Karima Yo'ldosheva: "Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun imkoniyatimiz etarli"
13 fev 2019 13:23
Yangiliklar


Karima Yo'ldosheva: "Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun imkoniyatimiz etarli"
Xabar berib o'tganimizdek, bugun 13 fevral kuni Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida joriy yil Taylandda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati 2-saralash bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Terma jamoamiz ushbu bosqichda Avstraliya, Myanma va Nepal terma jamoalariga qarshi bahs olib boradigan bo'ldi. O'zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi Karima Yo'ldosheva qura natijalari bo'yicha o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Guruhimizdagi barcha terma jamoalar kuchli. Bu bosqichda kuchsiz jamoalarning o'zi yo'q. SHunga qaramay, biz har bir o'yinda g'alaba uchun kurashishga tayyormiz. Guruhdan faqat ikkita terma jamoa Osiyo chempionatiga yo'l oladi. Biz guruhda birinchi o'rinni qo'lga kiritishga harakat qilamiz. Terma jamoamizda Taylandda bo'ladigan Osiyo chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritish uchun imkoniyatlar etarli", - dedi Karima Yo'ldosheva.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar