So’nggi yangiliklar

02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  1 01:00Ла Лига. "Барселона" "Сельта" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  42 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  26 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  7 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  9 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  3 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  8 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  2

Kamoliddin Murzoev: “Qozog'istonga ko'chib o'tishim hayotimdagi o'zgarishlardan biri” Yangiliklar

Kamoliddin Murzoev: “Qozog'istonga ko'chib o'tishim hayotimdagi o'zgarishlardan biri”

Ushbu mavsumni “Bunyodkor”da boshlab “Irtish”da yakunlagan istedodli hujumchi Kamoliddin Murzoev hozirda oilasi davrasida xordiq chiqarmoqda.
Uning uchun bu yil o'ziga xos sinov va yangi bosqich bo'ldi deyish mumkin. Qozog'istonga ko'chib o'tish orqali futbolchi o'zining imkoniyatlarini va yangi marralarni zabt etishni maqsad qilgandi. Uning yangi mamlkatdagi debyuti yomon chiqqani yo'q. Lekin kutilmaganda orttirib olgan jarohati unga biroz xalaqit berdi. SHunga qaramasdan Murzoev o'zida kuch topib yana o'yinga qaytdi. Umuman olganda, uning “Irtish”dagi debyut faoliyati yomon chiqmadi. Yangi mavsumda esa futbolchi yanada ko'proq marralarni ko'zlamoqchi. Ayni paytda uyida dam olayotgan Murzoev bilan bafurja suhbatlashdik.

- Yakuniga etgan mavsumni Qozog'istonda o'tkazdingiz. U erdagi faoliyatingiz qanday kechdi?
- Garchi u erdagi faoliyatimdan 100 foizga qoniqmagan bo'lsamda, baribir boshlanishi yomon bo'lmadi. Meni xursand qilgan tomoni shu bo'ldiki, “Irtish”da deyarli barcha uchrashuvlarni asosiy tarkibda boshladim. Faqatgina o'rtada jarohat oldim. Lekin buni hisobga olmaganda, hammasidan qoniqdim desam bo'ladi. Qozog'istonda yangi do'stlar orttirdim, ko'pchilik bilan tanishdim. Qozog'istonga ko'chib o'tishim hayotimdagi katta o'zgarishlardan biri bo'ldi. Oldin ham o'zgarish qilish fursati etdi deb aytganman. “Irtish” menga har taraflama maqul keldi, bu orqali muhitni ham o'zgartirdim.

- “Irtish” uchun 11ta o'yinda maydonga tushib 2ta gol urdingiz. Hujumchi sifatida nima deya olasiz?
- Tabiiyki, hujumchi sifatida bu ko'rsatgich juda past. Xohlaymizmi-yo'qmi hujumchidan har o'yinda gol kutishadi. O'zim ham har bir bellashuvda gol urishni juda istayman. O'ylaymanki, yarim yil ichida yangi jamoaga birdaniga kirishib ketish qiyin bo'ladi. Bilasizmi, “Irtish”da men uchun barchasi yaxshi kechayotgan bir paytda jarohat olib ko'plab o'yinlarni o'tkazib yuborishimga to'g'ri keldi. Hisoblab chiqsam 60 kun jarohatim sababli maydonga tusha olmadim. Keyingi yildan yana shu erda qolib ko'rsatgichlarimni yaxshilab olishimga umid qilyapman.

- Bir necha mavsum “Bunyodkor”da to'p surganingizdan keyin faoliyatingizda yangi bosqich boshlash uchun Qozog'istonga ketdingiz. Aytingchi, jamoa o'zgartirganingiz sizga qanchalik foyda keltirdi?
- Qanchalik deganda buning o'lchami yo'q narsa. To'g'ri, o'zim xohlagan darajada bo'lmasa ham, u erda o'ynab yomon bo'lganim yo'q. Kelasi mavsumdan umidlarim katta. “Irtish”ga o'tib to'g'ri qilganman. Ammo “Bunyodkor” men uchun qadrli klub, murabbiylar va futbolchilar bilan munosabatlarim yaxshi. “Bunyodkor” o'zim uchun hamisha ochiq jamoa. U erga borsam xuddi o'z uyimga kirib borgandek bo'laman. Lekin baribir sportchi va inson sifatida o'sishim uchun ushbu o'zgarish kerak edi. SHu bois bu tanlagam yo'limni to'g'ri deb hisoblayman. Ayni paytga kelib solishtirish uchun imkoniyatga egaman, negaki, yangi raqobat, yangi talablar va u erda legioner sifatida so'roq qilishadi. CHunki siz boshqa mamlakatdan kelganingiz uchun mahalliy futbolchilar bir bosh ustun ekanlingizni ko'rsatishga harakat qilishingiz kerak. Natijada o'z-o'zingizga bo'lgan talab ham ortadi.

