Karlos Teves Ronalduning tartib-intizomi haqida gapirdi
01 noy 2019 19:31
Yangiliklar


Karlos Teves Ronalduning tartib-intizomi haqida gapirdi
"Boka Xuniors" hujumchisi Karlos Teves "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronalduning intizomiga alohida urg'u berdi.
"U kun bo'yi mashg'ulotlar zalida bo'ladi, u doim shu ish bilan mashg'ul. Ertalab soat 9 da boshlanadigan mashg'ulotga, men 8 da zalga kirib borardim va Ronalduni ko'rardim. Keyin 7:30da borib ko'rganman va u yana o'sha erda bo'lardi.
Bir marta bazaga tonggi 6:30da borishni uddalaganman, u esa yana o'z o'rnida edi. O'shanda Ronaldu yarim uyg'oq holatda bo'lsa ham, u yana o'zining joyida bo'lgan", – deydi Teves.
Teves va Ronaldu 2007-2009 yillar "Manchester Yunayted" safida birga o'ynashgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar