Karlo Anchelotti terma jamoa miqiyosida sovrin yutmoqchi
11 fev 2016 01:35
Yangiliklar
Karlo Anchelotti terma jamoa miqiyosida sovrin yutmoqchi
"Bavariya"ning bo'lajak bosh murabbiyi Karlo Anchelotti kelajakda terma jamoada ishlashi mumkinligini inkor etmadi.
"Terma jamoa? Men faoliyatimni Arrigo Sakki bilan aynan terma jamoada boshlaganman. Katta ehtimol bilan faoliyatimni o'sha erda yakunlayman. O'shanda men 71 yoshga to'laman va oxirgi sovrinni yutish uchun juda qulay vaqt. Muammo shundaki, men 2026 yilga qadar yana 10 yil ishlashim kerak va shundan so'ng terma jamoa haqida o'ylashim mumkin. Men 2009 yili Italiyadan ketganimdan so'ng boshqa tilda gaplashmaganman va Angliya, Ispaniya, Franciyada ishlashimda bu muammo bo'lmagan. Umid qilamanki, Germaniyada ham muammoga duch kelmayman. Nemis tili juda murakkab ekan. Lekin men nemis tilini o'zlashtirishni boshlab yuborganman", - deydi Anchelotti.
Fikrlar