- Futbolga kirib kelishingiz va uning boshlanishi siz uchun porloq ko'rinishda edi. Xattoki Kievning “Dinamo” jamoasida ham faoliyat ko'rsatishga ulgurgansiz. Aytmoqchimanki, futbolga katta qadamlar bilan keldingiz-u, ammo oxirgi yillarga kelib to'xtab qoldingiz. Xo'sh, bu nima bilan bog'liq?
- Har bir insonning hayotida past-balandliklar bo'ladi. Ayniqsa, sportda bu holat juda ko'p uchraydi. Futbolda shunday narsa borki, har bir futbolchi faoliyati davomida chuqurliklarga tushib qolishi mumkin. Siz aytgandek, faoliyatni porloq boshlab qandaydir mavqega ega bo'lib qolganda uni saqlab qolish juda qiyin masala. Men boshlagan ishimni davom ettirib yanada o'sishim kerak edi. Ammo men uchun hali hammasi oldinda deb umid qilaman, o'ylaymanki o'zimni yanada ko'rsata olaman. SHuni alohida aytmoqchimanki, faoliyatimdagi pasayish men uchun dars bo'ldi. Men ushbu jarayondan o'tib bo'ldim va endi bunga qaytmasdan oldinga qarab intilishim zarur. Tushunib etdimki, yanada ko'proq mehnat qilish kerak ekan.

- Qozog'istonga borib faoliyatingizda yangi sahifa ochdingiz. Bilamizki, qaerda bo'lishidan qatiy nazar legionerlarga doimo etibor va talab kuchli bo'ladi. Qozog'istonda ushbu holatni qanday his etyapsiz?
- Siz shu erda turib legionerlar holatini his qilyapsizmi, demak, u erda talab chindan ham juda yuqori. Hamma joyda ham xorijliklarga talab katta qo'yiladi. Qozog'istonda ham etibor nihoyatda kuchli, xattoki legionerlar o'rtasida ham raqobat yuzaga kelgan. Har o'yinda bitta legioner xohlasa xohlamasa maydonga tusha olmaydi. CHunki ularda reglament shunaqa. Ushbu raqobatni engish uchun ham legionerlar yanada yaxshiroq harakat qilishlari kerak bo'ladi. SHaxsan men o'sha raqobatni engishimda jamoadoshlarim yordam berishdi. Ulug'bek Baqoev ko'plab maslahatlar berdi, o'yin ichida va o'yindan tashqarida kerakli ko'rsatmalari bilan asqotdi. SHuning evaziga menga ancha engil bo'ldi.

- Yangi mavsumda ham faoliyatingizni “Irtish”da davom ettirmoqchimisiz?

- Ha, yana u erda davom ettiraman. Agentim klub bilan kelishuvga erishdi va men “Irtish” bilan yangi shartnomani imzoladim. Unga ko'ra yangi mavsumni yana o'sha erda o'tkazaman. Yanvardan boshlab jiddiy mashg'ulotlarga kirishamiz. Hozir esa uyda dam olyapman.

- Qozog'istonga dunyoning turli mamlakatlaridan saviyali futbolchilar kelmoqda. Klublarning moliyaviy imkoniyatlari ham anchagina yaxshi. Natijada ko'pchilik Qozoq chempionatining saviyasi bizning chempionatdan o'sib boryapti degan fikrlar yangramoqda. U erda to'p surib bu narsani sezdingizmi?
- Xohlagan chempionatga etibor qaratsangiz faqat legionerlarning hisobiga chempionat kuchayadi. Masalan, Ispaniya, Angliyaga ham kuchli legionerlar jalb qilinyapti va shuning evaziga u erlarda futbol rivojlangan. Qozog'istonda ham saviyali legionerlarning kelishi va bu orqali futbol rivojlanayotgani yaqqol ko'zga tashlanyapti. CHempionatning yanada qiziqarli o'tishi aynan legionerlarning kelishi bilan bog'liq. O'zbekiston chempionatida yomon legionerlar yo'q va o'ziga yarasha o'sishlar sezilyapti. O'tgan yillarga qaraganda bu yil oliy ligada oxirgi turga kelib birdaniga uchta jamoada chempion bo'lish imkoniyati paydo bo'ldi. Oldin qachon mana shunday vaziyat bo'lganini eslay olmayman. O'zbekiston chempionatida muxlislar xohlagan darajada yorqin o'zgarishlar bo'lmayotgan bo'lishi mumkin. Lekin asta-sekinlik bilan hammasi amalga oshyapti. Infrastruktura bo'yicha Qozog'iston bilan solishtirganda bizda rivojlanish katta. Etibor bersangiz, yurtimizdagi deyarli barcha klublar yangi stadionga yoki yangi stadionlar qurilmoqda. Har bir jamoaning ajoyib o'yingohi va yaxshi sharoitlarga ega bo'lgan bazasi bo'lsa bu katta o'sish. Qozog'iston esa kuchli legionerlar va UEFAning talablarini bajarish yo'lida rivojlanishga erishyapti.

- Ko'plab futbolchilar bilan muloqotda bo'lamiz, ularning orasida sizni unga bo'lgan qarashlaringiz, munosabatingiz, fikrlashingiz anchagina farq qiladi. Qiziq, futbolga qanday ko'z bilan qaraysiz?
- O'zimizdagi har bir narsani dunyo bilan solishtirish kerak. Yaxshi bilamizki, futbol butun jahonni egallagan. Etibor qilsak, dunyo bo'ylab taniqli shaxslarning ko'pchiligi futbol olamiga mansub kishilardir. CHindan ham futbol hayotimizning bir bo'lagi. Bugungi kunda o'sish yoki nimagadir erishaman desangiz futbol bilan yashash kerak ekan. Yoshligimizda bu sport turiga shunchaki oddiy qiziqish bilan yondoshganmiz. Qaysidir o'yinchi o'z oldiga qatiy maqsad qo'yib nimagadir erishishni o'ylasa u holda faqat futbol bilan yashashi lozim. Futbolni umuman aldab bo'lmaydi, xalqning oldiga chiqqanda hech qachon fanogramma ishlata olmaysiz. Hozirgi yoshlar futbolga qiziqyapti, ota-onalari ham farzandini ushbu sport turiga qiziqqani bois futbol maktablariga berishyapti. Lekin qiziqish boshqa, uni o'ynash boshqa. Bir-ikkita o'yinda maydonga tushgan yoki 5-6ta gol urgan o'yinchi ham har doim futbolchi bo'lib etishavermaydi. Haqiqiy futbolchi bo'lib etishganimiz uchun bu narsani qadrlashimiz kerak.

- Qozog'istondagi faoliyatingiz mobaynida jurnalistlar bilan ham muloqotga ko'p kirishdingizmi?
- Matbuot bilan 3-4 marta muloqotda bo'ldim. O'z uyimizda Bolgariyaning “Levski” jamoasini yutganimizdan keyin stadionning o'zida men bilan suhbatlashishdi. Undan keyin klubning saytidan bir ikki marta qo'ng'iroq qilishdi. Jarohat olganimdan keyin ham jurnalistlar holimdan xabar olish uchun men bilan bog'lanishdi.

- Umuman olganda, u erda ommaviy axborot vositalarining futbolga bo'lgan etibori qanday?
- Etibor oshib boryapti. U erda bitta turdagi har bir o'yinni internet orqali ko'rish mumkin. Bir vaqtning o'zida onlayn orqali barcha uchrashuvlarni kuzatish imkoniyati mavjud. Ularning bu harakati menda iliq taassurot qoldirdi. Futbolni yoritmasangiz uni hech kim bilmaydi. Misol uchun O'zbekistonda 6-7 yil oldin ham futbol har taraflama rivojlanmagandi. Qiziqish yuqori bo'lmagan va futbolchilardan intervyu olish ham mashaqqat edi. Hozir esa hammasi rivojlanmoqda. Hozirgi paytga kelib matbuot futbolning bir bo'lagi bo'lib qoldi. Uni targ'ibot qilish kerak, etiborni oshirish va ko'rsatish kerak. O'shandagina futbol o'sib, rivojlanib boradi. Biz aynan shu narsadan oqsayapmiz. CHunki chempionatimizdagi o'yinlar televideniya orqali kam efirga beriladi. Boshqa viloyatdagi muxlislar boshqa jamoaning o'yinchilarini yaxshi bilishmaydi, tanishmaydi. SHuning uchun TVda ko'proq o'yinlar berilishi lozim. Baribir ham bizda futbolning rivojlanishi sezilmoqda. Hozirga kelib futbol va matbuot alohida mavzu bo'lib qolgan.  

- “Irtish” bilan birga Evrokuboklarda qatnashdingiz. Undagi xissiyotlar kanday bo'ldi?

- “Irtish” bilan Evrokubokni yaxshi boshladik. Ko'pchilik dastlabki o'yinda bizga ishonishmagandi. Birinchi o'yinni Bolgariyaning etakchi klubi – “Levski”ga qarshi o'tkazdik. Dastlabki bahs safarda o'tgani uchun hayajonlar bo'ldi. Ochig'ini aytsam, stadionga shunaqangi fanatlar kelishdiki, butun uchrashuv davomida bizni hayajonda ushlab turishdi. Boshida antimuxlis sifatida jamoamizni kutib olishdi. Bizga nisbatan xar xil ovozlar chiqarishdi. O'sha uchrashuvda 0:0 o'ynab maydondan chiqib ketayotganimizda o'sha muxlislar jamoamizni olqishlab qo'ydilar. Mana shunday xalqaro o'yinlarda ishtirok etish va uning nafasini xis qilish futbolchiga boshqacha xissiyotlar beradi. O'zimizda Osiyo chempionlar Ligasida ishtirok etganimizda ham muhit hamisha boshqacha ruhda bo'lardi. “Levski”ni o'z maydonimizda 2:0 yutganimizdan keyin butun stadion bizni qahramonlardek kuzatib qo'yishdi.   

- O'zbekistonda 2013 yilning eng yaxshi futbolchisiga ovoz berish jarayonlari yakunlandi. SHaxsan siz uchun eng yaxshi futbolchi kim?
- To'g'risini aytsam, har yili mana shunday o'tkaziladigan so'rovlarga ahamiyat beraman. SHaxsiy fikrimni aytadigan bo'lsam, yil futbolchisiga ovoz berilayotganda ikkita jihatga etibor berilmaydi. Yil futbolchisi deganda O'zbekiston chempionatidagi o'yinchi va xorijda o'ynayotgan o'zbekistonlik futbolchilar nazarda tutilish kerak. Yani, ikkitma nominaciyada yil futbolchisini aniqlash maqul bo'lardi. CHunki ichki chempionatda ham o'zini ko'rsatgan va xorijda ham yorqin taassurot qoldirgan futbolchilarimiz bor. CHempionatimizda o'ynagan o'yinchilar orasida Artur Gevorkyan o'zini juda yaxshi ko'rsata oldi. O'zbekiston chempionatidan ketganimdan keyin ham internet orqali kuzatdim va u “Nasaf” uchun katta mehnat qildi. O'ylaymanki, u boshqalardan ajralib turdi. Milliy terma jamoa va boshqa chempionatlarda o'ynagan futbolchilarimizga kelsak, menimcha terma jamoa o'z klubidagi o'yinchilari bilan Vitaliy Denisov ko'pchilikning etiborini tortdi. Aslida u kuchli futbolchi. Bu yil ayniqsa, chiroyli tomoshabop o'yinlar ko'rsata oldi.   

- Siz ham qachondir yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lishni orzu qilyapsizmi?
- Albatta. Agar futbolchi bu narsani orzu qilmasa, xoxlamasa, u holda futbolchi bo'lmagani yaxshi. Kimdir qandaydir ishga kirishganda oldiga maqsad qo'yishi kerak. Maqsad qo'yganda ham eng yuqori marralarni ko'zlashi shart. Futbolchi uchun ikkita ajoyib orzu bo'lsa biri terma jamoadan chaqiruv olishi va ikkinchisi eng yaxshi futbolchi bo'lishidir. Bu holat uning yanada o'sishiga va rivojlanishiga xizmat qiladi.

SHuhratbek JO'RAEV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика