Kan: "Tuxel - muhokama qilishimiz mumkin bo'lgan oxirgi odam, u qo'lidan kelganini qilyapti"
23 apr 2023 01:40
Yangiliklar
Kan: "Tuxel - muhokama qilishimiz mumkin bo'lgan oxirgi odam, u qo'lidan kelganini qilyapti"
"Bavariya" bosh direktori Oliver Kannnig fikricha, murabbiylar shtabidagi o'zgarish o'zini oqlamoqda.
Tomas Tuxel qo'l ostidagi Myunxen klubi 7ta uchrashuvdan 3tasida mag'lub bo'lishdi.
"Qanday noaniqlik va ishonchsizlik haqida gap ketyapti? Biz maydonda etarlicha ishlamayapmiz.
Futbolchilar bilan turli variantlarni qo'llab ko'rdik. Qaysidir onda hamma masuliyatni bo'yniga olishi kerak.
Tomas Tuxel - biz muhokama qilishimiz mumkin bo'lgan oxirgi odam. Yigitlar harakatlanishi uchun u qo'lidan kelgan barcha ishni qilyapti.
Tanqiddan qo'rqmayman. Faoliyatim davomida ko'p narsalarni boshimdan o'tkazganman. Omadsizlikka qaramay joriy mavsum chempionat g'olibi bo'lishimiz mumkin" - deydi Kan.
Fikrlar