Kani “Vilyarreal” bilan shartnomasini uzaytirdi
09 dek 2013 11:57
Yangiliklar


Kani “Vilyarreal” bilan shartnomasini uzaytirdi
“Vilyarreal” klubi rasmiy saytining xabariga ko'ra, jamoaning hujumdagi yarim himoyachisi Kani, klub bilan yangi shartnoma imzolagan.
Yangi shartnoma 2017 yilning iyunigacha mo'ljallangan. Eslatib o'tamiz, 32-yoshli futbolchi “Vilyarreal”da 2006 yildan beri o'ynab keladi va shu davr mobaynida jamoa tarkibida 200 dan ortiq o'yin o'tkazgan.

Fikrlar