So’nggi yangiliklar

12:27"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради  3 12:00Лунин қарор қилди  1 11:28МЮ ва "Арсенал" товон пули 85 млн евро бўлган "Интер" футболчисига қизиқмоқда  0 11:02Жасур Абдураимов Биринчи лига жамоаси бош мураббийига айланди  4 10:20"Истанбул Башакшехир" Шомуродовнинг трансфери учун қанча сарфлаши маълум  9 09:48"Насаф" қизиқаётган Ратиньонинг товон пули маълум  9 09:23"Сурхон" етакчиларидан бири иккинчи даврани "Динамо"да ўтказади  2 08:52Эшитдик-да. Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси "Пахтакор"да  9 08:25Ўзбекистон МТЖнинг собиқ аъзоси Эрон клубига ўтишга яқин  4 07:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" ва "Палмейрас" ўртасидаги баҳс якунланди  17 07:44Суперлига. Бугун 15-тур давом эттирилади  3 07:15Дориевнинг дубли "Сўғдиёна"га "Қўқон-1912" устидан ғалаба тақдим этди, "Сурхон" - "Бухоро" баҳсида эса мухлислар гол кўришмади  1 02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" "Ал Ҳилол"ни мағлуб қилиб, ярим финалга йўл олди!  41 01:50Кайл Уокер "Бернли"га ўтишга яқин  2 01:23"Комо" 19 ёшли ҳужумчи учун 14 миллион тўлади  0

Kamoliddin Murzoev: "Qatar bilan penaltilar seriyasigacha borishni mo'ljallab maydonga chiqqandek taassurot qoldirdik" Yangiliklar

Kamoliddin Murzoev: "Qatar bilan penaltilar seriyasigacha borishni mo'ljallab maydonga chiqqandek taassurot qoldirdik"

O'zbekiston terma jamoasining Osiyo Kubogidagi natijasi futbolchilar, mutaxassislar tomonidan turlicha talqin qilinmoqda

Biz bu borada sobiq futbolchi va O'zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoevning fikrlarini tingladik. 

- Osiyo Kubogidagi qolgan terma jamoalarga nazar tashlab turib va bu yilgi musobaqa darajasidan kelib chiqib aytganda, chorak final O'zbekiston uchun qoniqarli natijami?

- Aslida bunday o'yinlardan keyin intervyular berish, savollarga javob qaytarish qiyin bo'ladi. Urishdan keyin chiqqan qahramon yoki yomg'irdan keyin chiqqan qo'ziqorinlar kabi fikrlar yog'iladi. SHunday bo'lsada majburiyatimiz yuzasidan savollaringizga javob berib o'taman. Umuman oladigan bo'lsak, hozirgi holatdagi jarohatlar, yo'qotishlardan kelib chiqib aytganda natijani qoniqarli desak bo'ladi. Mutaxassis sifatida aytishim mumkinki, terma jamoamiz bundan ham uzoqroqqa bora olardi. Bu yilgi musobaqa darajasi avvalgilariga nisbatan sezilarli darajada oshgani malum bo'ldi. Biz bilgan etakchi jamoalarning barchasi qiynaldi. Bu barcha davlatlarda futbol o'sganidan dalolat beradi. 

- Qatar bizdan qaysi jabhalarda ustun keldi va biz qaysi kamchiliklarimiz hisobiga mag'lub bo'ldik?

- CHorak final o'yini haqida gapiradigan bo'lsam, ilk daqiqalardan Qatarga ustunlikni berib qo'ydik. Birinchi bo'limda ularda o'xshadi. Qatar o'z o'yinini ko'rsatdi. Futbolda shunday so'z bor, raqib qanday o'yin taklif qilsa, ikkinchi jamoa shunga moslashib qoladi. Fikrimcha, Qatarning kuchli taraflarini ishlatishi uchun qarshilik ko'rsata olganimiz yo'q. Birinchi va ikkinchi gol oralig'ida terma jamoamiz butun xalq kutgan, muxlislar istagan o'yinni ko'rsata olishdi. Hisobni tenglashtirganimizdan keyin ham 5-10 daqiqa bosim qilishimiz kerak edi. Mana shu vaqtda o'yinimizda uzilish bo'ldi. aytganimdek, bu o'yindan keyingi fikrlar. O'sha jarayonda buni o'zgartirish, vaziyatni to'g'rilab ketish murabbiyning salohiyatiga bog'liq edi. Qatarda o'zgarishlar ham to'g'ri amalga oshirildi. 

- O'zbekiston avval ham penaltilar seriyasida omadli bo'lmagan. Eng alamli mag'lubiyatlarimiz penaltilar seriyasiga to'g'ri keladi. Qatar bilan o'yinni penaltigacha olib borish qanchalik to'g'ri edi?

- Penaltilar seriyasi alohida mavzu. Bu davr nuqtai nazaridan kichik musobaqa hisoblanadi. pley-off o'yinlaridan boshlab penaltilar seriyasining aktualligi oshadi. Mashg'ulotlar davomida, mashg'ulotlardan so'ng har bir jamoaning penaltichilari bo'ladi. Baribir bu narsa o'yinlardan oldin sinab olinishi kerak. Kimlar tepadi, kimda ishonch yuqori va hokazo. SHunday futbolchilar bo'ladi, o'z xohishi bilan ham penalti tepmaydi. Bu o'ziga yarasha katta ruhiy bosim. Penaltilarda ishlashda darvozabonlar ham tayyorgarlik ko'rib oladi. Qaysi futbolchi qaerga yo'naltiradi, undan avvalgi futbolchi qaerga tepdi bu darvozabonlar uchun shpargalka hisoblanadi. Futbolchi uchun esa boshqacha. Qaroringizni so'nggi soniyalarda o'zgartirib yuborishingiz mumkin. Futbolda etiborsiz qoldirib bo'lmaydigan biror narsa qolmagan. Har qanday holatga tayyor bo'lishingiz kerak. Alamli tomoni ham penaltilar seriyasida mag'lub bo'lganimiz. Xuddiki penaltilar seriyasigacha borishni mo'ljallab maydonga chiqqandek ko'rinib qoldik. Qatar esa penaltigacha hal qilishga harakat qildi.  

- Srechko Katanecning qaysi qarorlari siz uchun jumboq bo'ldi?

- Murabbiy sifatida Katanec men uchun hamon jumboqligicha qolmoqda. O'yinni olib borish uslubidan, intervyu jarayonlarigacha menga jumboq. Qarorlari, o'zgarishlari, taktikasi haqida kengroq matbuot anjumanida o'zidan so'ragan maqul, deb o'ylayman. SHunday savollar borki, bunga men javob bersam etikaga to'g'ri kelmasligi mumkin.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика