So’nggi yangiliklar

18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  0 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  0 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  5 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  1 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  2 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  4 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  1

Kamoliddin Tojiev "Xitoy chempionatida yana ikki yil o'ynamoqchiman" Yangiliklar

Kamoliddin Tojiev "Xitoy chempionatida yana ikki yil o'ynamoqchiman"

Xitoy chempionatining 2012 yilgi mavsumida kumush medalni qo'lga kiritib, joriy mavsum OCHLda ishtirok etgan Kamoliddin Tojievning "Jiangsu Sainti" klubi bilan tuzgan shartnomasi joriy mavsum o'z yakunga etadi.
"Yil yakunida jamoam bilan tuzadigan shartnomam o'z yakuniga etadi. Lekin yana ikki mavsum Xitoyda to'p tepaman. Oldimda bir qator takliflar bor, balki klubimni almashtirmasman. Bu borada mavsum yakuniga etganidan keyin agentim bilan maslahatlashib bir qarorga kelaman", - deydi Tojievlar sulolasining o'rtanchasi.

- Bir yil avval fovoritlar qatorida borgan klubni ko'p o'tmay o'rtamiyonalar qatoridan joy olayotganligi ko'pchilik uchun qiziq?
- Xitoyda "Guandjou Evergrand" klubini inobatga olmaganda qolgan barcha jamoalarning imkoniyatlari teng. Mavsum boshida qaysi jamoa o'z safini kuchli hujumchi bilan boyitib olsa yutish imkoniyati oshadi. Bu erda asosiy o'yinni legionerlar qilishadi. Mahalliy futbolchilarning barining saviyasi bir xilda. Qolaversa bizning jamoa bu yil bir qator yoshlarni asosiy tarkibga jalb etdi. Bu ham natijalarimizga tasir o'tkazmay qolmadi.

- O'zbekiston chempionatini kuzatib borayotgan bo'lsangiz, ukangizni o'yiniga nima deysiz?
- Avvalgi yil Farhod jarohati tufayli o'z imkoniyatini ishga sola olmadi. Bu yil esa aksincha formasini tiklab olgan holda chempionatning bombardirlari ro'yhatini yuqori pog'onasidan joy olib turibdi.
Bugungi intervyudan foydalangan holda, do'stimiz Oybek Kasimovni tug'ilgan kuni bilan chin yurakdan muborakbod etaman. Doimo oilasining baxtiga sog' va salomat bo'lib yursinlar.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика