Kanchelskis O'runovga mos keladigan jamoalarni aytdi
25 iyu 2021 00:30
Yangiliklar
Kanchelskis O'runovga mos keladigan jamoalarni aytdi
"Navbahor"ning sobiq bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis "Spartak" yarim himoyachisi Oston O'runovning kelajagi haqida gapirdi.
- O'runovning kelajagiga qanday baho berasiz: u O'zbekistonga qaytishi kerakmi yoki Rossiyada qolishi?
- O'runov - yaxshi saviyadagi futbolchi. Bazida futbolchilar o'z jamoasiga kerakmas bo'lib qoladi. SHu boisdan jamoani o'zgartirish kerak bo'ladi. Unga CSKA yoki "Lokomotiv" kabi klublar mos tushishi mumkin. U erda zamonaviy futbolni tushungan va kuzatib boradigan murabbiylar va insonlar ishlashadi", - dedi mutaxassis "SportBox" nashriga..
Oldinroq "Ufa" bosh direktori SHamil Gazizov nima sababdan Oston O'runovni sotib olish imkonsizigini aytib o'tgandi.
O'runov 2020 yilning avgustida "Ufa"dan Moskva jamoasiga o'tgandi. O'tgan mavsumning ikkinchi qismini "Ufa" tarkibida ijarada o'tkazgan Oston 10 o'yinda 1 assist qayd etdi.
Fikrlar