylaymiz, raqibimiz hatto Eron bo'lsa ham”.

Bugun shuningdek, “V” guruhida Quvayt – Tailand bellashuvi bo'lib o'tadi. Quvaytliklar ustozi Jorvan Vieyra Quvayt ikkinchi o'rinda borayotganiga qaramay, hali vazifa bajarilmaganini taqidladi:
 
“Oldimizda navbatdagi bahsda g'alaba qozonishdan boshqa yo'l yo'q. Men uchun avvalo o'z jamoamning natijasi muhim. SHundagina kerakli ochkolarni qo'lga kiritib, Osiyo chempionatiga yo'l olamiz. Tailand o'tgan turda Eronga mag'lub bo'lgani bilan yaxshi o'yin ko'rsatdi. Ulardan ehtiyot bo'lish kerak”.

Xayrulla Xoliqov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика