Kante “Oltin to'p” haqida gapirdi
06 iyu 2021 21:20
Yangiliklar
Kante “Oltin to'p” haqida gapirdi
“CHelsi” va Franciya TJ yarim himoyachisi Ngolo Kante “Oltin to'p”ni yutish imkoniyati haqida fikr bildirdi.
“O'ylashimcha, bu haqda gapirishga hali erta. Ayni vaqt endigina yilning yarmiga keldik, oldinda 6 oy, ko'plab uchrashuvlar va musobaqalar bor. Hozirgi kunda ushbu sovringa loyiqman, deyishdan foyda yo'q.
Bir necha yil oldin eng yaxshi TOP-10 nomzodlar qatoriga kirgandim va bu yoqimli edi. Biroq, uni yutish butunlay boshqa masala. Bu qoyilmaqom individual sovrin. Uni qo'lga kiritganlar esa faoliyati davomida aqlbovar qilmas yutuqlarga erishishgan”, deydi Kante.
Fikrlar