So’nggi yangiliklar

02:01АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да ишончли ғалабани тантана қилди  3 01:15Клопп яна "Манчестер Юнайтед"нинг кўп пенальти тепишидан нолиди  14 00:58Кепа учун А Серия клуби давогарлик қилмоқда  1 00:54Голлар, пенальти ва қизиллар. "Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда "Турон"ни ютиб кетган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 00:29"Челси" Саулни сотиб олмайди  3 00:14Дембеле келаси ҳафтада сафга қайтади  2 23:52Пуйоль: "Пике - футбол тарихидаги энг яхши ҳимоячилардан бири"  4 23:34А Серия. Турнинг дастлабки ўйинида "Женоа" мағлуб бўлди  0 23:07АПЛ. "Арсенал" - "Астон Вилла". Асосий таркиблар маълум!  1 22:56Роналду: "Жамоавийликни доимо барчасидан устун кўраман"  10 22:36БАА. Отабек Шукуров жамоаси йирик ҳисобда мағлуб бўлди  2 22:18Қатарда ЖЧ-2022 учун муҳташам "Ал Тумама" стадиони очилди  6 21:59Баҳром Ҳайдаров: "Гол урган жамоа учрашувда ғалабани "илиб" кетарди"  0 21:52Сульшер Роналду ва Салоҳни таққослади  13 21:35Сане "Бавария"нинг cентябрь ойидаги энг яхши ўйинчиси деб тан олинди  3

"Karachik va Tilovova xorijda o'ynay oladi" - "Bunyodkor-Women" vakili Yangiliklar

"Karachik va Tilovova xorijda o'ynay oladi" - "Bunyodkor-Women" vakili

Toshkentning "Bunyodkor-W" jamoasi yarim himoyachisi Nozima Ergasheva bilan suhbatlashdik.

Malumot uchun, 2001 yilda tug'ilgan tajribali futbolchi Oliy Liganing joriy mavsumida 9 bor raqiblari darvozasiga yo'l topishga ulgurgan.

Nima uchun aynan futbol?

— Esimni tanibmanki, futbolga qiziqaman. 6 yoshimga qadar ko'chada bolalar  bilan to'p o'ynar edim. Keyinroq esa A.R. Ismailovichning shogirdlari safiga qo'shildim va bolalar bilan mashg'ulotlarda qatnasha boshladim. Keyinchalik murabbiy meni Oliy Ligaga tavsiya qildilar. SHu tariqa qizlar Oliy Ligasiga kirib keldim. 

Bu sport turini tanlaganingizga afsus qilgan paytlaringiz bo'lganmi? (qanday vaziyatlarda?)

—  6 yoshimdan boshlab hozirgacha futbol o'ynayman. Lekin butun hayotim davomida hali bunday his bo'lmagan. 

"Bunyodkor-W"dagi sharoitlar, mashg'ulotlar haqida aytib bersangiz, kamchiliklar haqida ham.

—  Klubimizda barchasi yaxshi. Mashg'ulot o'tkazishmiz uchun hamma sharoit va imkoniyatlar mavjud. Mashg'ulotlarimiz qiziqarli va shiddatli ruhda o'tadi. Hamma jamoalarning kamchiliklari bo'ladi. Lekin shunga qaramay bizning jamoa O'zbekistondagi eng zo'rlaridan.

Erkaklar futbolida legionerlarimiz soni oshmoqda. Sizda ham shunday niyat bormi?

— Albatta, bu har bir futbolchining orzusi. Agar taklif tushsa, avvalambor, murabbiy bilan maslahatlashardim.

Buning uchun o'z ustingizda ko'p ishlashingiz kerak. Mashg'ulotlardan keyin ham alohida shug'ullanib turasizmi?

—  Har bir futbolchi o'zining kamchiliklari ustida yakka tartibda shug'ullanadi. Lekin buni ham murabbiy nazorat qiladi.

Futbolda murabbiy jamoaning o'yiniga qanchalik tasir o'tkazadi?

— Fikrimcha, 80 foiz bo'lsa kerak. Maydonda biz o'ynaymiz, muabbiymas. Lekin murabbiyning ko'rsatmalari asosida u o'rgatgan harakatlarni amalga oshirishga harakat qilamiz. Hamma etibor murabbiyning fikriga qaratiladi. Maydondagi futbolchi 20 foiz vaziyatlardagina tashabbusni o'z qo'liga oladi. 

Siz bilan ishlagan eng kuchli murabbiy kim?

—  Eng yaxshi deb Ahmedov Ravshan Ismailovichni ko'rsatardim.

Agar tanlash imkoniyatingiz bo'lganda qaysi jamoada to'p surardingiz?

— O'zbekistondan faqat o'z jamoam “Bunyodkor-W”ni tanlayman.

Katta mag'lubiyatlardan so'ng o'zingizni qanday chalg'itasiz?

— Mag'lubiyat men uchun qandaydir manoda motivaciya bo'ladi. Ko'p hollarda onamni daldasi yordam beradi. 

Futboldan tashqari yana qaysi sport turlariga qiziqasiz?

—  Voleybolga qiziqaman va o'ynab turaman. Bo'sh vaqtimning asosiy qismini kitob mutolaasi bilan o'tkazaman. 

O'zbekistondagi ayol futbolchilar orasida xorijda o'ynay olish darajasida deb kimlarni ayta olasiz?

—  Lyudmila Karachik (“Bunyodkor-W”) va Laylo Tilovova ("Sevinch").

Sizning sportdagi kumiringiz kim?

 —  Men hech kimga havas qilmiman, shu qatorda hasad ham. Orzuga keladigan bo'lsak, har tomonlama mukammal bo'lishni orzu qilaman.

Ayollar futbolini rivojlantirishimiz uchun nimalar qilishimiz kerak?

—  Eng muhimi sportchining qiziqishini so'ndirmasdan, aksincha uning rivojlanishi uchun sharoit yaratish kerak. Ularga adolat bilan yondashish kerak. Sportchiga etarlicha etibor qaratilsa, hammasi faqat yaxshi tomonga o'zgaradi.

Malika Kushbakova suhbatlashdi

Reyting: -4   

Fikrlar

+1   
05 okt 02:22:25
Бабакулов.Ш.Н
Металлургда футболчи булиб танилгансанку.
Шунчалик хам буладими одам. Рахмат дейишга журьат килмабсан
   
09 okt 10:59:37
SUPERLIGA20
Бабакулов.Ш.Н foydalanuvchining fikriga javob berish
Металлургда футболчи булиб танилгансанку. Шунчалик хам буладими одам. Рахмат дейишга журьат килмабсан
Чемпионлик билан табреклайман.
   
08 okt 21:28:54
SUPERLIGA20
Бабакулов.Ш.Н foydalanuvchining fikriga javob berish
Металлургда футболчи булиб танилгансанку. Шунчалик хам буладими одам. Рахмат дейишга журьат килмабсан
Язшимисиз, Сугдиёнада яхши ишлибсиз чарчаманг, насб килса кубокни хам оламиз.
   
05 okt 10:06:26
HAVASKOR JURNALIST
Бабакулов.Ш.Н foydalanuvchining fikriga javob berish
Металлургда футболчи булиб танилгансанку. Шунчалик хам буладими одам. Рахмат дейишга журьат килмабсан
So'g'diyonadagi aslida Metallurgda qolib ketgan ishlarizi qaytib davom ettirsangiz xursand bo'lardik!
   
05 okt 10:03:22
HAVASKOR JURNALIST
Бабакулов.Ш.Н foydalanuvchining fikriga javob berish
Металлургда футболчи булиб танилгансанку. Шунчалик хам буладими одам. Рахмат дейишга журьат килмабсан
Sherali Boboqulov aka Metallurg-Womenga qayting iltimos!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика