Karlo Anchelotti: "Real" hech qachon "Atletiko"dek o'ynamaydi"
15 apr 2014 01:01
Yangiliklar


Karlo Anchelotti: "Real" hech qachon "Atletiko"dek o'ynamaydi"
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti uning jamoasi boshqa klub o'yinini ko'chirmasligini bildirib o'tdi.
Hamma jamoalar o'z tarkibidagi futbolchilardan kelib chiqib o'ynaydi. SHuning uchun biz hech qacho "Atletiko" uslubida, ular esa "Real"dek o'ynashmaydi. Menga Diego Simeonening jamoasi ko'rsatayotgan o'yini yoqadi. Ular yaxshi himoyalanishadi va hujumda Diego Kostadan maksimal tarzda foydalana olishadi. Lekin bu uslub "Real"ga to'g'ri kelmaydi.

Fikrlar