Kanute futbolchilik faoliyatini yakunladi
22 noy 2013 12:07
Yangiliklar

Kanute futbolchilik faoliyatini yakunladi
O'z vaqtida Sevilya va Tottenxem kabi klublarda o'ynagan, bu yil Xitoyning Beyczin Guoan klubida faoliyat olib borgan Frederik Kanute futbolchilik faoliyatini yakunladi.
Radio Sevilla ga bergan intervyuda 36 yoshli malilik futbolchi Beyczin Guoan bilan shartnomasi uzaytirmasligini va butsalarini mixga ilishini malum qildi.
Eslatib o'tamiz, Kanutening 16 yillik faoliyati Lionda boshlanib Vest Xemda davom etgandi.
Sevilya safida u ketma-ket ikki bor UEFA kubogini qo'lga kiritgan.
2007 yil Afrikada yil futbolchisi bo'lgan. Mali safida Kanute 39ta o'yinda 23ta gol urgan.
Hujumchi butun faoliyati davomida 581ta o'yinda 232ta gol urgan.

Fikrlar