Kamoliddin Tojiev: "Paxtakor" safiga qaytganimdan xursandman"
25 jan 2014 16:06
Yangiliklar

Kamoliddin Tojiev: "Paxtakor" safiga qaytganimdan xursandman"
O'tgan mavsumni Xitoy superligasida o'tkazgan Kamoliddin Tojiev "Paxtakor"ga qaytdi.
Uch yilga yaqin vaqt mobaynida "Jiangsu Seynti" klubida to'p tepgan Tojiev uchun "Paxtakor" qadrdon jamoa hisoblanadi. U boshqa klublar safida o'ynab, hamisha "Paxtakor" safiga qaytgan. Bu safar ham bir qancha muddat jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etgan tajribali futbolchi Turkiya yig'iniga jo'nab ketishi arafasida u bilan kelishuvga erishildi. "Paxtakor" menejeri Samvel Babayan ushbu malumotni rasman tasdiqladi.
Tojiev esa qisqacha o'z fikrlarini bildirib o'tdi: - Futbolchilik faoliyatimda "Paxtakor" hamisha muhim o'rin tutib kelgan. Bu jamoa safida o'sishga erishib, Xitoy chempionatida to'p tepdim. O'zim uchun qadrdon jamoa sanalgan "Paxtakor" safiga qaytganimdan xursandman. Endi jamoa rahbariyati va muxlislar ishonchini oqlagan holda g'alabalarga hissa qo'shishga harakat qilaman. Umid qilamanki, 2014 yilni biz sovrinlar bilan yakunlaymiz.

Fikrlar