Kanselu va Daniloning almashinuvi to'g'risida xabar bergan jurnalist bu safar kattaroq transferni malum qildi
07 avg 2019 01:05
Yangiliklar


Kanselu va Daniloning almashinuvi to'g'risida xabar bergan jurnalist bu safar kattaroq transferni malum qildi
Yuventus futbolchisi Paulo Dibala faoliyatini Tottenxemda davom ettirishga yaqin turibdi, deya xabar beradi Janluka Di Marcio.
Manbaga ko'ra, «shporlar» argentinalik forvard uchun Turin klubiga 70 million evro taklif qilgan. «Keksa seniora» esa buni qabul qilgani aytilmoqda.
Biroq, londonliklar hali futbolchining o'zi bilan shartnoma bandlari bo'yicha kelishib olishi kerak bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, APLning yozgi transfer bozori ertaga, 8 avgust kuni yopiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar