Karlo Anchelotti qizil kartochka oldi
31 okt 2019 11:05
Yangiliklar


Karlo Anchelotti qizil kartochka oldi
"Napoli" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti A Seriya 10-tur doirasidagi "Atalanta" (2:2) qarshi o'yinda qizil kartochka oldi.
Murabbiy o'yin oxirida "Napoli" forvardi Fernando Lorente va "Atalanta" himoyachisi Simon Ker o'rtasidagi vaziyatda hakam bilan bahslashib ketdi va maydonga chiqib ketdi.
Anchelottining fikriga ko'ra, daniyalik o'yinchi Lorentega qarshi jarima maydonchasi ichida qo'pollik ishlatgan.
O'yin bosh hakami Pero Jakomelli edi va murabbiyning bu harakati uchun unga qizil kartochka ko'rsatdi.
Anchelotti buyog'iga A Seriya doirasidagi "Roma"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar