Karlo Anchelotti: “Real”ning guruhdan yaxshi natija bilan chiqqanidan mamnunman”
11 dek 2013 11:13
Yangiliklar


Karlo Anchelotti: “Real”ning guruhdan yaxshi natija bilan chiqqanidan mamnunman”
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti, jamoasining CHempionlar ligasi 6-tur guruh bochqichi doirasida “Kopengagen”ga qarshi o'yinda g'alaba qozongani (2:0) xususida fikr bildirib o'tdi.
“Biz yuqori darajada o'yin ko'rsatdik. Futbolchilar o'z etiborlarini faqatgina ushbu o'yinga qaratib, ajoyib o'yin ko'rsatishdi va to'pni boshqarib tura olishdi. Ushbu o'yinda hujum va himoya o'rtasidagi mutanosiblikni saqlab turgan Modrich va Xabi Alonsoni alohida takidlab o'tmoqchiman. Barcha o'yinchilar yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Umuman olib qaraydigan bo'lsak, “Real”ning guruhdan yaxshi natija bilan chiqqanidan mamnunman”, - Anchelottining so'zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

Fikrlar