So’nggi yangiliklar

18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  0 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  1 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  2 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  5 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  4 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  2 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  5 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  3 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  7 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5

“Kardiff Siti” O'zbekistonda farm-klubini ochadi Yangiliklar

“Kardiff Siti” O'zbekistonda farm-klubini ochadi

Buyuk Britaniyaning mashhur “Kardiff Siti” jamoasi Qozog'iston va O'zbekistonda farm-klubini ochishni rejalashtirib turibdi.
Bu haqda axborot hamkorimiz hisoblangan “Futbol Ekspress” gazetasi xabar bermoqda.

Malumotlarga ko'ra ushbu g'oya O'zbekiston birinchi ligasida ishtirok etuvchi “Oq-tepa” klubi prezidenti Sarvar SHog'ulomovdan chiqqan. Gazeta muxbiri klub prezidentidan intervyu oldi.  

“Bir hafta muqaddam jamoamiz qoshida tashkil qilingan futbol maktabi direktori Vladimir Gavrilov bilan qo'shni Qozog'istonga borib keldik”, - deb gap boshladi Sarvar SHog'ulomov.  U erda to'rt kun bo'lib, bir qator masalalar yuzasidan muzokaralar o'tkazib qaytdik. Xususan, “Kardiff Siti”da sport direktori lavozimida faoliyat olib borayotgan do'stim Alisher Apsalamov bilan uchrashib, suhbatlashdik. Nasib qilsa, “Kardiff Siti” qo'shni Qozog'iston va O'zbekistonda o'z farm-klubini ochadi.

Ushbu fikr mendan chiqdi. Besh oydan buyon shu haqida o'ylab yurgandim. Alisher bilan fikrimiz bir joydan chiqdi. Ayni vaqtda hujjat ishlari olib borilmoqda. Yani, yurtimizda farm-klub ochish uchun nimalar kerakligi borasida ishlayapmiz. Bu ishlarning barchasi ijobiy yakunlangach, “Kardiff Siti”ning farm-klubi yurtimizda o'z faoliyatini boshlaydi.

O'zbekistondagi farm-klub “Kardiff Siti”ga tegishli bo'ladi. Ular yurtimizdagi farm-klubni moliyaviy tomondan va forma, ekipirovka bilan taminlaydi. Oddiy qilib aytganda, “Kardiff Siti”ning yurtimizdagi jamoasi tashkil qilinadi. Biz bu jamoani O'zbekistondagi tashkiliy ishlari bilan shug'ullanamiz.

Agar qonuniy tomondan imkon bo'lsa, jamoani O'zbekiston chempionati bahslarida ishtirok etishini taminlashimiz mumkin. Biz futbolchilarni malum yoshgacha shug'ullantirib, tarbiyalab beramiz. Angliyadagi bosh jamoa qaysi futbolchini maqul topsa, o'shani “Kardiff Siti”ga olib ketadi”, - deydi “Oq-tepa” klubi prezidenti.


Furqatbek Nishonov suhbatlashdi.
"Futbol Ekspress" gazetasi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика