So’nggi yangiliklar

10:02«Ньюкасл» Англия терма жамоаси аъзосини 70 миллион еврога ҳимоячи сотиб олади  3 09:31Давид де Хеа фаолиятини Европанинг ТОП-5 чемпионатида давом эттиради  1 09:03Карло Анчелотти Беллингемнинг ҳаракатидан норози? Нега?  5 08:35Хулиан Альварес фаолиятини «Атлетико»да давом эттиради  6 08:08Федерико Кьеза фаолиятини Италиянинг бошқа бир топ клубида давом эттириши мумкин  2 07:40Бугун Ўзбекистон кубогининг чорак финалига старт берилади  4 07:17Бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи Париж Олимпиадасида қатнашади   4 02:55Париж-2024. Франция Мисрни енгиб, финал йўлланмасини қўлга киритди  6 01:28"Атлетико" "Манчестер Сити" футболчиси учун 75 млн. евро таклиф қилди  1 01:11Саидазамат Мирсаидов: “Навбаҳор”га соврин ютиш учун келганман”  17 23:51Нико Уильямснинг "Барселона"га ўтишига унинг акаси қаршилик қилмоқда  5 23:10Париж-2024. Испания олимпия ўйинлари финалига чиқди  23 22:24Грузия терма жамоаси вакили "Ливерпуль"га ўтиши мумкин  3 21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  3 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  6

Kannavaroning 13 do'sti FOTO Yangiliklar

Kannavaroning 13 do'sti FOTO

Bugun Fabio Kannavaro Saudiya Arabistonining "Al Nasr" klubi bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi.

Biz xuddi Kannavaro singari JCH-2006da futbolchi sifatida qatnashib hozirda murabbiylik qilayotgan yulduzlar haqida malumot beramiz.



2010 yildan buyon murabbiylik qilayotgan Xenrik Larsson 2014 yil noyabr oyidan buyon SHveciyaning "Xelsinborg" ustozi bo'lib ishlamoqda.



Filipp Koku 2013 yildan beri Gollandiyaning PSV klubi bosh murabbiyi lavozimida faoliyat olib bormoqda. O'tgan mavsumda u jamoani mamlakat chempioni qildi.


Jovanni van Bronxorst dastlab Gollandiya yoshlar terma jamoasida yordamchi murabbiy bo'ldi, keyin "Feyenoord"da yordamchi vazifasini bajardi. SHu yil yozdan boshlab van Bronxorst "Feynoord"ga bosh murabbiy etib tayinlandi.



Ruud van Nistelroy 2014 yil mart oyidan buyon Gollandiya milliy terma jamoasida yordamchi sifatida ishlab kelmoqda. Dastlab u Gus Xiddink bilan, keyin esa Denni Blind bilan ishladi.



Serbiyalik Deyan Stankovich futbolchilikni tugatgach "Udineze"da yordamchi murabbiy bo'ldi, ayni paytda "Inter"da Roberto Manchiniga yordamchilik qilmoqda.


CHap oyoqda juda kuchli zarbaga ega bo'lgan Roberto Karlos murabbiylikka ilk qadamlarni "Anji" klubida qo'ygandi. Keyinroq Turkiyaning "Sivasspor" va "Akxisar Belediyespor" kabi klublarda ishladi. Ayni paytda Hindistonning "Dehli Dinamo" klubi bosh murabbiyi sifatida ishlamoqda.



Xorvatiyalik Niko Kovach 2009 yil "Red Bul Zalcburg" akademiyasida ishladi, ikki yil o'tib asosiy jamoada bosh murabbiy yordamchisi bo'ldi. 2012 yil Xorvatiya yoshlar terma jamoasi, 2013 yil Xorvatiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi. Uning boshchiligida jamoa JCH-2014da ishtirok etdi, EVRO-2016ga yo'llanma oldi.



2006 yil futbolchilik faoliyatini tugatgan Zinedin Zidan 2013 yilda Madridning "Real" klubida yordamchi murabbiy bo'lib ishladi. 2014 yildan beri "Real" klubi yoshlar jamoasida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqda.


Saudiya Arabistoni terma jamoasi safida 156ta o'yinda 46ta gol urgan Sami Al Jaber 2009 yildan buyon murabbiylik qilmoqda. Dastlab "Al Hilol"da, keyinroq Franciyaning "Oser" klubida yordamchi murabbiy bo'ldi. 2013 yil "Al Hilol"da bosh murabbiy bo'ldi. 2015 yil fevral-may oylarida "Al Vahda" klubida faoliyat olib bordi.


Ukrainalik Sergey Rebrov 2014 yil 19 may sanasidan beri Kievning "Dinamo" klubi bosh murabbiyi bo'lib ishlab kelmoqda.


Kosta-Rika terma jamoasi afsonalaridan biri bo'lgan Paulo Vanchop 2008 yildan buyon murabbiylik qilmoqda. 2010-2014 yillarda milliy terma jamoada yordamchi bo'lgan Vanchop 2015 yilning yilning avgust oyiga qadar, bir yil davomida bosh murabbiy bo'lib ishladi. Biroq qo'riqchi bilan janjaldan so'ng o'z lavozimidan ketdi.


Franciya terma jamoasi safida 100dan ortiq o'yin o'tkazgan Patrik Vieyra futbolchilik faoliyatini 2011 yil "Manchester Siti"da yakunladi. O'sha yilning o'zida jamoaning o'smirlariga bosh murabbiy bo'ldi. 2013 yildan buyon klubning yoshlar jamoasiga ustozlik qilib kelmoqda.


Klod Makalele ham faoliyatini tugatgan klubda murabbiylikni boshlagan. 2011-2013 yillarda PSJda yordamchi murabbiy bo'lib ishlagan Klod 2014 yildan buyon "Bastiya"da bosh murabbiy hisoblanadi.


Narzulla Saydullaev 
Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика